Microsoft Word ohirat ziyouz com doc



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
15
Vaqti kelganda Alloh taolo ularni tiriltirdi va o‘g‘illari payg‘ambarlarning eng ustuni 
ekanini ularga ko‘rsatdi. Ular Payg‘ambarimizga (s.a.v.) iymon keltirdilar, ul zotning 
ummati va sahobasi darajasiga erishish sharafiga muyassar bo‘ladilar. 
Nishongizoda Muhammad ibn Ahmadning "Mir’atul koinot" kitobining 227-sahifasida 
shunday deyiladi:
Rasulullohning (s.a.v.) muborak ota-onalari iymonli bo‘lganmi, yo‘qmi degan mavzuda 
olimlarning fikrlari turlicha. 911 (mil. 1505) yilda vafot etgan Abdurahmon ibn Abu Bakr 
Suyutiy "Masolikul-Hunafo" asarida va boshqa kitoblarida quyidagi 5 xil fikrni bildirgan: 
1. Ularning ikkisi ham ba’satdan, ya’ni Payg‘ambarimizni (s.a.v.) risolatlaridan oldin, 
johiliyat zamonida vafot etishgan. Shofe’iy olimlarining hammasi va xanafiy olimlarining 
ko‘pchiligini fikricha biror bir payg‘ambarining da’vatini eshitmagan kishiga iymon 
keltirish vojib emas. Chunki payg‘ambarning da’vatini eshitmasdan oldin iymonga aql 
bilan erishish mumkin emas. Da’vatni eshitgandan keyin Allohning borligiga o‘ylab turib 
iymon keltirish shart bo‘ladi. Johiliyat davrda oldin o‘tgan payg‘ambarlar unutilgan edi. 
Chunki asrlar bo‘yi kofirlar, zolimlar boshqaruvni qo‘llariga olib, dinni ta’qiqlaganlar, 
dindorlarga zulm va tazyiq o‘tkazganlar. Shuning uchun iymonli kishilar kamaygan
yashiringan va shu tariqa borib-borib dinni, iymonni biladigan odam qolmagan. Ammo 
zolimlarning hech biri iymonni yo‘q qila olmagan, aksincha o‘zlari qahrga uchragan, juda 
ayanchli holatda saltanatlaridan ayrilishgan, niyatlariga yeta olmasdan o‘lim changaliga 
tushgan, ismlari la’nat bilan tilga olinadi yoki umuman unutilgan. Alloh taolo bir 
payg‘ambar yuborib, iymon nuri bilan yer yuzini yangidan yoritgan. 
2. Alloh taolo suyukli Payg‘ambarining (s.a.v.) muborak ota-onasini tiriltirdi. Imom 
Suyutiy (r.a.) ularning tiriltirilganini bildiruvchi hadisni yozadi va bunday deydi: "Zaif bir 
hadis bo‘lsa ham, ko‘p odam rivoyat qilgani uchun quvvati bo‘lgan. Ko‘pchilik olimlarning 
fikricha bu hadis quvvatli hadisdir. 
3. Faxriddin Roziy (606 (mel. 1209) yilda Hirotda vafot etgan) va bir qancha olimlar 
deyishadiki, Tavba surasining 28-oyatida bunday marhamat qilgandirki: 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə