Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
16
yengil jazo ularga berilardi. Bu hadisi sharif ham ularning mo‘min ekanliklariga ishora
qiladi.
4. Olimlarning ko‘pi bu masalada odob va hurmatni saqlagan holda gapirmaslikni,
haqiqatini Alloh biladi, deb sukut saqlashlikni ma’qul ko‘rganlar. Shayxul-islom alloma
Ahmad ibn Kamol Poshsho "Abavayn" risolasining oxirida yozganki, "O‘liklarni yomonlab,
tiriklarni ranjitmanglar", hadisi sharifiga binoan va Tavba surasining:
"... Allohning Payg‘ambariga ozor beruvchi kimsalar uchun esa alamli azob
bordir",
ma’nosidagi 61-oyati karimasiga muvofiq: "Rasulullohning otasi
jahannamdadir" degan kishi mal’undir" ("Mir’atul koinot").
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mo‘minlar qabristoni yoniga kelganlarida: "Bu yerda yotgan
mo‘min-musulmonlarga dunyo va oxirat omonligi bo‘lsin! Ey ahli qabr! Biz inshaalloh
sizlarga yetishamiz. Siz bizdan avval ko‘chdingiz. Biz ham sizning orqangizdan keyinroq
boramiz. Ey Rabbim! Bizni va bularni mag‘firat qil va gunohlarimizni kechir" deb
marhamat qilardilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) muborak zavjalariga ham qabr ziyoratida
shu so‘zlarni aytishni buyurardilar.
Dostları ilə paylaş: