2-kazus
“Medhealth” xususiy klinikasi (Xususiy korxona) “FEP” MCHJ qurilish tashkiloti
bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzdi. Shartnomaga koʻra, “FEP” MCHJ tuman
xususiy klinikasi uchun bino qurib berishi va topshirishi lozim edi. Shartnoma
shartlariga koʻra, qurilish ishlari uchun mahsulotni yetkazib
berish va xizmatlar
koʻrsatish pudratchining zimmasida qoldirildi.
Qurilish ishlari tugaganidan soʻng pudratchi ishning natijalarini qabul qilib olish
toʻg‘risida buyurtmachini xabardor qildi. Biroq,
buyurtmachi nomidan xususiy
klinika rahbari xizmat safarida boʻlganligi sababli uni qabul qilib olish ishlari bir
oyga kechikdi.
Bir oydan soʻng qurilishning holati bilan tanishgan xususiy klinika rahbari
tomonidan tuzilgan ishchi guruh qurilishning ayrim joylarida kamchiliklar borligini
bildirib, uni qayta tuzatib oxiriga yetkazish toʻg‘risida talab qoʻygandan. Shundan
soʻng “FEP”
MCHJ bu ishlar agar, oʻz vaqtida qabul qilib olinganida bunday
oqibatlar kelib chiqmasligini vaj qilib qoʻshimcha ishlarni bajarishdan voz kechdi.
Shu bilan “FEP” MCHJ ushbu bir yarim oylik muddatda (ish natijalarini oʻrganishga
ham 2 hafta vaqt ketgan) boshqa hududda qurilish
ishlarini amalga oshira
olmaganligi uchun ololmay qolgan foydani undirib berish va ishning natijalarini
qabul qilish majburiyatini yuklash toʻg‘risida iqtisodiy sudga da’vo kiritdi.
Ammo xususiy klinika rahbari hali klinika tashkil etilganiga 1 yil toʻlmaganligi,
qolaversa, bu vaqt davomida Ustav kapitalini toʻla shakllantira
olmaganligi shu
sababli xususiy klinikani MCHJ shaklida qayta tashkil etmoqchi ekanligini bildirdi.
Bundan tashqari, xususiy klinika rahbari “FEP” MCHJga e`tizor bildirib, uning
xizmat safarida boʻlgan vaqti shartnoma boʻyicha
ishlarni elektron shaklda
koʻrsatishga monelik qilmasligini ta`kidladi.
Dostları ilə paylaş: