Microsoft Word Oraliq nazorati uchun kazuslar docx


(1) Mazkur holatda “Medhealth” xususiy klinikasi qurilish ishlarini qabul



Yüklə 95,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix29.11.2023
ölçüsü95,68 Kb.
#139094
1   2   3
4447 p CqH

(1) Mazkur holatda “Medhealth” xususiy klinikasi qurilish ishlarini qabul 
qilmasligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? 
(2) “FEP” MCHJ tomonidan Xususiy klinikaga talabnoma tartibida 
shartnomani bajarishga undash qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi? 
Javobingizni asoslang. 
(3) Ushbu holatda Xususiy klinika oʻz tashkiliy-huquqiy shaklini MCHJ 
oʻzgartirish imkoniyatini tahlil qiling? Agar mavjud boʻlsa tartibini 
tushuntiring. 
(4) Mazkur holatdan kelib chiqib tadbirkorlik subyektlarining 
shartnomalar boʻyicha ishlarni elektron shaklda koʻrsatish mumkinmi? 
Shartnomalar elektron shaklda tuzishning huquqiy oqibatlari nimalarga sabab 
boʻladi? 
 
 


3-kazus 
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika 
tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan 2021-yil 7-yanvarda javobgar 
“ARSHAN” MChJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish 
huquqini beruvchi litsenziya berilgan.
Ish jarayonidan ma`lum boʻlishicha, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish 
agentlikka “ARSHAN” MChJ tomonidan noqonuniy dori vositalari bilan savdoni 
amalga oshirayotganligi, yaʼni muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan “Sellsept” 
tab 500 mg №50 dori vositasini sotib kelayotganligi yuzasidan, 2023-yilning 24-iyul 
kuni fuqaro Ravshanov Dilshoddan murojaat kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, dorixonada dori vositalarini saqlash va realizatsiya qilish holati 
boʻyicha 1 kunlik tekshiruv oʻtkazilgan. Tekshiruvda dorixona savdo zalidan 8 
turdagi sifati kafolatlanganligiga shubha uygʻotgan dori vositalari korxona rahbari 
bilan birgalikda sifat nazorati uchun oʻrtacha namunasi tanlab olingan. Bu haqida 
2023-yilning 10-avgust kuni sifat nazorati uchun dori vositalarining oʻrtacha 
namunasini tanlab olish toʻgʻrisida dalolatnomalar rasmiylashtirilgan. MChJ rahbari 
ushbu tekshiruv qonunchilik talablariga rioya etmagan holda amalga oshirilganligi 
uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emasligini aytib, dalolatnomalarga imzo 
chekishdan bosh tortgan. 
Bundan tashqari, Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organining 
2023-yil 14-avgustdagi 04/1438-sonli va 2023-yil 17-avgustdagi 1529-sonli 
xatlariga asosan, tanlab olingan 8 turdagi dori vositalaridan 4 turdagi dori vositalari 
muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi hamda 7 turdagi dori vositalari 
amaldagi tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy 
buyumlar va tibbiy texnika Davlat roʻyxatidan oʻtmaganligi aniqlangan. 
Keltirilgan asoslarni vaj qilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi 
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi “ARSHAN” MChJga berilgan 
litsenziyani bekor qilinishini ma’lum qildi. MChJ bunday qaror qabul qilish agentlik 
vakolatiga kirmasligini aytdi.
(1) “ARSHAN” MChJ faoliyati bo‘yicha tekshiruv to‘g‘ri tartibda amalga 
oshirilganmi? Kazusda keltirilgan holat bo‘yicha tekshiruvni amalga oshirish 
tartibini yoriting. 
(2) Tekshiruv boʻyicha davlat organi yuqoridagi vaziyatga asoslanib 
tadbirkorning litsenziyasini bekor qilishi mumkinmi?
(3) Litsenziyani bekor qilish oqibatlarini tahlil qiling. 
 

Yüklə 95,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə