tadqiqot о‘tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala bо‘yicha muqobil
variantlarni taqqoslay oladilar. О‘smir tafakkuri kо‘pincha
umumlashtirishga
moyil bо‘ladi. Respublikamizning bozor iqtisodiyoti sharoitiga о‘tishida
kishilardagi amaliy tafakkurning ahamiyati oshmoqda. Amaliy tafakkur
tizimiga quyidagi aqliy sifatlar kiradi:- tadbirkorlik, tejamkorlik,
hisob-kitoblik,
yuzaga kelgan muammolarni tez yecha olishlik va boshqa shu kabi sifatlar
mavjud bо‘lgan taqdirdagina amaliy tafakkurni rivojlangan deb hisoblash
mumkin. Bu sifatlarni 1-sinfdanoq rivojlantira borish nihoyatda muhim.О‘smirlik
davrida ishbilarmonlik sifatini о‘quvchilarning о‘z-о‘zini boshqarishini yо‘lga
qо‘yishi, umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok etishi orqali
rivojlantirish mumkin. Bu borada о‘quvchi
ijrochi rolida emas, balki
boshqaruvchi, mustaqil yо‘l tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida о‘zi
ishtirokchi bо‘lgan takdirdagina rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu
yoshda tadbirkorlikni rivojlantirishda kо‘proq mustaqillikning berilishi о‘smir
amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. О‘smir yoshdagi bolalarda
tejamkorlikni rivojlantirish aqlning boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi,
buni kо‘proq ularni qiziqtiradigan narsalarga mustaqil
ravishda hisob-kitob
qilib borishga yо‘llash orqali amalga oshirish mumkin, о‘smirlarda yuzaga
kelgan muammolarni tez va operativ holda yechish malakasini shakllantirish
birmuncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu
bolaning temperamentiga ham
bog‘liq. Barcha о‘smirlarni ham tez yо‘llab, tez harakat qilishga о‘rgatish
mushkul, lekin ularni biror muammo yuzaga kelishi bilan orqaga chekinmay,
zudlik bilan muammoni yechishning umumiy qoidalariga о‘rgatib borish
mumkin. О‘smirlik davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan bо‘lishi
qimmatli va obrо‘li hisoblanadi. О‘smir shaxsida va uning bilishga qiziqishidagi
о‘zgarishlar о‘zaro bog‘liq bо‘ladi. Ixtiyoriy psixik jarayonlarning rivojlanishi
о‘smirdagi shakllanib kelayotgan
shaxs mustaqilligiga tayanadi, о‘zining
shaxsiy xususiyatlarini anglash va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi
tafakkurni rivojlanishi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: