Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


«Alloh taolo Odam (a.s.)ni Yerning hamma joylaridan olingan tuproqdan yaratgan. Yer turlicha



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

«Alloh taolo Odam (a.s.)ni Yerning hamma joylaridan olingan tuproqdan yaratgan. Yer turlicha 
rangda va tabiatda bo‘lgani uchun Odam farzandlari ham qizil, qora, oq yoki bu ranglar orasidagi 
ko‘rinishda, tabiatlari esa xursand, xafa, yaxshi, yomon holatda bo‘ladilar. Tuproqni ho‘llab, yopishqoq 
loyga aylantirdi, keyin uni tashlab qo‘yib, achigan balchiqqa aylantirdi, keyin uni yana bir necha 
muddat pishitib, sopol loyiga aylantirdi».(Tarixi Tabariy. Qohipa. 1939.1-j. 62-bet.)
 
 
Alloh taolo Odam (a.s.)ning jismlarini o‘z qo‘li bilan yasadi. Shunday jonsiz holatda qirq kun yotdi. Iblis 
Odam (a.s.)ning jonsiz tanasi yoniga keldi, oyog‘i bilan tepib ko‘rdi. Odamning jasadidan chinni jaranggidek 
ovoz chiqdi. Iblis Odam jasadining og‘zidan kirib, orqasidan chiqdi, yana orqasidan kirib, og‘zidan chiqdi. Uning 
ko‘ziga Odam arzimas narsa bo‘lib ko‘rindi. Iblis dedi: «Sopoldan yasalgan sen arzirli narsa emassan. Men 
senga zo‘rlik qilsam, seni halok qilaman. Sen menga zo‘rlik qilsang, senga itoat etmayman». 
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) va boshqa ko‘pgina sahobiylar rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: «Alloh 
taolo Odamga ruh ato qilmoqchi bo‘ldi va farishtalarga: «Agar men Odamga ruh ato etsam, sizlar unga sajda 
qilinglar»,- deb buyurdi. Ruh Odamning boshiga kirganda, Odam aksa urdi. Farishtalar unga: «Alhamdu lillah» 
degin, deb o‘rgatdilar. Odam: «Alhamdu lillah», - dedilar. Alloh taolo unga javoban: «Senga Robbing rahm 
qilsin!» - dedi. Ruh Odamning ikki ko‘ziga yetganda jannat mevalarini ko‘rdi. Ruh qorniga yetganda ovqatga 
ishtahasi qo‘zg‘ab, o‘rnidan turishga harakat qildi va jannat mevalariga intildi». 
Alloh Odam (a.s.)ga dunyodagi barcha maxluqot va mavjudotning ismlarini, yaratilish hikmatini o‘rgatdi. 
Odam (a.s.) ilmlari tufayli butun maxluqot ichida eng afzali va eng ulug‘iga aylandilar. Shu ilm tufayli hamma 
narsa u kishiga bo‘yin egdi. Odam zurriyotlari ham shu ilm bilan mufazzal bo‘ldi. 
Alloh taolo barcha farishtalarni chaqirib, ularga o‘zi yaratgan mavjudotlarini ko‘rsatib, nomlarini so‘radi. 
Farishtalar dedilar:

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə