Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 
 
O’zbekiston prezidenti I. A. Karimov bu borada mustaqillikning dastlabki yillaridayoq jon kuydirib gapirgan 
va xalqning tarbiyasi uchun muhim bo‘lgan «ma’naviyat» masalasini ko‘ndalang qo‘ygan edi. Ma’naviyatni esa 
prezident shunday ta’riflagan: 
«Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki 
olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchni 
tasavvur qilaman». 
(M.Inomnazarov. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. TIU nashriyoti. Toshkent. 2001. 3-bet.)
 
Mustaqillikka erishganimizga o‘n yildan ortib ketdi. Bu davrda mamlakatimiz siyosiy jihatdan ham, iqtisodiy 
jihatdan ham juda katta muvaffaqiyatlarga erishdiki, ularni televidenie va radio orqali har kun kuzatib 
bormoqdamiz, takrorga hojat yo‘q. Ammo ma’naviy jihatdan hali juda orqadamiz. Ma’naviyatning ham ba’zi 
jihatlari, masalan ilmu fan, san’at, madaniyat va maorif masalalarida ancha ilgarilash bor. Ammo ta’lim-tarbiya, 
odob-axloq masalalarida anchagina kamchilik mavjud. Yoshlar orasida aroqxo‘rlar, buzuq yo‘llarga kiruvchilar
fohishalar, giyohvandlar, xiyonatchilar, guruhbozlar ko‘payib ketgan. Yoshlarning bu jihatlarini sozlashda 
asosan diniy tarbiyaga kuch berilishi kerak. Chunki, xalq orasida: 
«Xudodan qo‘rqmagandan qo‘rq
- degan 
maqol bejiz aytilmagan. Insonni hamisha yaxshilikka chorlab turuvchi, hech kim «rahmat» demasa ham 
yaxshiligini davom ettirishiga turtki bo‘luvchi narsa bu uning imonidir, xudo albatta uning yaxshiligini mukofotsiz 
qoldirmasligiga chin qalbidan bo‘lgan ishonchidir. Bunday odam: 
«Yaxshilikni daryoga qil, daryo bilmasa baliq 
bilur, baliq bilmasa xoliq (yaratuvchi) bilur», -
degan maqolga amal qiladi va ezgu ishida davom etadi. 
Yomonlikdan esa, birov uni uyaltirmasa yoki qo‘rqitmasa ham, o‘zining imoni unga: «
Alqasosu minal haq 
(ekkaningni olasan!)» -
deb tanbeh
 
berib turadi va yomonlikdan, jinoyatdan saqlanadi. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə