Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 
َلﺎَﻗ
)
٢٦
(
 
«Alloh dedi: «Albatta, u 
(Baytul muqaddas)
 endi ular uchun qirq yilga kirishi taqiqlangandir. Yer yuzi bo‘ylab 
sarsonlikda yuradilar. Sen 
(bu kabi)
 fosiqlar qavmi uchun qayg‘urma!» 
(Moida, 26.)
 
Alloh taolo
 
Bani Isroilni qirq yil Tiyh vodiysida sarson qildi, sinadi, osmondan bedana kabob va halvo 
tushirib ham sinadi, bulut bilan soya solib, issiqdan najot berib ham, o‘zi bilan muloqotga chaqirib, bevosita 
ovozini eshittirib ham sinadi, buzoqqa sig‘inganlarni bir-birlarini o‘ldirtirib ham sinadi, xullas bir joyda qo‘nim 
topmadilar, ko‘chib yurdilar, qasr-bog‘lar barpo qilolmadilar, ular uchun anhor va daryo to‘la suvlar yo‘q edi, 
ular uchun mevalari g‘arq pishgan bog‘lar yo‘q edi. Misrdan qochib chiqqan va Baytul muqaddasga kirish 
amrini buzgan kishilarning birortasi qolmadi, ularning barchasi hasratda sochilib ketdi, hatto payg‘ambarlari 
Horun (a.s.) ham, Muso (a.s.) ham Baytul muqaddas yo‘lini topolmasdan olamdan o‘tib ketdilar. Bu muqaddas 
shaharga kirish baxtini Alloh taolo yangi payg‘ambar Yusha’ ibn Nun (a.s.) boshchiliklaridagi bani Isroilning 
sargardonlikda dunyoga kelgan va ko‘paygan yangi avlodiga nasib etdi. Ular sargardonlikda dunyoga kelib
hayot kechirib, bir joyda qo‘nim topish, o‘zlariga mustaqil bo‘lish qanday baxt ekanligining qadriga yetadigan 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
127
bo‘lganlari uchun Alloh ularga bu mustaqillikni berdi va bani Isroil uzoq muddat Baytul muqaddas va atroflarini 
yashnatib, obod qilishib, payg‘ambarlariga itoat va Allohga shukr qilishib yashay boshladilar. 
Alloh taolo o‘zbek xalqini ham yetmish yil sinovda tutdi, ajdodlarimiz bir necha marta qatag‘onga uchradi, 
qancha-qancha olimlarimiz, ziyolilarimiz, tadbirkorlarimiz, imon-e’tiqodli din peshvolarimiz qurbon bo‘ldilar. Ona 
yerimizning behisob boyliklari talon-taroj etildi. Bog‘lar kesildi, daryolar, ko‘llar va dengiz suvi quritildi. Ota-
bobolarimiz mustaqillik ne’matini orzu qilib, unga erisholmasdan, ko‘zlari bilan ko‘rolmasdan armon bilan 
olamdan o‘tib ketdilar. O’sha mash’um davrdan xalqimizga juda katta zarar – ma’naviy zarar meros bo‘lib 
qoldi. Xalq imon-e’tiqoddan uzoqlashdi. Halol-haromning chegarasi buzildi. Kishilar o‘rtasida mehr-oqibat 
yo‘qoldi, muruvvat qolmadi. Aroqxo‘rlik, fohishalik, qimorbozlik, o‘g‘irlik, sudxo‘rlik, poraxo‘rlik, zo‘ravonlik 
kuchaydi. Bu illatlarning barchasi xalqimiz uchun sinov edi. 
Alloh taolo mustaqillik ne’matini bergandan so‘ng, xalqimiz erkin nafas ola boshladi va istiqlol nashidasini 
sura boshladilar. Ammo o‘tmishdan qolgan sarqit va asoratlardan xalqimizni qutultirish, ko‘p asrlik ota-
bobolarining diniga, imoniga, axloqiga qaytarish uchun hali ko‘p ish qilinishi lozim bo‘ladi. 
«O’z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz, - deb yozgan edi I.A.Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq,
-
bu gul 
bilan qoplangan yo‘l emas, totalitarizm merosidan xalos bo‘lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-
zaxmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo‘lidir». 
(I.Karimov. Asarlar. 1-jild, 359-bet.)

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə