Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


«Ey mal’un, jannatdan chiq!



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

«Ey mal’un, jannatdan chiq! 
Chunki sen undan quvilding va albatta, senga qiyomatgacha mening la’natim bo‘lsin!
» -deb shaytoni 
la’inni haydadi.
Bu haqda Alloh taolo A’rof surasida batafsil bayon etadi: 
 
 
َﻦِﻣ
 
ْﻦُﻜَﻳ
 
ْﻢَﻟ
 
َﺲﻴِﻠْﺑِإ
 
ﻻِإ
 
اوُﺪَﺠَﺴَﻓ
 
َمَدﻵ
 
اوُﺪُﺠْﺳا
 
ِﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻠِﻟ
 
ﺎَﻨْﻠُﻗ
 
ﱠﻢُﺛ
 
ْﻢُآﺎَﻧْرﱠﻮَﺻ
 
ﱠﻢُﺛ
 
ْﻢُآﺎَﻨْﻘَﻠَﺧ
 
ْﺪَﻘَﻟَو
 
َﻦﻳِﺪِﺟﺎﱠﺴﻟا
)
١١
(
 
ٍرﺎَﻧ
 
ْﻦِﻣ
 
ﻲِﻨَﺘْﻘَﻠَﺧ
 
ُﻪْﻨِﻣ
 
ٌﺮْﻴَﺧ
 
ﺎَﻧَأ
 
َلﺎَﻗ
 
َﻚُﺗْﺮَﻣَأ
 
ْذِإ
 
َﺪُﺠْﺴَﺗ
 
ﻻَأ
 
َﻚَﻌَﻨَﻣ
 
ﺎَﻣ
 
َلﺎَﻗ
ْﻘَﻠَﺧَو
 
ٍﻦﻴِﻃ
 
ْﻦِﻣ
 
ُﻪَﺘ
)
١٢
(
 
َﻦِﻣ
 
َﻚﱠﻧِإ
 
ْجُﺮْﺧﺎَﻓ
 
ﺎَﻬﻴِﻓ
 
َﺮﱠﺒَﻜَﺘَﺗ
 
ْنَأ
 
َﻚَﻟ
 
ُنﻮُﻜَﻳ
 
ﺎَﻤَﻓ
 
ﺎَﻬْﻨِﻣ
 
ْﻂِﺒْهﺎَﻓ
 
َلﺎَﻗ
 
َﻦﻳِﺮِﻏﺎﱠﺼﻟا
)
١٣
(
 
َنﻮُﺜَﻌْﺒُﻳ
 
ِمْﻮَﻳ
 
ﻰَﻟِإ
 
ﻲِﻧْﺮِﻈْﻧَأ
 
َلﺎَﻗ
)
١٤
(
 
َﻦﻳِﺮَﻈْﻨُﻤْﻟا
 
َﻦِﻣ
 
َﻚﱠﻧِإ
 
َلﺎَﻗ
)
١٥
(
 
َلﺎَﻗ
َﻟ
 
ﱠنَﺪُﻌْﻗﻷ
 
ﻲِﻨَﺘْﻳَﻮْﻏَأ
 
ﺎَﻤِﺒَﻓ
 
َﻢﻴِﻘَﺘْﺴُﻤْﻟا
 
َﻚَﻃاَﺮِﺻ
 
ْﻢُﻬ
)
١٦
(
 
ْﻦِﻣَو
 
ْﻢِﻬﻳِﺪْﻳَأ
 
ِﻦْﻴَﺑ
 
ْﻦِﻣ
 
ْﻢُﻬﱠﻨَﻴِﺗﻵ
 
ﱠﻢُﺛ
 
َﻦﻳِﺮِآﺎَﺷ
 
ْﻢُهَﺮَﺜْآَأ
 
ُﺪِﺠَﺗ
 
ﻻَو
 
ْﻢِﻬِﻠِﺋﺎَﻤَﺷ
 
ْﻦَﻋَو
 
ْﻢِﻬِﻧﺎَﻤْﻳَأ
 
ْﻦَﻋَو
 
ْﻢِﻬِﻔْﻠَﺧ
)
١٧
(
 
ﺎَﻬْﻨِﻣ
 
ْجُﺮْﺧا
 
َلﺎَﻗ
ﱠنﻸْﻣﻷ
 
ْﻢُﻬْﻨِﻣ
 
َﻚَﻌِﺒَﺗ
 
ْﻦَﻤَﻟ
 
اًرﻮُﺣْﺪَﻣ
 
ﺎًﻣوُءْﺬَﻣ
 
َﻦﻴِﻌَﻤْﺟَأ
 
ْﻢُﻜْﻨِﻣ
 
َﻢﱠﻨَﻬَﺟ
 
)
١٨
(
 
 
«Albatta, 
(Biz)
 sizlarni 
(Odam Atoni)
 yaratdik, so‘ngra sizlarga 
(unga)
 suvrat berdik, so‘ngra 
farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!», - dedik. Ular sajda qildilar, illo Iblis sajda qiluvchilardan 
bo‘lmadi.
 
(Alloh) 
aytdi: «Senga buyurganimda sajda qilishingga nima mone’lik qildi?» U dedi: «Men 
undan yaxshiman, meni olovdan yaratgansan. Uni
(Odamni esa)
 loydan yaratding». 
Alloh aytdi:
 «Undan 
(jannatdan)
 chiq! Jannatda takabburlik qilishing senga joiz emas. Bas, chiq! Albatta, sen 
haqirlardandirsan». U 
(Iblis) 
dedi: «Menga insonlar tiriltiriladigan kungacha muhlat ber!» Alloh dedi: 
«Albatta, sen muhlat berilganlardansan». U
(Iblis alamidan)
 dedi: «Qasamyod etamanki, meni 
yanglishtirganing tufayli Sening to‘g‘ri yo‘ling 
(islom dini)
 uzra odamlarni chalg‘itish uchun o‘tiraman. 
So‘ngra, ularga oldilaridan, ortlaridan, o‘ng tomonlaridan va so‘l tomonlaridan 
(chalg‘itish uchun)
 
kelaman. Natijada ularning aksariyatini shukr qiluvchi holda topmaysan». 
(Alloh) 
aytdi: «Jannatdan 
ayblangan va haydalgan holingda chiq! Qasamyod etamanki, kimki senga ergashsa, sizlarning 
barchangiz bilan jahannamni to‘ldirajakman».
(A’rof, 11-18.)
Shayton avvalgi maqomini o‘rtaga solib Allohdan qiyomatgacha unga muhlat berishini so‘radi. Alloh unga 
muhlat bergandan so‘ng, shayton tavba qilish o‘rniga alamzadalik bilan Odamdan o‘ch olmoqchi bo‘lib: «Ey 
Odam, sen mening xorlanishimga sabab bo‘lding, men zurriyotlaringni oldilaridan ham, orqalaridan ham, o‘ng 
taraflaridan ham, chap taraflaridan ham kelib vasvasa va ig‘vo qilaveraman, yo‘ldan ozdiraveraman, ko‘plarini 
Allohning ne’matlariga shukr aytmaydigan insonlarga aylantiraman!» deb qasam ichdi. 
Parvardigor ham insonlarni:
 
«Shayton sizlarga ochiq bir dushmandir», -
deya ogohlantirdi va shaytonga qarata: 
«Seni va senga 
ergashgan kishilarni Men ham do‘zax azobida yondiraman!» -
deb ahd qildi. 
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) va boshqa sahobalardan rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, Alloh taolo Iblisni 
jannatdan quvganidan keyin uni osmonda uchib yuradigan va jannatga qayta tushmaydigan qildi. Odamni esa 
jannatda makon qildirdi. Odam (a.s.) jannatda yashasalarda, yolg‘izlikdan hadiksirar va qalblari taskin topmas 
edi. Bir kuni uyqudan uyg‘onsalar, bosh tomonlarida bir ayol kishi o‘tiribdi. Undan: «Sen nima uchun 
yaratilding?», - deb so‘radilar. Ayol: «Men bilan qalbinggiz taskin topsin uchun», - dedi. Odam (a.s.) ayolni 
«Havvo» deb nomladilar. 
Alloh taolo Odam (a.s.)ni Havvoga uylantirdi va ularga: 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
 
ﻼُآَو
 
َﺔﱠﻨَﺠْﻟا
 
َﻚُﺟْوَزَو
 
َﺖْﻧَأ
 
ْﻦُﻜْﺳا
 
ُمَدﺁ
 
ﺎَﻳ
 
ﺎَﻨْﻠُﻗَو
 
ِﻩِﺬَه
 
ﺎَﺑَﺮْﻘَﺗ
 
ﻻَو
 
ﺎَﻤُﺘْﺌِﺷ
 
ُﺚْﻴَﺣ
 
اًﺪَﻏَر
 
ﺎَﻬْﻨِﻣ
 
َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا
 
َﻦِﻣ
 
ﺎَﻧﻮُﻜَﺘَﻓ
 
َةَﺮَﺠﱠﺸﻟا
)
٣٥
(
 
 
«Ey Odam, siz juftingiz bilan jannatni maskan tuting va u yerda yenglar, ichinglar, ammo mana bu 
daraxt mevasidan yemanglar, zolimlarga aylanasizlar
»,
(Baqara, 35.)
- deb buyurdi. 
Odam va Havvo jannatda uzoq vaqt farog‘atda yashadilar. Ularning farog‘atiga hasad qilgan, o‘zi esa 
bunday ne’matdan mahrum bo‘lgan Iblis g‘arazli maqsadini amalga oshirishga kirishdi. 
Alloh taolo Odam va Havvoga Iblisdan ehtiyot bo‘lishni, uning vasvasasiga uchmaslikni ta’yinladi:
 
 
ﻰَﻘْﺸَﺘَﻓ
 
ِﺔﱠﻨَﺠْﻟا
 
َﻦِﻣ
 
ﺎَﻤُﻜﱠﻨَﺟِﺮْﺨُﻳ
 
ﻼَﻓ
 
َﻚِﺟْوَﺰِﻟَو
 
َﻚَﻟ
 
ﱞوُﺪَﻋ
 
اَﺬَه
 
ﱠنِإ
 
ُمَدﺁ
 
ﺎَﻳ
 
ﺎَﻨْﻠُﻘَﻓ
)
١١٧
(
 
ﻻَأ
 
َﻚَﻟ
 
ﱠنِإ
 
ىَﺮْﻌَﺗ
 
ﻻَو
 
ﺎَﻬﻴِﻓ
 
َعﻮُﺠَﺗ
)
١١٨
(
 
ﻰَﺤْﻀَﺗ
 
ﻻَو
 
ﺎَﻬﻴِﻓ
 
ُﺄَﻤْﻈَﺗ
 

 
َﻚﱠﻧَأَو
)
١١٩
(
 
 
«
Bas, aytdik: «Ey, Odam, aniqki, bu iblis senga ham, xotiningga ham dushmandir. Bas, u 
ikkovinggizni jannatdan zinhor chiqarmasinki, baxtsiz bo‘lib qolursan. Shubhasiz, sen u yerda 
(jannatda)
 och va yalang‘och qolmaysan. Va u joyda tashna ham bo‘lmaysan, issiqda ham 
qolmaysan».
(Toha, 117-119.)
Ibn Abbos (r.a.), Ibn Mas’ud (r.a.) va boshqa sahobalarning rivoyat qilishlaricha, Iblis yana jannatga, Odam 
va Havvoning yonlariga kirmoqchi bo‘ldi. Jannat xazanalari uni kiritishmadi.
Jannatning go‘zal maxluqlari orasida ilon ham bor edi. Uning tanasi benihoya chiroyli bo‘lib, tuya singari to‘rt 
oyoqda yurardi. 
 
Iblis ilonning yoniga keldi va uning og‘ziga kirib, jannatga o‘tib olish uchun izn so‘radi. Iblisni og‘ziga solib 
olgan ilon xazanalar oldidan jannatga kirib ketdi, ular Iblisni ko‘rmay qoldilar.
Iblis Odamning yoniga borib, uni vasvasa qildi:
 
ﻰَﻠْﺒَﻳ
 

 
ٍﻚْﻠُﻣَو
 
ِﺪْﻠُﺨْﻟا
 
ِةَﺮَﺠَﺷ
 
ﻰَﻠَﻋ
 
َﻚﱡﻟُدَأ
 
ْﻞَه
 
ُمَدﺁ
 
ﺎَﻳ
 
َلﺎَﻗ
 
ُنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا
 
ِﻪْﻴَﻟِإ
 
َسَﻮْﺳَﻮَﻓ
)
١٢٠
(
 
 
«Ey
Odam, men seni abadiyat daraxti va chirimas 
(yo‘q bo‘lmas) 
mulkka boshlab boraymi?» - 
dedi».
(Toha, 120.)
ُنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا
 
ﺎَﻤُﻬَﻟ
 
َسَﻮْﺳَﻮَﻓ
 
ﺎَﻤُآﺎَﻬَﻧ
 
ﺎَﻣ
 
َلﺎَﻗَو
 
ﺎَﻤِﻬِﺗﺁْﻮَﺳ
 
ْﻦِﻣ
 
ﺎَﻤُﻬْﻨَﻋ
 
َيِروُو
 
ﺎَﻣ
 
ﺎَﻤُﻬَﻟ
 
َيِﺪْﺒُﻴِﻟ
 
 
َﻦﻳِﺪِﻟﺎَﺨْﻟا
 
َﻦِﻣ
 
ﺎَﻧﻮُﻜَﺗ
 
ْوَأ
 
ِﻦْﻴَﻜَﻠَﻣ
 
ﺎَﻧﻮُﻜَﺗ
 
ْنَأ
 
ﻻِإ
 
ِةَﺮَﺠﱠﺸﻟا
 
ِﻩِﺬَه
 
ْﻦَﻋ
 
ﺎَﻤُﻜﱡﺑَر
)
٢٠
(
 
«Alloh ikkovingizni bu daraxt mevasini yeyishdan bekorga man’ etmadi. Agar bundan iste’mol 
qilsalaringiz ikkovingiz ham farishtaga aylanasizlar yoki jannatda abadiy qolib ketasizlar».
(A’rof, 20.)
 
Iblis Odam va Havvoning jinsiy avratlari bor ekanligini, bu avratlarni jannat liboslari bilan bekitib yurishlarini 
farishtalardan eshitgan edi. Ularning libosi tirnoq singari silliq va yaltiroq bo‘lib, tana a’zolarini to‘la yopib 
turardi. Iblis Odam va Havvoning avratlarini ochib tashlab, sharmanda qilmoqchi bo‘ldi. U ilonning yordami 
bilan jannatga kirdi, u yerda bir daraxt bo‘lib, uni «Shajarat-ul-xuld» (abadiyat daraxti) deyilardi, tanasi 
nihoyatda go‘zal, yaproqlari xushbo‘y, mevasi esa beqiyos lazzatli edi. Undan faqat farishtalar iste’mol 
qilardilar.
Vahb ibn Munabbahdan: «Farishtalar taom yemas edilarku, bu daraxt mevasidan iste’mol qilardilar, 
deyapsiz», - deb so‘ralganda, u kishi: «Alloh xohlaganini qilishi mumkin», - deb javob bergan.
Ibn Abbosning rivoyatlariga qaraganda, Alloh man etgan daraxt bug‘doy boshog‘i edi.
Iblis uning juda xushbo‘yligini, xushxo‘rligini maqtadi, o‘zi mevasidan yedi va avval Havvoni keyin Odamni 
qistadi. Odam va Havvoda sabr-toqat qolmadi, Allohning man’ etgani yodlaridan ko‘tarildi va shu daraxt 
mevasidan yedilar. Shu ondayoq ularning ustidagi jannatiylik libosi sidirilib tushdi, ulug‘liklari yo‘qoldi, qip-
yalang‘och bo‘lib, sharmanda bo‘ldilar. Odam sharmandalikdan qochib, jannat daraxtlaridan birining yaprog‘lari 
orasiga kirib berkindi. Alloh taolo: «Ey Odam, qaerdasan?», -deb xitob qildi. Odam: «Yo Alloh, men bu 
yerdaman» - dedi. Allohning «Chiqmaysanmi?» - degan savoliga, «Men sendan uyalaman» - deb javob berdi. 
Alloh ularga qahr bilan: 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə