Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 
َﻦﻳِﺮِﻏﺎﱠﺼﻟا
 
َﻦِﻣ
 
َﻚﱠﻧِإ
 
ْجُﺮْﺧﺎَﻓ
 
ﺎَﻬﻴِﻓ
 
َﺮﱠﺒَﻜَﺘَﺗ
 
ْنَأ
 
َﻚَﻟ
 
ُنﻮُﻜَﻳ
 
ﺎَﻤَﻓ
 
ﺎَﻬْﻨِﻣ
 
ْﻂِﺒْهﺎَﻓ
 
َلﺎَﻗ
)
١٣
(
 
 
(Alloh)
 aytdi: «Undan 
(jannatdan)
 chiq! U yerda takabburlik qilishing senga joiz emas. Bas, chiq! 
Albatta, sen haqirlardandirsan».( A’rof, 13.)
78
 
Kibrning yomonligini, oqibati xorlikka olib borishini Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday ta’riflaganlar: 
«Kimki, Alloh uchun kamtarlik qilsa, Alloh uni ko‘taradi. Kimki, takabburlik qilsa, Alloh uni 
tushiradi». 
3. Ma’naviy poklik zarurati.
Alloh taolo o‘z kitobida Odamni oddiy tuproqdan yaratganligini eslatib turib, 
unga o‘zining ruhidan puflab, jon ato etganini bayon qiladi: 
 
ٍﻦﻴِﻃ
 
ْﻦِﻣ
 
اًﺮَﺸَﺑ
 
ٌﻖِﻟﺎَﺧ
 
ﻲِّﻧِإ
 
ِﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻠِﻟ
 
َﻚﱡﺑَر
 
َلﺎَﻗ
 
ْذِإ
)
٧١
(
 
ﻲِﺣوُر
 
ْﻦِﻣ
 
ِﻪﻴِﻓ
 
ُﺖْﺨَﻔَﻧَو
 
ُﻪُﺘْﻳﱠﻮَﺳ
 
اَذِﺈَﻓ
 
َﻦﻳِﺪِﺟﺎَﺳ
 
ُﻪَﻟ
 
اﻮُﻌَﻘَﻓ
)
٧٢
(
 
 
«
Eslang, Rabbingiz farishtalarga degan edi: «Albatta, men loydan bashar yaratuvchidirman. Bas, 
qachonki, uni rostlab, unga ruhimdan puflaganimdan so‘ng, unga sajda qilgan hollaringizda 
yiqilinglar!».
(Sod, 71-72.)

Ruh haqida olimlar juda ko‘p kitoblar yozganlar, fikrlar aytganlar.
(Ibn Qayyim al-Javziy. «Ar-ruh». Dorul-fikr. 
1986. 336-bet. Ushbu ktob bu sohada yozilgan mukammal asarlarning biridir.)
Shunga qaramasdan uning 
mohiyati haqida inson to‘liq tasavvurga ega emas. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qilgan: 
 
ﻼﻴِﻠَﻗ
 
ﻻِإ
 
ِﻢْﻠِﻌْﻟا
 
َﻦِﻣ
 
ْﻢُﺘﻴِﺗوُأ
 
ﺎَﻣَو
 
ﻲِّﺑَر
 
ِﺮْﻣَأ
 
ْﻦِﻣ
 
ُحوﱡﺮﻟا
 
ِﻞُﻗ
 
ِحوﱡﺮﻟا
 
ِﻦَﻋ
 
َﻚَﻧﻮُﻟَﺄْﺴَﻳَو
)
٨٥
(
 
 
«
(Ey Muhammad)
, Sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: «Ruh faqat Rabbimning ishidandir». 
Sizlarga esa oz ilm berilgan».
(Isro, 85)
 
Faqat bir narsa ma’lumki, oddiy tuproqdan tayyorlangan loydan yaratilgan insonga Alloh o‘z ruhidan 
puflash bilan uni yuksaltirdi, azizu mukarram qildi. Inson o‘ziga berilgan ilm va tafakkur qobiliyatini yomonlikka 
ham, yaxshilikka ham, ya’ni sharrga ham, xayrga ham ishlatishi mumkin. Inson
 
tabiatidagi tuproq, loy uni 
pastga, zalolatga tortsa, unga ingan «Allohning ruhi» yuksaklikka, poklikka, ma’naviy kamolot sari intilishga 
undaydi. Ilohiy kitoblar inson uchun hidoyat yo‘li bo‘lsa, insonga yaratilishdan Alloh tomonidan nasib etilgan 
pok ruh ushbu kitoblar mazmunini, payg‘ambarlar da’vatini anglashga imkon yaratadi. Darhaqiqat, insondan 
o‘zga hech bir tirik («jonli») mavjudot ushbu kitoblar mohiyatini anglashga qodir emas. Bundan tashqari 
yuqorida eslab o‘tilgan ilm va tafakkur qobiliyati, hayotiy hodisalar ustida mushohada yuritib, undan tegishli 
xulosalar chiqarish imkoniyati ham faqat insonga xos.
Shunday ekan, inson o‘ziga berilgan bunday noyob imkoniyatlarni besamara qoldirmasligi, tafakkur bilan, 
borliqni va ilohiy kalom mazmunini anglash orqali o‘z ma’naviy kamolatini yuksaltirib borishi lozim. Alloh taolo 
tomonidan bandaga in’om etilgan pok ruh uni yaratganga imon keltirish, ne’matlariga shukr etish, hayotlik 
davrida Allohning murodini haq deb bilib, adolat, rostlik, yaxshilik, haqiqatni sevish sifatlari bilan hayot 
kechirishni taqozo etadi. Shunda inson unga Alloh ato etgan ulug‘ ne’matni zoe qilmagan bo‘ladi. Agar kimki, 
shunga loyiq amal qilmasa, uning oqibati achchiq pushaymonlikdir.
4.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə