Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
 
َﻦﻴِﻤِﺋﺎَﻘْﻟاَو
 
َﻦﻴِﻔِﺋﺎﱠﻄﻠِﻟ
 
َﻲِﺘْﻴَﺑ
 
ْﺮِّﻬَﻃَو
 
ﺎًﺌْﻴَﺷ
 
ﻲِﺑ
 
ْكِﺮْﺸُﺗ
 

 
ْنَأ
 
ِﺖْﻴَﺒْﻟا
 
َنﺎَﻜَﻣ
 
َﻢﻴِهاَﺮْﺑﻹ
 
ﺎَﻧْأﱠﻮَﺑ
 
ْذِإَو
 
ِدﻮُﺠﱡﺴﻟا
 
ِﻊﱠآﱡﺮﻟاَو
)
٢٦
(
 
 
«
(Ey Muhammad,)
 eslang, Biz Ibrohimga Baytulloh o‘rnini belgilab berib, 
(unga shunday dedik)

«Menga biror narsani sherik qilmagin va Mening Baytimni tavof qiluvchilar, namozda tikka turuvchilar, 
ruku’ va sajda qiluvchilar 
(ya’ni, hojilar va namozxonlar)
 uchun poklagin!»
(Haj, 26.)
 
 
Abu Muso al-Ash’ariy aytadilar: «Alloh taolo Odam (a.s.)ni jannatdan chiqarishni iroda qilganda, u kishiga 
bu dunyoda tirikchilik uchun qilishi lozim bo‘lgan kasb-hunar, dehqonchilik sirlarini o‘rgatdi, jannat ne’matlari va 
mevalaridan o‘ttiz turini ozuqa tariqasida tayyorlab berdi. Ularning o‘ntasi po‘stlik mevalar, o‘ntasi danakli 
mevalar, qolgan o‘ntasi esa danagi ham, po‘sti ham yo‘q bo‘lgan mevalar edi. Mana shu dunyoda yeyiladigan 
barcha mevalar jannatdan chiqqan, ammo jannatdagisi aynimaydi, dunyodagisi esa ayniydi. Odam (a.s.) 
o‘zlari bilan jannatning xushbo‘yini olib chiqqan edilar. Shuning uchun, Hindistonda o‘sadigan barcha daraxtlar 
va butalar xushbo‘ydir». 
Odam (a.s.) Yerga tushganlaridan keyin ko‘ngillari biroz ovqat tusadi, Jabroil (a.s.) jannatdan bir xalta olib 
chiqib, uni Odamga berdilar. Odam (a.s.) hayron bo‘lib: «Bu nima?» - deb so‘radilar. Jabroil (a.s.): «Sizni 
jannatdan chiqishingizga sabab bo‘lgan narsa shu» - deb, xaltadagi bug‘doyni ko‘rsatdilar. Uning vazni yuz 
ming sakkiz yuz dirham og‘irligida edi. Odam (a.s.): «Buni men nima qilaman?» - deb so‘radilar. Jabroil donni 
Yerga sepishni buyurdilar. Odam (a.s.) uni Yerga sepishlari bilan Alloh uni o‘sishga, don tugishga amr etdi. 
Bug‘doy shu ondayoq o‘sib, boshog‘i pishdi. Odam (a.s.) uni Allohning amri bilan o‘rib oldilar. Donini qo‘llari 
bilan boshoqdan ajratgandan keyin, ikki tosh olib bug‘doyni yanchdilar va unga aylantirdilar. Undan xamir 
qorib, Jabroil temir bilan toshdan chiqargan uchqun bilan olov yoqdilar va non pishirdilar. Dunyoda birinchi bor 
dehqonchilik, tegirmonchilik va novvoylik qilgan kishi Odam (a.s.)dirlar. 
Ibn Abbos(r.a.) aytadilar: «Hajar-ul-asvad ham Odam bilan birga jannatdan chiqqan va Musoning 
hassasidan ham, oppoq qordan ham oqroq edi. Odam (a.s.) uchun jannatdan bolta ham tushirildi».
Shunday qilib, Odam va Havvoning oldida, kelajakdagi zurriyotlari oldida endi rohatbaxsh jannat emas, 
balki ikki yo‘l paydo qilindi. Yo zalolat, yo hidoyat! Yo imon, yo kufr! Yo najot, yo ofat! 
Alloh taolo Odam (a.s.)ni o‘z farzandlarini tarbiyalash va ularga Haq yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambar qilib 
yubordi. 
 
Abu Zar al-G’iforiy aytadilar: «Men masjidga kirdim. Rasululloh (s.a.v) yolg‘iz o‘tirgan edilar. Yonlariga borib 
o‘tirdim. Rasululloh (s.a.v) menga:

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə