Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tunda ilm (ta’lim) berish va va’z aytish xususida



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/490
tarix18.10.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#127964
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

41-bob. Tunda ilm (ta’lim) berish va va’z aytish xususida
Ummu Salamadan: «Kunlardan bir kuni kechasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 
uyg‘onib dedilar: «Subhonalloh, bu kecha qanchadan-qancha fitnalar nozil qildiykin va 
qanchadan-qancha rahmat xazinasi eshiklarini ochdiykin. Hujralarda uxlab yotganlarni 
(ibodatga) uyg‘otingiz, bu dunyoda kiyimlik — oxiratda yalang‘ochdir!»— dedilar».
42-bob. Tunda ilmdan suhbatlashish
Abdulloh ibn Umardan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlarida so‘nggi marta 
biz bilan xufton namozini o‘qidilar. Ikki taraflariga salom berganlaridan so‘ng, 
o‘rinlaridan turib: «Bilasizmi, bu kechani? Shu kechadan boshlab to‘liq 100 yil o‘tgach, 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
29
yer yuzida (hozir tirik) kishilardan birontasi qolmaydi»,— dedilar». 
Ibn Abbosdan: «Rasulullohning jufti halollari bo‘lmish xolam Maymunaning uylarida 
yotib qoldim. Rasululloh sollallohu alayx va sallamning ham xolamnikida bo‘ladigan 
kechalari ekan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz bilan xuftonni o‘qib bo‘lgach, 
uylariga kirib, to‘rt rak’at namoz o‘qidilar, keyin uyquga yotdilar, keyin turib: «Bola 
uxlab qoldimi?»—dedilar yoki shunga o‘xshash bir so‘z aytdilar. Keyin namoz o‘qishga 
turdilar, men chap yonlariga kelib turdim. Meni o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar. 
Avval 5 rak’at, keyin 2 rak’at namoz o‘qidilar, keyin mizg‘idilar, hatto men 
pishillaganlarini eshitdim. Keyin turib namozga chiqib ketdilar».
43-bob. Ilmni (xadisni) yod olish
Al-A’raj bu xususda bunday deydilar: «Abu Hurayra hadisni ko‘p aytadi», deyishadi. 
«Agar Allohning Kitobi (Qur’on)da ikki oyat bo‘lmaganda edi, bitta ham hadis aytmas 
edim»,— degan edilar Abu Hurayra, keyin oyatning «Biz nozil qilgan yo‘l-yo‘riqlar va 
hidoyatni yashirganlar»... degan joyidan to «ar-Rahim» degan so‘zigacha o‘qigandilar 
(mazkur oyatda ilmni berkitgan odamlarni Alloh taolo mazammat qiladi — qoralaydi). 
Muhojir birodarlarimiz bozorlarda bor-baraka qilish bilan ovora edi, ansoriy 
birodarlarimiz esa, o‘z xo‘jaliklaridagi ishlar bilan band edi. Abu Hurayra esa Janob 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ortlaridan qolmas edi. Qornini bir to‘yg‘azib 
olib, ular (muhojirlar, ansoriylar) hozir bo‘lmagan joylarda Abu Hurayra hozir bo‘lar edi. 
Ular yodlamagan narsalarni (hadislarni) Abu Hurayra yodlar edi». 
Abu Hurayra bunday deganlar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Yo 
Rasulalloh, men sizdan ko‘p hadis tinglayman-u, ammo unutib qo‘yaman»,— dedim. 
Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari bilan (suv hovuchlagandek) 
Allohning fayzu barakotidan (choponimga) hovuchlab soldilar, keyin: «Bag‘ringga 
bos!»— dedilar. Men bag‘rimga bosdim, shundan keyin hech narsani (hadisni) esimdan 
chiqarmaydigan bo‘ldim». 
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan «ikki idish» 
(narsa) yod oldim, bittasini sochdim (odamlarga aytdim), ammo ikkinchisini agar 
sochadigan bo‘lsam (aytsam), mana bu halqum kesiladi»,— dedilar (birinchisi hadislar 
edi, ikkinchisi esa, kelajakda bo‘ladigan fitnalar to‘g‘risidagi xabarlar edi).

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə