Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə464/490
tarix18.10.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#127964
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
383
27-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Birortangiz tahorat qilsangiz
albatta dimog‘ingizga suv olib chayqangiz!» deganlari hamda bunda ro‘zador 
bkrlan ro‘za tutmaganlarni ajratmaganlari haqida
Hasan Basriy: «Ro‘zador dimog‘iga dori quysa-yu, tomog‘iga ketib qolmasa, zarari 
yo‘qdir hamda ro‘zador surma qo‘ysa ham bo‘lur», - deydilar. Ato raziyallohu anhu: 
«Ro‘zador og‘ziga suv olib, chayqab tashlasa-yu, tupugi va og‘zida qolgan suvni yutib 
yubormasa, zarari yo‘kdir. Ro‘zador saqich chaynamasligi kerak, mobodo saqich 
chaynasa-yu, so‘lagini yutsa, ro‘zasi ochilg‘aydir, demasman»,- deydilar. Lekin, 
ko‘pchilik ulamolar saqich chaynaganda chiqadirgan so‘lakni yutmaslik kerakligini aytib
«Ro‘zador dimog‘ini chayqaganda tomog‘iga suv ketsa, zarari yo‘qdir, chunkim ul 
tomog‘iga ketayotgan suvni qaytarishga qodir ermas»,- deyishadi. 
28-bob. Ramazonda xotini bilan yaqinlik qilsa...
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Kimki Ramazonda kasal bo‘lmay turib, uzrsiz bir kun 
ro‘za tutmasa, o‘sha uzrsiz ro‘za tutmagan bir kun evaziga umr bo‘yi ro‘za tutsa ham
Ramazondagi bir kunlik ro‘zaning savobiga erisha olmaydir»,- deydilar. Ibn Mas’ud ham 
xuddi shunday degan ekanlar. Sa’id ibn Musayyab, Sha’biy, Ibn Jubayr, Ibrohim Qatoda 
va, Hammodlar: «Uzrsiz tutilmagan bir kunlik ro‘za evaziga yana bir kun qo‘shimcha 
ro‘za tutg‘aydir»,- deydilar. 
Abdulloh ibn Zubayr quyidagi hadisni Oisha raziyallohu anhodan eshitgan ekanlar: «Bir 
kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, «Men o‘zimni o‘zim 
kuydirdim!» - dedi. Janob Rasululloh: «Ne qilding?» -dedilar. Boyagi kishi: «Men 
Ramazonda kunduzi xotinimga yaqinlik qilib qo‘ydim», -dedi. Shu payt, Nabiy sallallohu 
alayhi va sallamga bir katta zambilda xurmo keltirib qolishdi. Shunda, Janob Rasululloh: 
«Boyagi o‘zini o‘zi kuydirgan kishi qani?» - deb so‘radilar. «Men shu yerdaman»,-dedi u. 
Janob Rasululloh: «Qilgan gunohingni yuvmok; uchun (kafforat uchun) mana shul 
xurmoni odamlarga ehson qilg‘il!» - dedilar». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə