Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning haddan ziyod uzluksiz ro‘za



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə472/490
tarix18.10.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#127964
1   ...   468   469   470   471   472   473   474   475   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

48-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning haddan ziyod uzluksiz ro‘za 
tutganlarni koyiganlari haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
odamlarni ro‘zani uzluksiz tutmoqdan qaytardilar. Shunda, musulmonlardan biri: «Yo 
Rasululloh, o‘zingiz uzluksiz ro‘za tutg‘aydirsiz-ku?!»-dedi. Janob: «Qaysi biringiz 
mendek bo‘la olursiz? Meni kechasi rabbim yedirib-ichirg‘aydir»,- dedilar. Odamlar 
uzluksiz ro‘za tutmaslikka ko‘nishmagandan so‘ng (sahobalar Rasululloh qilgan ishni 
qiynalsalar ham qilib, savob topmoq maqsadida ko‘nishmagan erdi), Janob Rasululloh 
ular birlan birga ketma-ket og‘iz ochmay, ikki kun ro‘za tutdilar. Uchinchi kuni yangi oy 
chiqib qoldi, shunda Janob Rasululloh: «Agar yangi oy ko‘rinmaganda uzluksiz ro‘za 
tutaverar erdim»,- dedilar-da, sahobalarni uzluksiz ro‘za tutganlari uchun bir oz 
koyigandek bo‘ldilar». 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ikki 
marta ketma-ket og‘iz ochmay, ro‘za tutmoqdan ehtiyot bo‘lingiz!» -dedilar, shunda 
ular: «Uzingiz tutg‘aydirsiz-ku?!» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Meni Olloh kechasi 
yedirib-ichirg‘aydir. Sizlar qurbingiz yetadirgan ishni qilmog‘ingiz lozimdir»,- dedilar». 
49-bob. Faqat sahargacha uzluksiz ro‘za tutmoq haqida
Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uzluksiz 
ro‘za tutmangiz, agar qay biringiz uzluksiz ro‘za tutmoqni ixtiyor etsangiz, faqat 
sahargacha davom ettiringiz»,- dedilar. Odamlar: «Yo Rasululloh, o‘zingiz 
tutgaydirsizku?!» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Men sizlarga o‘xshagan ermasmen, 
menga kechasi taomlantirg‘uvchi kelib, taom berg‘aydir, suv berg‘uvchi kelib, suv 
ichirg‘aydir»,- dedilar». 
50-bob. Bir odam nafl ro‘za tutgan boshqa bir odamga «og‘iz ochasan!», deb 
turib olsa-yu, lekin uning og‘iz ochganligi uchun o‘zi bir kun ro‘za tutib berishi 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   468   469   470   471   472   473   474   475   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə