Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ro‘zadorning o‘zida mavjud bo‘lgan suv yoki boshqa narsalar bilan



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə470/490
tarix18.10.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#127964
1   ...   466   467   468   469   470   471   472   473   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

43-bob. Ro‘zadorning o‘zida mavjud bo‘lgan suv yoki boshqa narsalar bilan 
og‘iz ochishi mumkinligi haqida
Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam birlan birga yurgan erdik. Ul kishi ro‘za erdilar. Kun brtgandan so‘ng, «Ey Bilol, 
ulovdan tushib, bizga og‘iz ochmoq uchun sut birlan suvni aralashtirib berg‘il!»- dedilar. 
Bilol: «Yo Rasululloh, og‘iz ochmoqni bir oz kechiktirsangiz bo‘larmi erdi?»-dedilar. Janob 
Rasululloh yana: «Suv tayyorlag‘il!» - dedilar. U kishi yana: «Hali yorug‘-ku!»- dedilar. 
Janob Rasululloh yana: «Suv tayyorlag‘il!» - dedilar. Shundan so‘ng, Bilol suv tayyorlab 
berdilar. Shunda, Janob Rasululloh: «Agar qorong‘ulik mana bu tomondan (qo‘llari birlan 
mashriq tomonga ishora qildilar) kelsa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar». 
44-bob. Kun botishi bilanoq iftor qilmoq haqida
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ro‘zadorlar 
quyosh botishi birlan bir paytda og‘iz ochsalar, doimo yaxshilik ko‘rg‘aydirlar»,— 
deganlar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
388
Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan 
birga safarda erdik, Janob Rasululloh kechgacha ro‘za tutdilar. So‘ng, bir kishiga: «Og‘iz 
ochmoqqa narsa (suv) tayyorlag‘il!» - dedilar. U kishi: «Yana bir oz kech kirishini kutsak 
yaxshi bo‘larmidi?»-dedi. Janob Rasululloh: «Agar tunning mashriq tomondan 
kelayotganini ko‘rsang, bo‘ldi, ro‘zador bo‘lsang, og‘iz ochaverg‘il!»-dedilar». 
45-bob. Agar Ramazonda og‘iz ochilgandan so‘ng quyosh ko‘rinib qolsa...
Asmo binti Abu Bakr: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam davrlarida havo bulut kuni og‘iz 
ochdik, biroq og‘iz ochilgandan so‘ng Quyosh chiqib qoldi»,- dedilar. Mazkur hadis 
roviylaridan biri - Hishomdan: «O’sha kungi ro‘zaning qazosini tutmoqni buyurdilarmi?» 
- deb so‘rashganda, ul kishi: «Ro‘zaning qazosini albatta tutmoq lozim»,- deb javob 
qildilar. Ma’mar ersa: «Hishom o‘shanda ro‘za qazosini tutishganmi, yo‘qmi, bilmadim
deb aytgan erdi»,- deydilar. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   466   467   468   469   470   471   472   473   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə