Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Yosh bolalarning ro‘za tutmog‘i haqida



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə471/490
tarix18.10.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#127964
1   ...   467   468   469   470   471   472   473   474   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

46-bob. Yosh bolalarning ro‘za tutmog‘i haqida
Umar raziyallohu anhu Ramazonda may ichgan Nashvon degan kishiga: «Yosh 
bolalarimiz ro‘za tutsalar-u, sen may ichib yursang?! Bu qilmishing uchun do‘zax azobiga 
giriftor bo‘lg‘il!» - deb sakson darra urdilar. 
Rabi’ binti Muavvaz rivoyatqiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Muharram 
oyining o‘ninchi kuni ertalab Madina tegrasidagi qishloqlarga «Kimki ro‘za tutmagan 
bo‘lsa, to kun botguncha hech narsa yemasin, kimki ro‘za tutgan bo‘lsa, ro‘zasini davom 
ettirsin!», deb xabar yubordilar. O’sha kuni o‘zimiz ham, yosh bolalarimiz ham ro‘za 
tutgan erdik. Bolalarimiz qorinlari ochib, yig‘lasalar, ularni iftorgacha ovuntirish uchun 
bo‘yalgan jundan o‘yinchoqlar yasab bergan erdik». 
47-bob. «Ikki va undan ortiq kun iftor qilmay, uzluksiz ro‘za tutmoq hamda 
kechasi ro‘za tutmoq durust ermas»,- degan kishilar haqida
Olloh taolo: «Ro‘zani kun botguncha davom ettiringiz!» - degan. Nabiy sallallohu alayhi 
va sallam kishilarga rahm-shafqat qilib, ularning salomatliklarini o‘ylab, uzluksiz ro‘za 
tutmoqdan qaytarganlar va «Dinda buyurilmagan narsalarni qilaman, deb o‘zini 
qiynamaklik durust ermas»,-deganlar. 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Uzluksiz 
ro‘za tutmangiz!» - deganlarida, «O’zingiz shunday ro‘za tutg‘aydirsiz-ku?!» - deyishdi. 
Janob : «Men sizlarga o‘xshagan ermasmen, uzluksiz ro‘za tutganimda, Olloh tomonidan 
kechalari yeb-ichirilg‘aymen»,- dedilar». 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam uzluksiz ro‘za tutmoqdan qaytarganlarida, odamlar: 
«O’zingiz tutg‘aydirsiz-ku?!»-deyishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Meni Olloh kechalari 
yedirg‘aydir va ichirg‘aydir» ,— dedilar». 
Abu Sa’id rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarni uzluksiz 
ro‘za tutmoqdan qaytarib: «Agar xohlasangiz, to sahargacha tutingiz!» - deganlarida, 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
389
odamlar: «Yo Rasululloh, o‘zingiz tutg‘aydirsiz-ku?!» -deyishdi. Janob: «Men. sizlarga 
o‘xshagan ermasmen, chunki kechasi Olloh tomonidan taomlantirg‘uvchi kelib, menga 
taom berg‘aydir va sug‘org‘uvchi kelib, suv berg‘aydir»,- dedilar». 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh oda.mlarga rahm-shafqat 
qilib, uzluksiz ro‘za tutmoqdan qaytarganlarida, ular: «Uzingiz tutg‘aydirsiz-ku?!» - 
deyishdi. Ul kishi: «Men sizlarga o‘xshagan ermasmen, meni rabbim yedirib-ichirib 
turg‘aydir»,- dedilar». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   467   468   469   470   471   472   473   474   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə