Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Jum’a kuni ro‘za tutmaslik haqida



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə479/490
tarix18.10.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#127964
1   ...   475   476   477   478   479   480   481   482   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

61-bob. Jum’a kuni ro‘za tutmaslik haqida
Muhammad ibn Abbod rivoyat qiladirlar: «Men Jobir raziyallohu anhudan Nabiy sallallohu 
alayhi va sallamning jum’a kuni (nafl) ro‘za tutmoqdan qaytarganlari to‘g‘risida 
so‘radim. Jobir: «Ha, qaytarganlar»,—dedilar». 
Mazkur hadis riviylaridan biri Abu Osim: «Janob Rasululloh, jum’a kunigina (nafl) ro‘za 
tutmak odat bo‘lib qolib, boshqa kunlari ro‘za tutmay qo‘yishmasin, deganlar»,- 
deydilar. 
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning, hech qaysi 
biringiz jum’a kuni (nafl) ro‘za tutmangiz, agar tutadirgan bo‘lsangiz, jum’adan oldingi 
bir kunni yokim jum’adan keyingi bir kunni qo‘shib tutingiz, deganlarini eshitganman»,- 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
394
deydilar.
Abu Ayyub rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallam Juvayra binti 
Hars raziyallohu anhoning uylariga kiribdirlar. Ul kishi ro‘za erkanlar. Janob Rasululloh: 
«Kecha ham ro‘zamiding?» - deb so‘rabdirlar. Juvayra: «Yo‘q»,- debdirlar. Keyin, Janob 
Rasululloh: «Ertaga ham ro‘za tutg‘aymisen?» -deb so‘rabdilar. Ul kishi: «Yo‘q» - 
debdirlar. Shunda, Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, ro‘zangni ochgil!» - debdirlar. 
Juvayra og‘iz.ochibdirlar». 
62-bob. Kishi o‘zi uchun ro‘za tutadirgan kunlariny belgilab olsa, bo‘ladirmi?
Alqama rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anhodan: «Janob Rasululloh o‘zlari uchun 
ro‘za tutadirgan kunlarni belgilab olganmi erdilar?» - deb so‘radim. Ul kishi: «Janob 
Rasululloh doimo ro‘za tutar erdilar, sizlarning qaysi biringiz ul kishi qilgan ibodatga 
chiday olursiz?!» - dedilar». 
63-bob. Arafa kuni ro‘za tutmoq haqida
Ummulfazl rivoyat qiladirlar: «Arafa kuni mening huzurimda o‘tirgan odamlar Nabiy 
sallallohu alayhi va sallamning ro‘za yokim ro‘za ermasliklari to‘g‘risida tortishib qolishdi. 
Ayrimlar: «Janob ro‘zalar»,- desa, ba’zilar: «Ro‘za ermaslar»,- dedi. Shunda men 
Janobga bir idishda sut yubordim. Janob tuya minib Arafotda turgan erdilar, sutni 
ichdilar». 
Maymuna raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Odamlar Nabiy sallallohu alayhi va 
sallamning arafa kuni ro‘za tutganlari to‘g‘risida shubha qilib qolishdi. Shunda men 
Janobga sut yubordim. Janob Arafotda turgan erdilar, odamlar ko‘z oldida sutni 
ichdilar». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   475   476   477   478   479   480   481   482   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə