Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə476/490
tarix18.10.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#127964
1   ...   472   473   474   475   476   477   478   479   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
392
tutmog‘imdan, tuni birla ibodat qilmogimdan Nabiy sallallohu alayhi va sallam xabar 
topibdirlar. O’shanda, Janob mening oldimga bir kishini yubordilarmi yokim ul kishiga 
o‘zim uchradimmi, yodimda yo‘q. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Aytishlaricha, sen muttasil ro‘za tutar emishsen, tun bo‘yi uxlamay, ibodat qilar 
emishsen. Ro‘za tutg‘il, biroq vaqtida ovqatlang‘il, kechasi ibodat aylag‘il, ammo vaqtida 
uxlag‘il, chunkim, senda o‘zingning ham, ahlu ayolingning ham, ko‘zingning ham haqqi 
bordir (ko‘zingni deganlarida, «uni uyqusiz qoldirmoqqa haqqing yo‘qdir»,- 
demoqchilar)»,- dedilar. Men: «Mening bundan ham ko‘proq ibodat qilmakka quvvatim 
yetg‘aydir»,- dedim. «Undoq bo‘lsa, sen Dovud alayhissalomning tutgan ro‘zalarini 
tutgil!» - dedilar. Men: «Ul nechuk ro‘zadir?» - deb so‘radim. «Dovud payg‘ambar, bir 
kun ro‘za tutib, bir kun tutmas erdilar, janglarda dushman birlan yuzma-yuz kelsalar 
ham, qochmas erdilar (ya’ni, «Ro‘za ul kishini zaiflashtirmas erdi»,- demoqchilar)»,- deb 
javob berdilar. Men: «Yo Rasululloh, mening dushmandan qochmaslig‘imga kim kafil 
bo‘la olur?»-dedim». 
Ato raziyallohu anhu: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muttasil 
ro‘za tutmoq to‘g‘risida ne deganlarini bilmadim. Biroq, shuni eslarmenkim, uzluksiz 
ro‘za tutgan kishiga ro‘zaning hech qanday savobi bo‘lmag‘aydir, deb ikki marta 
takrorlagandirlar»,- deydilar. 
56-bob. Bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmaslik haqida
Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
menga har oyda uch kun ro‘za tutg‘il, dedilar. Men bundan ham ko‘proq tutmoqqa 
qurbim yetmog‘ini aytdim. Shunda, Janob Rasululloh bir kun ro‘za tutib, bir kun 
tutmasligim hamda bir oyda bir marta Qur’onni xatm qilmog‘im mumkinligini aytdilar. 
Men: «Bundan ham ko‘p xatm qilmoqqa qodirmen»,- dedim. Nihoyat, Janob Rasululloh 
uch kunda bir marta xatm qilmog‘imni buyurdilar». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   472   473   474   475   476   477   478   479   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə