Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"Hali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qoladilar"



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə134/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

"Hali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qoladilar" (Hijr, 2), oyati haqida aytadilar: "La-a ilaha illalloh kalimasini aytgan kishilar do‘zaxdan chiqarilganda kofirlar: "Koshki bizlar ham musulmonlardan bo‘lsak edik", deyishadi".

Ato aytadilar: "Alloh taolo:


"Kim yaxshilik bilan kelsa, bas uning uchun (yaxshiligidan) yaxshiroq mukofot bo‘lur", deb aytgan, ya’ni, kim la-a ilaha illalloh, desa, unga jannatdir.


"Kim yomonlik bilan kelsa, bas, yuztuban hollarida do‘zaxga tashlanur" (Naml,
89-90), ya’ni, kim shirk bilan kelsa, u do‘zaxga tashlanadi".

Hasan Basriy


"Ehson yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir" (Rahmon, 60), oyati haqida aytadilar: "La-a ilaha illallohning mukofoti jannatdir".

637. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Bir kuni Jabroil (a.s.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga keldi va: "Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam, Rabbingiz sizga salom yubordi, u Zot aytdiki, nima uchun (sizni) xafa holda ko‘ryapman?" dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimni qiyomat kunidagi ishini fikrlayapman". Jabroil: "Ey Muhammad, kufr ahlining ishinimi yoki Islom ahlining ishini?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Yo‘q, ey Jabroil, balki la-a ilaha illalloh ahlining ishini aytyapman". Jabroil Pay-g‘ambar sollallohu alayhi vasallamning


qo‘llaridan ushlab, Bani Salama qabristoniga olib bordilar. Bir qabrning chetiga o‘ng qanotlarini urib: "Allohning izni bilan turgin", dedi. Qabrdagi o‘lik yuzlari oppoq bo‘lib turdi va: "La-a ilaha illallohu Muhammadur-Rasullulloh, alhamdulillahi robbil ‘alamin", dedi. Jabroil (a.s.) unga: "Qaytgin", dedi. Oldingi holatiga qaytdi. Keyin chap qanotlari bilan urdi va: "Alloh izni bilan tur", dedi. Yuzlari qorayib, ko‘zlari ko‘karib ketgan kishi turdi. U: "Vah, pushaymon, vah, hasrat, vah, yomon", derdi. Jabroil: "Qayt", dedi. U o‘z holatiga qaytdi. So‘ng Jabroil aytdi: "U kalimada o‘lgan insonlar qiyomat kunida mana shunday tiriladi".

638. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "O‘liklaringizga la-a ilaha illallohni sekin aytib turingiz. Chunki u gunohlarni parchalab tashlaydi". So‘radilarki: "Ey Allohning


elchisi, agar uni hayotligida aytsa-chi?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "U (gunohlarni) parchalaydi, parchalaydi".

639. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "O‘limi yaqinlashgan kishilarning oldida la-a ilaha illalloh kalimasini aytib turinglar va jannatning xushxabarini beringlar. Chunki erkak va ayollarning hakim va olimlariga uzilish vaqtida u qo‘shni bo‘ladi.


Iblis Allohning dushmani ham bandaga eng yaqin joyda, dunyodan uzilayotgan va yaxshilarini tark qiladigan vaqtda o‘sha joyda bo‘ladi. Ularni noumid qilmangiz, chunki g‘am qattiq. Ish esa ulug‘dir. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Malakul mavtning muolajasi ming marta qilich bilan urgandan qattiqroqdir".


Xabarda rivoyat qilinishicha, bani Isroildan bir kishi boshqalardan ko‘ra ko‘p ibodat qilar edi. Yana bir kishi fojir edi. So‘ngra obid o‘ldi va Musoga aytilindiki: "U do‘zaxda". Fojir ham o‘ldi, Musoga (a.s.) aytilindiki: "U ahli jannatdir". Muso (a.s.) obidning ayoliga aytdilar: "Uning nima amali bor edi?". Xotini: "Sizlarga yashirin emas, u odamlarning eng ko‘p ibodat qiluvchirog‘i edi", dedi. Muso (a.s.) aytdilar: "Yana qaysi amali bor edi?"


Ayoli aytdiki: "Joyiga yotayotganida, Muso keltirgan narsa agar haq bo‘lsa, bizga qanday ham yaxshi", deb aytardi. Muso (a.s.) fojirni ayoliga: "Eringning amali nima edi?"
dedilar. "Odamlarning eng buzg‘unchisi edi", dedi uning xotini. Muso (a.s.) aytdilar: "Undan boshqa nima amali bor edi?" Ayol: "Joyiga yotayotgan paytda la-a ilaha illalloh Musoga (a.s.) kelgan narsa uchun Alloh taologa hamd-sano bo‘lsin", derdi", dedi.

640. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim la-a ilaha illalloh desa, uning og‘zidan ko‘k qush chiqadi. Uning ikki oq qanoti dur va yoqut bilan qoplangan bo‘ladi. So‘ngra osmonga ko‘tariladi va undan asalarining tovushi kabi g‘ung‘illash eshitiladi, unga: "Jim turgin", deyiladi. So‘ngra u: "Yo‘q, sohibimning gunohi kechirilmaguncha jim turmayman", deydi, shunda u aytgan kishining gunohi kechiriladi. So‘ng u qushda yetmishta til paydo bo‘lib, qiyomat kunigacha egasining gunohini kechirishini so‘raydi. Qiyomat kuni bo‘lsa, u qush keladi va egasining qo‘lidan ushlab, unga jannatni ko‘rsatuvchi va yo‘l boshlovchi bo‘ladi".


Xabarda rivoyat qilinadi: Alloh taolo Fir’avnni suvga g‘arq qildi va Musoni (a.s.) qutqardi. Muso aytdilar: "Ey Alloh, menga bir amalni dalolat etginki, uni qilsam, Sen menga


bergan ne’matga shukr qilay. Alloh aytdi: "Ey Muso, la-a ilaha illalloh, deb ayt. Muso (a.s.) ziyoda qilishni so‘radilar. Alloh aytdiki: "Ey Muso, agar yetti osmon va yetti yerni torozining bir pallasiga qo‘ysang, la-a ilaha illalloh kalimasini bir pallasiga qo‘ysang, albatta, la-a ilaha illalloh kalimasi og‘ir keladi".

Mujohid aytadilar: "Uchta narsa borki, uni Alloh taolodan hech narsa to‘solmaydi: La-a ilaha illalloh kalimasi, ijobat bo‘lishiga ishongan holda qilingan duo, otaning farzandi haqqiga va mazlumning zolimga qarshi qilgan duosi".


641. Bir sahobiydan rivoyat qilindi: "Kim ixlos bilan la-a ilaha illalloh desa, ulug‘lab ovozini ko‘tarsa, Alloh uning to‘rt mingta katta gunohini kafforat qiladi". Aytildiki: "Agar unda to‘rt mingta gunoh bo‘lmasa-chi?" deb. Aytdilar: "Unda ahli va qo‘shnilarining gunohlari kechiriladi".


Faqih aytadilar: Kim yetti kalimani yodlasa, u odam Allohning nazdida ulug‘,


maloikalarning nazdida ham ulug‘ bo‘ladi, Alloh uning gunohlarini kechiradi, agarchi dengizning ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham, toatning halovatini topadi, hayoti ham, mamoti ham yaxshi holda bo‘ladi.
1. Har ishni "bismilloh" bilan boshlasa.
2. Har narsani qilib bo‘lgandan keyin alhamdulillah, desa.
3. Agar tiliga ozmi-ko‘pmi lag‘v kelsa yoki yomon amal qilsa, o‘shandan keyin astag‘furulloh, desa.
4. Agar ertaga bu ishni qilaman desa, ketidan inshaalloh so‘zini aytsa.
5. Agar unga yomon ish ro‘baro‘ bo‘lsa, la-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil azim, desa.
6. O‘ziga va moliga ko‘pmi yoki kammi bir musibat tushsa, inna lillahi va inna ilayhi roji’un, desa.
7. Va kecha-yu kunduz tilidan la-a ilaha illalloh kalimasi tushmasa.

642. Amr ibn Dinor Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qiladilar: "Bizlarga Maoz ibn Jabaldan (r.a) eshitgan bir kishi aytdiki: "Maozga o‘lim kelganida: "Ustimni ochib qo‘yinglar, – dedilar. Men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan eshitganim hadisni sizlarga aytib bermoqchiman, shu paytgacha uni aytib yurganlaringiz uchun men indamagan edim. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Kim la-a ilaha illalloh kalimasini ixlos qilgan holatda aytsa, jannatga kiradi", degan edilar".


643. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimga o‘lim vaqtida la-a ilaha illalloh so‘zini talqin qilinsa, jannatga kiradi".


644. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlari rivoyat qilingan: "Kimning dunyodagi oxirgi kalomi la-a ilaha illalloh bo‘lsa, jannatga kiradi".


645. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlarga Nuh (a.s.) o‘g‘illariga buyurgan ishning xabarini beraymi? Nuh (a.s.) : "Ey o‘g‘licham, senga ikki ishni buyurib, ikki ishdan qaytaraman, la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharikalahu so‘zini aytishga buyuraman. Chunki osmon va yer torozining bir pallasiga qo‘yilsa, la-a ilaha illalloh ikkinchi pallasiga qo‘yilsa, shahodat kalimasi og‘ir keladi. Va yana subhonallohi va bihamdihni aytishni buyuraman. Chunki u maloikalarning saloti, maxluqotning duosi. Va xalq uning bilan rizqlanadi. Seni Alloh taologa biron narsani sherik qilishdan


qaytaraman. Chunki kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qiladi. Va yana seni kibrdan qaytaraman. Chunki kishining qalbida xardalning urug‘ichalik kibr bo‘lsa, jannatga kirolmaydi", dedilar".

646. Xabarda rivoyat qilinishicha, "Kim ixlos qilgan holda la-a ilaha illalloh desa, jannatga kiradi".


Bu so‘zda ixlos kalimasi shart qilindi. Agar ixlosi gunohlardan qaytarmasi, u haqiqiy ixlos bo‘lmaydi, agar so‘zi (ya’ni, shahodati) uni gunohlardan qaytarmasa, u ixlos haqiqiy emas. Va yana qo‘rqish lozimki, bu so‘z, ya’ni, ixlos kalimasi omonatga berilgan


narsadir, zero, omonat qaytarib olinishi ham mumkin.

Faqih aytadilar: Odamlar imonlariga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Ulardan ba’zilariga imon atoi ilohiy va ba’zilariga oriyatga (ya’ni, foydalanib turishga – muh.) berilgan bo‘ladi. Ilohiy berilgan imoni uni gunohdan man’ etadi va toatlarga targ‘ib qiladi. Ammo oriyatga


berilgan imon uni gunohlardan qaytarmaydi, toatlarga targ‘ib qilmaydi. Chunki oriyatga berilgan narsada tadbir yo‘qdir.

647. Anas ibn Molik Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U kishi aytdilar: "La-a ilaha illalloh jannatning qiymatidir". Boshqa xabarda: "jannatning kalitidir", deyilgan.


Aytildiki: "La-a ilaha illalloh jannatning kaliti, lekin eshikni ochish uchun kalitning tishlari bo‘lishi kerak. Uning tishlari g‘iybat va gunohlardan pok, Allohni zikr qiluvchi til, hasaddan va g‘iybatdan qo‘rquvchi pok qalb, shubha va haromdan pok qorin va gunohlardan pok xizmat bilan shug‘ullanadigan a’zolardir".


648. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Ey Allohning elchisi, jannatga yaqinlashtiradigan, do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amallardan menga o‘rgating". Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Agar yomon amal qilsang, orqasidan yaxshi amalni ham qil. Chunki yaxshilikning savobi o‘n barobardir", dedilar. So‘ngra yana aytdilar: "Ey Rasulluloh, la-a ilaha illalloh yaxshiliklardanmi?" "U yaxshiliklarning eng yaxshisidir", dedilar u zot.




649. Salama ibn Zayd Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Islom o‘chib ketadi, hatto hech kim namoz nima, ro‘za nima, bilmaydi. Hatto bir kishi, bizlardan oldingi qavm la-a ilaha illalloh, derdi, bizlar ham la-a ilaha illalloh, deb aytamiz", deydi. "Ularning la-a ilaha illallohga nima hojatlari bor?" deyishdi u zotga. "U bilan do‘zaxdan najot topadilar va jannatga kiradilar", deb uch marta takrorladilar Huzayfa (r.a.).



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə