Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"Sizlarni va (Qur’on) yetib



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə136/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

"Sizlarni va (Qur’on) yetib borgan kishilarni (oxirat azobidan) ogohlantirish uchun menga mana shu Quron vahiy qilindi" (An’om, 19).

657. Xabarda rivoyat qilinadi: Jannat darajalari Qur’on oyatlari sanog‘ichadir. Qur’on o‘quvchiga qiyomat kunida, o‘qi va ko‘tarilaver, deyiladi. Agar unda Qur’onning yarmi bo‘lsa, unga, agar senda yana bo‘lsa, yana ziyoda qilardik, deyiladi.


658. Xolid ibn Bashir Husayn ibn Alidan, u kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Pay-g‘ambarimiz aytdilarki: "Kim Qur’onni namozida turib o‘qisa, o‘qigan har bir harfiga yuzta yaxshilik bordir, kim Qur’onni namozida o‘tirib o‘qisa, har


bir harfiga ellikta yaxshilik yoziladi. Kim Qur’onni namozidan boshqa vaqtda o‘qisa, unga har bir harfiga o‘nta yaxshilik bor va kim Alloh kitobidan eshitsa, ajrni xohlasa, unga har harfi uchun bitta yaxshilik yoziladi. Kim Qur’onni o‘qib tugatsa, duosi mustajoblardan bo‘ladi, tezda yoki keyinroq beriladi".

659. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Uch kishining haqqini munofiqdan boshqa hech kim yengil sanamaydi: adolatli imomning, Islomda sochi oqargan kishining va Qur’onni yod olgan qorining".


660. Abu Umoma (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizlarni Qur’onni o‘rganishga qiziqtirdilar, so‘ng uning fazilatlaridan xabar berdilar: "Qur’on qiyomat kuni egasiga hujjat bo‘lib keladi, egasiga chiroyli suratda kelib, aytadi: "Meni taniyapsanmi?" "Sen kimsan?" deydi. Qur’on: "Men sen yaxshi ko‘rganing va hurmat qilganing, kechalarni men bilan bedor o‘tkazganing va kunduzda odat qilib o‘qiganing Qur’onman", deydi. Kishi: "Nahotki, sen Qur’on bo‘lsang", deydi. So‘ng Alloh huzuriga keladi, o‘ng tomoniga mulkni, chap tomoniga abadiylikni beradi va podshohlik toji boshiga kiydiriladi, musulmon ota-onasiga ikki libos kiygiziladi. Ularning bahosi dunyodagi hamma narsadan qimmatdir. Ular: "Bu bizlarga qaerdan keldi, bizlarga amallarimiz yetmayotgan edi-ku?" deyishadi. Shunda aytiladi: "O‘g‘lingizning Qur’onni o‘qigani fazlidan sizlarga buni berdim".


Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam keyin aytdilar: "Ikki zahroni o‘rganinglar, (ya’ni, Baqara va Oli Imron so‘ralarini), chunki u ikkovi ahliga xuddi bulut kabi yoki qanotlari bilan saflangan qushlar tudasi kabi kelishadi va sohibini mudofaa qiladi".


So‘ngra aytdilar: "Baqarani o‘rganinglar, chunki uni olish baraka, uni tark qilish hasratdir. Unga botil, ya’ni, sehr ta’sir qilmaydi".


Keyin yana aytdilar: "Bu fazilat uni kim o‘rganib lag‘v qilmagan bo‘lsa, amal etgan


bo‘lsa, uni unutmagan va uning orqasida rizq yemagan bo‘lsa, o‘shanday kishigadir".

Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) aytadilar: "Kim Qur’onni kunduz xatm qilgan bo‘lsa, unga maloikalar kechasigacha salovot o‘qiydi. Kim kechasi xatm qilgan bo‘lsa, maloikalar ertalabgacha salovot o‘qiydi. Kishilar kunduzi xatm qilishni yaxshi sanardilar".


Abdulloh ibn Muborak aytadilar: "Salaflar salovotlar ko‘p bo‘lishi uchun yozda kunning avvalgi vaqtida, qishda kechaning avvalida xatm qilishni mahbub ko‘rishar edi".


661. Qatoda Anas ibn Molikdan (r.a.), u zot Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qur’on o‘quvchi mo‘min utrujjaga (mevali o‘simlik) o‘xshaydi. Uning hidi ham, ta’mi ham yaxshi. Qur’on o‘qimagan mo‘min esa, xurmo kabidir, uning mazasi yaxshi, ammo hidi yo‘q. Qur’on o‘quvchi fojirning misoli rayhonga o‘xshaydi, uning hidi yaxshi, ta’mi achchiq. Qur’on o‘qimaydigan fojirning misoli hanzalaga o‘xshaydi, mazasi ham achchiq, hidi ham yo‘q".


662. Uqba ibn Omir Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot aytdilarki: "Qur’onni ichida o‘quvchi sirli holda sadaqa qiluvchi kabidir, jahr qilib (ovoz chiqarib) o‘quvchi sadaqani oshkor beruvchi kabidir".


Demak, jahr bilan qiroat qilishlik juda yaxshi, ammo maxfiy o‘qish undan afzaldir.


663. Valid ibn Abdulloh Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasalladanm rivoyat qiladilar: "Menga gunohlarning hammasi ko‘rsatildi, unda Qur’onni ko‘tarib, keyin uni tashlab yuborganning gunohidan kattarog‘ini ko‘rmadim".


664. Ibn Hutab Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan naql etadilar: "Kim Qur’onni o‘rganib, keyin uni hech bir uzrsiz unutib yuborsa, har bir (unutgan) oyati tufayli uning darajasi pasayadi va qiyomat kunida mahzun holatda keladi".


665. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim Qur’onni ta’lim olib, keyin unutib yuborsa, qiyomat kuni qo‘li kesilgan holda keladi".


Zahhok aytadilar: "Qaysi kishi Qur’onni ta’lim olib, keyin unutsa, qiyomat kuni gunohkor holatda keltiriladi". So‘ng:



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə