Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə35/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

harom ishdir(Moida, 90). Tavrotda yozilgan: “Biz botilni yo‘q qilish uchun haqni nozil qildik va u bilan bekorchi o‘yinni, nog‘orani, surnayni botil qildik va aroqni ham; aroq ichuvchiga vayl azobi bo‘lsin. Alloh ulug‘ligiga va izzatiga qasam ichdiki, bu dunyoda undan to‘xtamasa, u qiyomat kunida chanqoq bo‘ladi. Men uni harom qilganimdan keyin tark qilsa, Men uni Hozirat ul-qudusda sug‘oraman”. So‘raldi: “Hozirat ul-qudus nima?” Aytdi: “Qudus – Alloh, hozira esa jannatdir”.

Faqih aytdi: Aroq ichishdan saqlangin. Chunki undan o‘nta yomonlangan xislat bor:’


1. Agar uni ichsa, majnunga aylanadi. Bolalarga kulgi bo‘lib, ermakka aylanadi. Aqllilar oldida yomon ot-liqdir.


Abu Dunyo aytganidek: Bog‘dod ko‘chalaridan birida bir mastning bavl qilayotganini ko‘rdim. U siydigini yuziga artib: “Ey Parvardigor, meni tavba qilguvchilardan, pokdomonlardan qilgin”, deb aytardi.
Bir ko‘chada mast kishi yotgan edi, it kelib uning og‘zini va soqolini yaladi. U itga: “Ey do‘stim, ey do‘stim, Alloh senga barakot bersin”, dedi. Keyin haligi it oyog‘ini ko‘tarib, uning yuziga bavl qildi. Haligi mast issiq suv uchun Alloh senga barakot bersin, deb aytar edi...

2. U molni yo‘q qilguvchi, aqlni ketkazuvchi. Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytganidek: “Ey Allohning elchisi, aroq borasida bizga fikringizni bering”. Aytdilar: “Albatta, u molni yo‘qotuvchi, aqlni ketkazuvchidir”.


3. Uni ichishlik odamlar, do‘stlar, og‘aynilar orasida adovatga sabab bo‘ladi. Alloh taolo aytganidek:


Ichkilik, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni xohlaydi(Moida, 91).

4. Albatta, uni ichishlik Allohning zikridan va namozdan man’ qiladi. Alloh aytganidek: “Shayton sizlarni Allohning zikridan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos. Endi to‘xtarsizlar? (Moida, 91). Ya’ni, undan to‘xtanglar. Bu oyat tushgan vaqtlar Umar ibn Xattob: “Albatta, to‘xtaymiz, ey Rabbim”, degan edi.


5. Uni ichmoqlik, zinoga olib boradi. Chunki ichgan vaqtida xotinini taloq qiladi, o‘zi sezmay qoladi.


6. Aroq hamma yomonlik kalitidir. Agar uni ichsa, unga hamma gunohlar yengil bo‘lib qoladi.


7. U fosiqlik majlisiga kirish bilan o‘zida sassiq hid borligi uchun maloikalarga aziyat berib qo‘yadigi, ozor bermaganga ozor berishlik joiz emas.


8. Uni ichgan kishini sakson darra urishlik vojib bo‘ladi. Agar dunyoda urilmasa, qiyomat kunida o‘tdan bo‘lgan qamchi bilan boshiga uriladi. Urayotgan vaqtda otasi va do‘stlari qarab turadi.


9. Aroq ichishlik bilan o‘zi uchun osmon eshigini yopib qo‘yadi, chunki qirq kungacha yaxshi amallari va qilgan duolari qabul bo‘lmaydi.


10. Aroq ichuvchi xavotirga tushuvchidir, chunki u o‘layotgan vaqtida imonsiz holda chiqishidan qo‘rqiladi. Bu azoblar dunyodadir, oxirat azoblariga yetmasdan oldindir.


Ammo oxirat azoblarini sanab bo‘lmaydi, undagi yiring, zaqqum, savoblarini yo‘q bo‘lishi va boshqalar. Oqil kishiga ozgina lazzatni tark etib, katta lazzatni ixtiyor qilishil lozim bo‘ladi.


Muqotil ibn Sulaymondan Allohning:


Biz taqvodor zotlarni otliq hollarda Rahmon dargohiga to‘playdilar va jinoyatchi kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)!” (Maryam, 85-86) oyati xususida rivoyat qilindi. Alloh taolo rozi bo‘lgan “Jannat ahli tiriladi va jannat eshigi oldida to‘xtaydi. Bir vaqt tagidan ikki buloq oqadigan daraxtning tagida bo‘ladilar. So‘ngra buloqning birida suv ichadilar, ularning ichida biron axlat qolmasdan, ichidan chiqarilib yuboriladi. Keyin ikkinchi buloqning oldiga keladilar, unda cho‘miladilar. Badanlarida, terida bo‘ladigan biron bir ifloslik qolmaydi, hammasi ketadi. Alloh taolo kalomida (jannat qo‘riqchilari) aytadi: “Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin. Xush keldingiz!” (Zumar, 73) Keyin zotdor tuyalarda keltiriladilarki, qizil yoqutdandir, uning oyoqlari tillodan, yoqut va dur bilan o‘ralgan, yoqasi marvariddan. Ulardan har bir kishi ikkita kiyim kiyadi. Agar o‘sha kiyimidan bittasi dunyo ahli uchun chiqarilsa, dunyo nurlanib ketadi. Har birlari maloikalar bilan birga bo‘ladilar va ular jannatdagi o‘rnini unga dalolat qiladilar. Vaqtiki, jannatga kirsalar, kumushdan bo‘lgan qasrga ko‘tariladilar. Uning oynalari tillodandir. Ular qasriga yetganlarida, yosh qizlar istiqbollariga chiqadilar. Ular go‘yoki sochilgan marvarid kabidirlar. Ularda kiyimlar va taqinchoqlar, kumush idishlar, tillo qadahlar bordir. Maloikalar salom beradilar, ular ham alik oladi, keyin u yerga kiradilar.

Bir vaqt u o‘zi uchun Alloh taolo nima tayyorlaganini ko‘radi va uni bu joyga tushganligi bilan tabriklaydi. Unga farishta aytadi: “Nima xohlaysan?” Aytadi: “Alloh-ning karomatiga tushmoqni xohlayman”. Ular: “Senga bundan ham yaxshisi bor”, deydilar. U yuradi, keyin uni tilla qasrga ko‘tarishadi, uning oynalari marva-ridlardandir. Unga yaqinlashsa, yosh qizlar istiqboliga chiqishadi. Ular go‘yoki sochilgan marvariddekdir. Ularda kumush idishlar, tillo qadahlar bordir, unga salom beradilar. U ham salomlariga alik oladi. Unga tushishni xohlaydi, shunda maloikalar: “Yurgin, bu qasrdan ham afzalrog‘i bor sen uchun”, deydi. Bas, yurgandan keyin, qizil yoqutdan bo‘lgan qasrga ko‘tariladi. Uning pokligidan uning ichkarisi tashqarisidan unga ko‘rinadi. Unga salom beradilar. U ham qaytaradi. Unga kirgandan keyin, uni Xurul’iyn kutib oladi. Unda yetmishta kiyimi bo‘ladi, biri ikkinchisiga o‘xshamaydi. Undagi hid yuz yillik yo‘ldan ham kelib turadi. Ahli jannat u Hurning yuziga qarasa, uning tozaligidan o‘z yuzini ko‘radi, agar uning ko‘kragiga qarasa, kiyimining yupqaligidan jigarlari ko‘rinadi. Suyaklarining yupqaligidan sonining iligini ko‘radi. Bu qasr bir farsah keladi, uning balandligi ham shunchadir. Uni to‘rt ming ikki tabaqali eshigi bor, tillodandir. Uning gilamllari tillodan, toji marvariddan. Vaqtiki u yopiladi, unda dunyo uylaridagi yetmish uy to‘shagi to‘shalgan katta so‘ri bordir. Unga o‘tirib meva xohlasa, meva kirib keladi. Yeydi yoki xohlasa, so‘risi bilan borib yeydi. Buning hammasi taqvodorlarning savobidir. Ular aroq ichishdan va fohishaliklardan saqlangandir.


Ahli do‘zax do‘zaxga haydab keltiriladi, unga yaqinlashishsa, uning eshiklari ochiladi. Ularni temir tayoqlari bo‘lgan farishtalar kutib olishadi. Do‘zaxga kirsalar, ularning


a’zolaridan birontasi azobsiz qolmaydi. Ilon chaqadi yoki olov yondirib yuboradi yoki (azob) farishtasi uradi, urgan vaqtida do‘zaxning qirq yillik qa’riga tushadi. Uning tubi yo‘q, keyin uni o‘t ko‘tarib tashlaydi, so‘ngra farishta yana uradi, do‘zaxga yana tushadi, qachon boshi ko‘rinsa, uraveradi. Alloh taolo aytganidek:
Qachonki terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni totib korishlari uchun o‘rniga boshqa terilarini almashtiramiz. Albatta, Alloh taolo qudrat va hikmat egasi bo‘lgan zotdir” (Niso, 56).

Bizga yetdiki, ularning terilari bir kunda yetti marta almashtiriladi. Agar chanqasalar, suv deb qichqiradilar. Ularga issiq suv keltiriladi, o‘sha issiq suvni u yuziga yaqinlashtirsa, yuzining go‘shtlari issiqdan tushib ketadi. Keyin og‘ziga kiradi. Uning tishlari, milklari tushib ketadi, keyin qorniga kiradi. So‘ngra ichaklarini kesadi, terisini pishiradi. Alloh aytadi:


U (suv) bilan ularning ichlaridagi narsalar ham, terilari ham eritib yuborilur. Ular uchun temir gurzilar bordir” (Haj, 20-21).

So‘ngra Alloh o‘zi xohlagancha ularga azob bergandan keyin, jannatning qo‘riqchilarini chaqiradi.


(Shunda) do‘zaxdagi kimsalar jahannam qo‘riqchilariga: “Parvardigorlaringga duo qilinglar, bizlardan biron kunlik azobni yengillatsin”, deydilar. (G‘ofir, 49). Bas, ularga javob berilmaydi. Keyin Molik (jahannam boshlig‘i)ni chaqiradilar,

Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə