Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə110/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

"Ey mo‘minlar, kasb qilib topgan narsalaringizning halol-pokizalaridan va Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalardan infoq qilingizlar" (Baqara, 267).

544. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Hech kim peshona teri bilan topib yegan taomidan yaxshiroq taom yemaydi. Allohning payg‘ambari Dovud o‘zi mehnat qilib, topib yer edi. Alloh pokdir va pok narsani qabul qiladi. Alloh taolo payg‘ambarlarga buyurgan narsalarni mo‘minlarga ham buyurdi. Aytdiki:


"Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar" (Mo‘minlar, 51);


"Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yenglar" (Baqara, 172)". Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni zikr qildilar: "Bir kishi uzoq safar qilib, sochlari to‘zg‘igan, yuzlariga g‘ubor qo‘ngan holda: "Ey Rabbim, ey Rabbim", deb, osmonga qo‘lini ko‘taradi, holbuki, uning taomi harom, sharbati harom, kiyimi harom, uyqusi harom, yurishi harom, kelishi harom, endi qanaqasiga uning duosi ijobat qilinsin. Bir zamonlar keladiki, kishi olgan narsasi haloldanmi, haromdanmi, parvo qilmaydi".

"Alloh taolo pokdir", degan so‘zlaridan murod Alloh barcha kamchiliklardan, ayb va nuqsonlardan pok zot ekanidir. Agar banda pok, deyilsa, uning razil xulqlardan va yomon amallardan xoli ekani tushuniladi. Agar amallar pok, deyilsa, yaxshi molning haloli tushuniladi.


Xullas, hadisning ma’nosi – Alloh bilguvchiroq – U zot ayblardan pok zotdir. Aybli narsalarni qilmaydi, Unga yaqinlashish Unga loyiq bo‘lgan amallar bilangina mumkin. Kalomida aytadi: "Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz" (Oli Imron, 92).


"Uzoq safarda yuzlariga g‘ubor qo‘ngan, sochlari to‘zg‘igan holda", deganda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hajga ketayotgan kishini nazarda tutdilar. Unday kishi safarda sochlari to‘ziydi, ust-boshiga tuproq-chang o‘tiradi, qiyinchilik, ochlik, chanqoqlik va bedorlik bilan Allohning baytiga yetadi, uni tavof qilib, shu holatida Allohga duo etadi. Duosining ijobatini va hajining qabulini umid qiladi. Ammo duosi ijobat qilinmaydi, haromdan sarflagan nafaqa-ehsoni qabul bo‘lmaydi. Kim haromdan sadaqa bersa, uni halol va yaxshi deb sanasa, savobdan umid qilsa, Alloh taolaga kufr keltiribdi. Bu haqda sadaqa bobida zikr qilindi.


545. Abu Rofe’ aytadilar: "Oyoqqa taqiladigan kumush halqani Abu Bakr Siddiqqa (r.a.) sotdim. Abu Bakr Siddiq (r.a.) halqani torozining bir pallasiga va pullarni ikkinchisiga qo‘ydilar. Halqa puldan ozgina og‘ir keldi. Keyin uni kesib tenglashtirmoqchi bo‘lib qaychini oldilar. Men: "Ey Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xalifasi, ortiqchasi sizga", dedim. "Yo‘q, – dedilar u zot. – Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam: "Ziyoda qiluvchi ham, ziyoda qilishni so‘ragan ham do‘zaxda", deganlarini eshitganman".


546. Abu Said Xudriy, Uboda ibn Somit, Abu Hurayra va boshqalar Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilishgan. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kumush tengi kumush bilan, ortiqchasi sudxo‘rlikdir. Bug‘doyning tengi bug‘doy bilan, ortiqchasi sudxo‘rlikdir". Keyin donni, xurmoni va tuzni ham zikr qildilar. So‘ng aytdilar: "Kim ziyoda qilsa yoki ziyoda qilishni so‘rasa, ribo qilibdi".


Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Biz riboga tushib qolishdan qo‘rqib, halolning o‘ndan to‘qqiz qismini tark qilardik".

Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Qaysi shaharda zino va sudxo‘rlik tarqalgan bo‘lsa, u shahar xarob bo‘ladi".


Salaf olimlarimizdan Abu Hanifa, Sufyoni Savriy, Fuzayl ibn Iyoz, Dovud Toiy, Shofi’iy va boshqalar aytadilar: "Imon, namoz, zakot, haj, ro‘za, g‘usl, jinobat va tahorat ilmlaridan keyin sotish, olish, nikoh, taloq, hayz, kasb va boshqa ilmlarni o‘rganish shariatda farzdir".


547. Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam: "Ilmni talab qilish har bir muslim va muslimaga farz", degan so‘zlariga ko‘ra, har bir farz bo‘lgan amalni yoki shariat ilmini talab qilish farzdir".


Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi.U zot aytdilar: "Kim din ilmini o‘rganmasdan oldin savdogarlik qilsa, u riboga tushibdi, riboga tushibdi, riboga tushibdi", ya’ni, unga cho‘kib ketibdi.


Umar ibn Xattob (r.a.) aytganlar: "Bozorlarimizda din ilmini o‘rganmagan, torozida mukammal o‘lchamaydigan kishilar oldi-sotdi qilmasin".


Abdurahmon ibn Sobit aytadilar: "Qavm to‘rt narsani halol sanasa, uning halok bo‘lishiga izn beriladi: Torozidan urishni; o‘lchovdan kamaytirishni; zinoni oshkora qilishni; riboni yeyishni. Zinoni oshkor qilsalar, ularga vabo yetadi, torozidan urib, o‘lchovdan kamaytirsalar, yomg‘irdan mahrum bo‘ladilar. Agar ribo yesalar, ularga qilich yalang‘ochlanadi".


Ubayd Muhoribiy aytadilar: "Men Ali ibn Tolib (r.a.) orqalaridan bozorda yurardim. U kishida qamchi bor edi. Agar o‘lchovni barobar qilmagan kishini ko‘rsalar, qamchi bilan urardilar va, o‘lchovni to‘g‘ri qil, der edilar".


Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Ey ajamlar jamoasi, sizlar ikki narsaga mutasaddi qilindinglar, bu ikkalasi bilan sizlardan oldingi o‘tganlar halok bo‘lishgan edi. Ular – o‘lchov va tarozi".


548. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Odamlarga bir zamon keladiki, u vaqtda hech kim ribo yemasdan qolmaydi". "Ey Allohning elchisi, hamma ribo yeydimi?" deb so‘rashdi. "Undan yemaganga changi yetadi", ya’ni, gunohidan yetadi, dedilar. Chunki yoki riboga yordam bergan bo‘ladi, yo ko‘radi, yo yozadi, yoki bu ishiga rozi bo‘ladi yoki uning hadyasini qabul qiladi, yoki dasturxonidan yeydi, xullas, gunohdan nasibasini oladi.


Abu Bakr Siddiq (r.a.) aytganlaridek: "Ziyoda qiluvchi va ziyoda qilishni so‘rovchi do‘zaxdadir".


549. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Odamlarga bir zamon keladi, hech kim ribo yemasdan qolmaydi, undan yemasa, g‘ubori yetadi".
Bunday deganlari riboning ko‘payishiga, qarzlar va oldi-sotdilarda har xil hiylalar va shubhalar zohir bo‘lishiga, odamlarning mollari sudxo‘rlik, shubha va haromlar bilan aralashib ketishiga, hatto, mollar orasini farqlash mumkin bo‘lmay qolishiga, odamlar o‘zlari bilmagan holda yeyishlariga va uning zarari hammaga yetishiga dalolatdir. Holbuki, ular o‘rtaga tushmagan, shohidlik qilmagan, uni yozmagan yoki sudxo‘r bilan muomalada bo‘lmagan.

Savdogar tijorat qilish uchun zarur bo‘lgan miqdordagi ilmni olishi lozim, sudxo‘rlik bilan yemaslik, halol va harom orasini ajratish, moliga haromni aralashtirmaslik, harom moldan yemaslik, to‘g‘rilik va yolg‘onchilikni bilib olish, sunnat va bid’atni farq qilish, kufr va imonni ajratish uchun, albatta, ilm olish zarur bo‘ladi.


550. Hasan (r.a.) rivoyat qilgan mashhur hadis ham shu xususdadir: "Men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan bir necha marta: "Shubhali narsani tark qilib, shubhasizini oling. Chunki to‘g‘rilik va ishonch xotirjamlikdir, shak va yolg‘onchilik gumondir", deganlarni eshitib yod olganman".


Torozi va o‘lchovda diqqatli bo‘lmoq lozim. Chunki Alloh taolo torozi va o‘lchov ishi haqida qattiq so‘z aytdi va shiddatli azobni va’da qildi.





Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə