Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə113/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

QIRQ YETTINCHI BOB
GUNOHLAR HAQIDAGI RIVOYATLAR

553. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eshitdim: "Alloh taolo Musoga (a.s.) bergan sahifalar ichida o‘nta bob bo‘lib, birinchi sahifada yozilgan kalima bu edi: "Ey Muso, Menga hech shirk keltirma. Mening mushriklar yuzi o‘tda yonishi haqidagi so‘zim haqdir. Menga shukr qil, ota-onangga shukr qil, shunda seni halokatdan saqlayman va umringni ziyoda qilaman, yaxshi hayotda yashattiraman va yanada yaxshirog‘iga burib qo‘yaman. Men o‘ldirishni harom qilgan jonni o‘ldirma, Men uni harom qildim. Mabodo, bu ishni qilsang, yer senga kengligi bilan ham torlik, osmon shuncha kattaligi bilan ham tanglik qiladi, g‘azabim bilan do‘zaxga tushib qolasan. Mening ismim bilan yolg‘on va gunohkor holatda qasam ichma. Chunki kim Meni poklamasa, ismlarimni ulug‘ tutmasa, uni ham poklamayman. Odamlarga Men bergan narsalarga hasad qilma. Chunki hasadchi Mening ne’matlarimning dushmani, qazoimni rad etuvchi, Men taqsim qilib bergan narsaga g‘azablanuvchidir. Kim shunday qilsa, u Mendan emas, Men undan emasman. Qulog‘ing


ma’nosiga yetmagan, aqling anglay olmagan, qalbing bog‘lanmagan narsalarga guvohlik berma. Men qiyomat kuni guvohlarni bergan guvohliklari to‘g‘rimi yoki yo‘qmi, qattiq so‘roq qilaman. O‘g‘rilik qilma, qo‘shnining xotini bilan zino qilma. Agar qilsang, sendan yuzimni va osmon eshiklarini berkitaman (ya’ni, duolarni qabul qilmayman), o‘zing yaxshi ko‘rgan narsalarni odamlarga ham yaxshi ko‘r. Mendan boshqaga atab qurbonlik so‘yma, faqat Mening nomimni atab so‘yilgan qurbonliklarni qabul qilaman. Agar u Mening yo‘limda xolis bo‘lgan bo‘lsa, shanba kuni men uchun hamma narsadan ajral va uyingdagi hamma ahllaringdan uzoq bo‘l".
553a. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Alloh taolo Musoga (a.s.) shanba kunini va bizlarga jumani bayram qilib berdi".

554. Muhammad ibn Ka’b Quzariy aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam minbarga chiqdilar, so‘ngra o‘ng kaftlarini ushladilar va: "Alloh taolo ahli jannatlarning kitobini ism va nasablari bilan yozdi. Undan ziyoda ham bo‘lmaydi, kamaymaydi ham", dedilar. Keyin chap kaftlarini ushlab, aytdilar: "Alloh taolo boshqa kitobda do‘zax ahllarining ism va nasablari bilan yozdi, ulardan ziyoda ham bo‘lmaydi, kamaymaydi ham. Saodat ahli bo‘lgan ba’zi kishilar baxtsizlarning amallarini qiladi, hatto ularni ham o‘shalardan deb o‘ylashadi, balki ular o‘limlari oldidan tuyaning o‘kirishicha vaqt bo‘lsa ham, baxtlilarning amalini qilishadi, so‘ngra Alloh taolo taqdiri azaliysi bilan ularni baxtsizlikdan saodatmandlikka o‘tkazib qo‘yadi. Badbaxtlar ahli saodatlar amalini qiladilar, hatto o‘lim topadilr. Tuyaning o‘kirishicha bo‘lsa ham (yomon amal qiladilar). Bas, saodatli Alloh taoloning qazosi ila saodatlidir, badbaxt Alloh taoloning qazosi ila baxtsizdir, amallar xotimasiga ko‘ra baholanadi".


555. Fuzola ibn Ubayddan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hajjatul vado’da aytdilar: "Sizlarga mo‘min, muslim, mujohid va muhojir kimligining xabarini beraymi? Odamlarning jonlari va mollari undan salomat bo‘lgan kishi – mo‘min; odamlar uning tilidan, qo‘lidan salomat bo‘lgan kishi – muslim; Alloh taologa itoatda o‘z nafsi


bilan jihod qilgan kishi – mujohid; gunoh va xatolarni tark qilgan kishi – muhojir".

Abu Dardo aytadilar: (r.a.) "Allohga Uni ko‘rib turgandek ibodat qilinglar va o‘zlaringizni o‘liklardan sananglar. Bilinglarki, sizlarni ozgina narsa boy qilishi ko‘p narsalarni yaxshi ko‘rib, unga yugurishdan yaxshiroqdir. Bilinglarki, yaxshilik eskirmaydi, gunoh unutilmaydi".


556. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot aytdilarki: "Yaxshilik eskirmaydi, gunoh unutilmaydi. Hukm qiluvchi foniy bo‘lmaydi. Xohlaganingdek bo‘l, qanday dinlansang, shunday hukm qilinasan".


Faqih (r.a.) aytadilar: "Qanday dinlansang, shunday hukm qilinasan", degan so‘zlarining ma’nosi agar yaxshi amal qilsang, yaxshilik savobini olasan, agar yomon amal qilsang, qiyomat kuni yomonlik bilan "mukofotlanasan", deganidir.


Alloh taoloning so‘zi:



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə