Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə114/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

"Agar chiroyli amal qilsangizlar, o‘zlaringizga yaxshilik qilgan bo‘lasizlar, agar yomon, gunoh amal qilsangizlar ham, o‘zlaringiz uchundir" (Al-Isro, 7). Ya’ni, Alloh taolo hech kimga zulm qilmaydi va yaxshiliklarining savoblaridan hech narsani kamaytirmaydi, gunohlariga hech narsani ziyoda qilmaydi, gunohsiz azoblamaydi.

Alloh taolo to‘g‘ri yo‘lni bayon qildi va Rasuli karimni ummatiga nasihat qiluvchi o‘laroq yubordi, u zot sollallohu alayhi vasallam jannat va do‘zax yo‘lini bayon etdilar.


557. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Men bilan sizlarning misollaringiz bir olov yoqqan kishiga o‘xshaydiki, u olovga kapalaklar kelib, o‘zini uradi. Men sizlarni o‘tga tushmoqlaringizdan qaytaraman", ya’ni, gunohlardan qaytaraman, chunki gunohlar kishini do‘zaxga olib boradi.


Aytilishicha, Odamning (a.s.) tavbasi besh xislat tufayli qabul qilingan, shaytoni la’inning tavbasi besh xislatga ko‘ra rad etilgan. Odam (a.s.) gunohiga iqror bo‘ldilar va pushaymon qildilar, nafsini malomat etdilar, tavbaga shoshildilar va Allohning


rahmatidan noumid bo‘lmadilar. Iblis, Alloh uni la’natlasin, gunohiga iqror bo‘lmadi, pushaymon qilmadi, o‘zini malomat etmadi, tavba qilishga shoshilmadi va Allohning rahmatidan noumid bo‘ldi. Kimning holati Odam alayhissalomnikidek bo‘lsa, uning tavbasi qabul qilinadi. Kimning holati iblisnikiga o‘xshasa, tavbasi qabul bo‘lmaydi.

Ibrohim Adham (r.a.) aytadilar: "Alloh taologa itoat qilib do‘zaxga kirmog‘im Alloh taologa gunoh qilib, jannatga kirishimdan yaxshiroqdir". Bunday deganlarining ma’nosi: Agar jannatga kirsa, gunohlari uchun Alloh taolodan hayo qiladi va jannat unga ko‘ngilsiz bo‘ladi. Agar Allohga itoat qilib do‘zaxga kirsa, hijolat bo‘lmaydi va undan chiqishiga ehtimoli bo‘ladi.


Molik ibn Dinor (r.a.) aytadilar: "Qattiq sovuqda bir yigitning oldidan o‘tdim. Ismi Utba edi, kiyimlari eski, turib nimalarnidir fikr qilarkan, undan ter oqardi. Unga: "Nega bu yerda turibsan?" dedim. Aytdi: "Ey ustoz, bu yerda Allohga gunoh qilgan edim". Ya’ni, u gunohlarini o‘ylar va Allohdan uyalganidan terlar edi.


Makhul Shomiy aytadilar: "Kim tushagida yotib, o‘sha kuni qilgan ishlarini fikr etsa, yaxshilik qilgan bo‘lsa, Allohga hamd aytib, gunoh ish qilgan bo‘lsa, Allohdan mag‘firat so‘rasa, yaxshi ish qilibdi. Agar bunday qilmasa, u sarf etib hisob qilmagan, hatto kasod bo‘lgan savdogarga o‘xshaydi".


Aytilishicha, Alloh taolo kitoblarining ba’zisida deydiki: "Ey bandam, Men podshohman, azaliyman, senga buyurgan narsamga itoat qil va qaytargan narsamdan qayt, hayot beraman, o‘lmaysan, ey bandam, Men biron narsaga bo‘l desam, bo‘ladi".


Muhammad ibn Muhayriz aytadilar: "Agar o‘zing yaxshi ko‘rganingga yomonlik qilmaslikni uddalasang, qilma". "Birov o‘zi yaxshi ko‘rgan kishisiga yomonlik qiladimi?" deyishdi unga. "Nafsing o‘zingga nafslarning yaxshirog‘idir, azizrog‘idir. Agar gunoh qilsang, unga yomonlik qilgan bo‘lasan", dedilar.


Bir hakim zotga: "Menga nasihat qiling", dedi bir kishi. "Rabbinga jafo qilma, xalqqa jafo qilma, nafsingga jafo qilma. Rabbinga jafo qilmog‘ing Uning xizmatini tashlab, maxluqlarning xizmatiga kirishingdir. Xalqga jafo qilmog‘ing ularni odamlar orasida yomonlik bilan zikr qilishingdir. Nafsinga jafo qilmog‘ing Allohning farzlariga dangasalik qilishingdir", dedi hakim zot.


Hasan Basriy aytadilar: "Bir gunoh qilgan edim, o‘shanga qirq yildan beri yig‘layman". "U qanday gunoh, Allohning bandasi?" deb so‘rashdi. "Meni bir birodarim ziyorat qilgani keldi. Unga baliq sotib oldim, undan yedi, so‘ng qo‘shnimning devoriga borib, bir bo‘lak kesak oldim va u bilan qo‘limni artdim", dedilar.


558. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Allohning nazdidagi ulug‘ gunoh odamlar nazdida kichik bo‘lganidir. Alloh nazdidagi kichik gunoh odamlar nazdidi katta bo‘lgandir".

Faqih aytadilar: Gunohkor gunohini katta deb bilsa, qo‘rqsa, u gunoh Alloh nazdida


kichrayadi va uni kechiradi. Ammo gunohkor gunohini kichik sanasa, Alloh taolo nazdida u katta gunohga aylanadi. Chunki kichik gunohlar davom ettirish bilan kattaradi.

Shuningdek, sahobalardan (r.a.) ham rivoyat qilinadiki: "Davomiylik bilan gunoh kichraymaydi, istig‘for so‘rashlik bilan katta bo‘lmaydi".


Avvom ibn Havshabdan rivoyat qilinadi: "Gunohdan keyingi to‘rt narsa o‘sha gunohning o‘zidan-da yomondir: Uni kichkina sanash, g‘ururlanish, gunoh bilan xursand bo‘lish va davomiylik".


Faqih (r.a.) aytadilar:



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə