Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   120
YULDUZ YAYLOVI 
Qo‘yoshuvni bugungi kunda menim oshib o‘tishim, biz uchun bir tarixiy voqea bo‘lib 
hisoblanadi. Qo‘noq bo‘lib biz tushgan ovul qozoqlari bizni Yulduzchi savdogarlardan 
bo‘lsa kerak, deb o‘yladilar. Shu bilan ertalab u yerdan qo‘zg‘alib, tushga yaqin Qorako‘l 
oshuvi ostiga yetdik. Uch to‘rt soat mo‘ljalida dovon ustiga chiqdik. Dovon yo‘llaridan 
qor ketib, qorayib qolganligi uchun otdan tushib, yayov yurishga hojat tushmadi. Chopqi 
o‘ymanidan o‘rlab, yuqori tog‘ boshiga chiqib, biroz yurganimizdayoq ikki tog‘ orasida 
ko‘zga qoramtil ko‘ringan bir qora ko‘l oldimizda yaltirab ko‘rina boshladi. Shu ko‘lni 
yoqalab bir necha soat yurganimizcha, tog‘ orasidan o‘tib, bosh oyog‘i ko‘rinmagan ulug‘ 
Yulduz yaylovining tuganmas tuzlangiga chiqa keldik. 
Tarixlarda doston bo‘lgan turk ulusining aydari deb atalgan bu keng maydonning 
g‘arbi G’ulja, Tekas tog‘lari; sharqi Urumchi, Dovonchin tog‘lari; janubi Kuchar


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
Qorashahar tog‘lari; shimoli Tyan-Shan tarmoq tog‘lari bilan o‘ralmish edi. Bu 
yaylovning boshidan oyoq aylanasi ot yurishida o‘n kundan ortiq deb chamalaydilar. 
Mana shu kengri yaylovda bosh oyog‘i 10 ming oilaga yetmagan Sumul, Bo‘lus, 
To‘rg‘ovut mo‘g‘ullari yashaydilar. Bular esa, bundan 200 yillar ilgari Ashtarxon atrofidan 
ko‘chib qochgan mo‘g‘ullardan bo‘lishlari tarixlardan onglanadi. Dashti qipchaq cho‘llarini 
bosib o‘tayotganlarida ko‘chmanchi turk uluslarining hujumlariga uchrag‘onlaridan 
omonliq topqanlari yarim sonlarini yo‘qotmish edilar. 
Bu keng tekis maydon havosida bir turlik o‘zgarish borligidan bo‘lsa kerak, qo‘y 
echkilari yiroqdan tuyaday; otlari, tuyalari esa qaragan kishi ko‘ziga devday bo‘lib 
ko‘rinar ekan. Qish kunlarining qanday bo‘lishini bilmadik, lekin biz o‘tgan yoz chillasida 
tog‘ parchalaridek oq bulutlar osmonda aylangach, dahshatli momaqaldiroqlar ichida 
chaqmoqlar chaqnashib, birpasda havo o‘zgarur edi. Buning ortidan qor, muz do‘l 
aralash yomg‘ir yoqqani turib, yana xiyol o‘tmay oq qora bulutlar tarqalib, yaltirab 
quyosh chiqa boshlaydi. 
Yulduzning yeri tekis, to‘qay yo‘q bo‘lsa ham, mayda gulli o‘tlar ko‘p bo‘lganliqdan, ov 
qushlarining har turlari bu yerlarda ko‘pdur. Bulardan boshqa yer qo‘ynida yashovchi 
bo‘rsiq, sug‘ur, qo‘shquloq kabi in hayvonlari ham hisobsiz ko‘pdur. Biroq yerlik 
mo‘g‘ullar odatlaricha, bu in hayvonlaridan ko‘p yemas ekanlar. G’oz, o‘rdak kabi uchar 
qushlarni ovlab bulardan foydalanish ham ko‘p odat emas ekan. Ayniqsa, qanotli qushlar 
ichida oqquv qushini Tangri qushi deb bilganliklari uchun, buni bek hurmatlab, unga ozor 
6eruvchilarni qattiq jazolar ekan. Bu yerning qo‘l hayvonlari, qir hayvonlari esa boshqa 
yerlarnikiga ko‘ra ortiqcha sifatli, kuch quvvatlik bo‘ladi. Ayniqsa To‘rg‘ovut otlari o‘lka 
bo‘yicha otoqlik bo‘lib yo‘rg‘alar, yo‘rtoqilar (otning silliq yurish turlari) shulardan 
chiqadi. 
Endi o‘zimni shunday cheksiz keng bir hayrat maydonida turganimni ko‘rgach, bu 
hayot olamida agar madaniyat haqiqiy insoniy islomiyat adolatiga qurilmas ekan, 
sharmanda madaniyat siqindisi (siqimi, bosimi, zulmi) ostida yashagandan ko‘ra 
badaviyat maydonida umr o‘tkazishni o‘zim uchun ortiqroq ko‘rdim. 
Bu Yulduz yaylovining boshqa tarixiy voqealarini qo‘yaturgan taqdirda, shuni aytib 
o‘tish kerakki, mo‘g‘ullar saltanatiga Temur sulton eng so‘nggi zarbani shu o‘rinda 
bermish edi. Mo‘g‘ul askarlari yengilgach, qilichdan qutilg‘anlari Ilyosxo‘ja o‘g‘li 
O’g‘lonxonni olib, asli vatanlari Qoraqurum Mo‘g‘ulistonga qarab qochmish edilar. Bular 
ortidan Mirzo Ulug‘bek qo‘mondasida shipirma qilich 10 ming chamasida Temur ackarlari 
quvlaganicha Irtish suvidan dushmanlarini o‘tkazib, bobosi oldiga ulug‘ Yulduz yayloviga 
qaytib keladi. So‘ngra Oltishahar o‘lkasidan mo‘g‘ullar saltanatining qoldiqlarini yo‘q 
qilish uchun, Mirzo Ulug‘bekni yetarlik askar bilan Koshg‘ar tomoniga jo‘natgan 
so‘nggida, o‘zi Olmalig‘ga tushib, Samarqandga qaytmishdur. Shu davrdan boshlab Ili 
o‘lkasi Jung‘oriya tekisligi bilan Uyg‘uriston-Oltishahar qo‘shilib, Chin iqlimi 
chegarasigacha Turon podshohi, Turkiston hoqoni Temur sulton hukmiga o‘tmishdur. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shundoq qilib, Yulduz keng maydoniga ertalab chiqib, 
shu yurganimizcha kechga yaqin Yulduzli savdogarlardan otushlik Qosimhojim degan 
kishining qo‘shxonasiga kelib tushdik. Bularning turgan joylari Yulduz qalmoqlarining 
savdoxonasi ekan. Uy egalari bilan ilgari ko‘rishib tanishmagan bo‘lsak ham, Turkiston 
xalqi odaticha qo‘y so‘yib mehmondo‘stlik ko‘rsatib, bizni yaxshi kutdilar. Lekin bizning 
voqeamizdan biroz xabarlari bo‘lsa kerak, bu yerdan tezroq chiqib ketishimizni 
kutgandek bo‘lib turishdi. Biz ham ko‘p turolmay, ertasi kuniyoq Turg‘unboy og‘a 
ikkovimiz yo‘lga chiqdik. Yusufg‘ujg‘ur degan kucharlik savdogarning qo‘shxonasida 
Kuchardan kelgan eshakchi kirakashlar bor deb eshitib, ularga qo‘shilib ketmoqchi 
bo‘ldim. 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə