3-mаvzu: buddizm reja



Yüklə 260,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix24.01.2022
ölçüsü260,27 Kb.
#83094
  1   2   3   4
buddaviylik



3-MАVZU: BUDDIZM  

Reja: 

1.

 



Buddaviylikning vujudga kelishi. 

2.

 



Buddaviylik ta’limoti. 

2. Buddaviylikning tarqalishi. 

3. Buddaviylik manbalari. 

Buddaviylikning vujudga kelishi.

 Buddaviylik (Buddaviylik) – uchta dunyo 

dinlari  ichida  eng  qadimiysi  hisoblanib,  miloddan  avvalgi  VI-V  asrlarda 

Hindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-

Sharqiy  va  Sharqiy  Osiyo  mamlakatlarida,  Shri  Lanka,  Hindiston,  Nepal,  Butan, 

Xitoy,  Singapur,  Malayziya,  Indoneziya,  Mongoliya,  Koreya,  Vetnam,  Yaponiya, 

Kombodja,  Birma,  Tayland,  Laosda  va  qisman  Evropa  va  Amerika  qit'alarida, 

Rossiyaning  shimoliy  mintaqalari  -  Buryatiya,  Qalmiqiyada  istiqomat  qiladilar. 

Hozirgi kunda dunyoda buddaviylar soni 750 mln.ga yaqin bo‘lib, ulardan 1 mln.ga 

yaqini monaxlardir. 

Buddaviylikni din yoki falsafa, mafkura yoki madaniyat qonunlari to‘plami yoki 

hayot tarzi deb baholash mumkin. 

Buddaviylik  asoschisi  haqida  habar  beruvchi  folklor  va  badiiy  adabiyotlar  uni 

Siddxardxa  Gautama,  Shakyamuni,  Budda,  Tadxagata,  Djinna,  Bxagavan  kabi 

ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma'nolari quyidagicha: Siddxardxa - shaxsiy 

ismi, Gautama - urug‘ ismi, Shakyamuni - shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqqan 

donishmand, Budda - nurlangan, Tadxagata - shunday qilib, shunday ketgan, Djina 

-  g‘olib, Bxagavan  - tantana qiluvchi.  Bu ismlar  ichida  eng  mashhuri  Budda ismi 

bo‘lib, uning ismidan dinga buddaviylik nomi berilgan. 

Hozirgi  kunda  Buddaning  beshta  biografiyasi  ma'lumdir:  “Maxavostu”  – 

milodning  II  asrida  yozilgan,  “Lalitavistara”  -  milodning  II-III  asrlarida  yuzaga 

kelgan,  “Buddaxacharita”  -  Budda  faylasuflaridan  biri  Ashvagxoshey  tomonidan 




milodning I-II asrlarida yaratilgan, “Nidanakatxa” – milodning I asrida yozilgan va 

“Abnixishkramansutra”. 

Buddaviylikning asoschisi miloddan avvalgi 1-ming yillikda yashagan Budda 

hisoblangan. U tarixiy shaxs bo‘lib, 80 yil yashagan. Uning xususida turli rivoyatlar 

mavjud. Uning nomi hind tilida nurlangan, oliy haqiqatga erishgan degan ma'noni 

anglatadi.  Rivoyatlarga  qaraganda,  keng  ma'noda  ko‘p  marta  ilohiy  tug‘ilishlar 

tufayli mutloq barkamollikka erishgan; boshkalarga ham diniy najot yo‘lini ko‘rsata 

oladigan odam bo‘lgan. 

Budda  mil.  avv.  563  yilda  tug‘ilib,  483  yilda  vafot  etgan.  Siddxardxa  Shakya 

qabilasining podshosi Shuddxodananing o‘g‘li edi. Uning saroyi Ximolay tog‘lari 

etagida  Kapilavasti  degan  qishloqda  bo‘lgan  (hozirda  Nepal  hududida).  Onasi  - 

malika Mayya. Podshoh o‘g‘lini orzu havaslar og‘ushida tarbiyalab, uni hech bir 

kamchiliksiz katta qiladi. Siddxardxa ulg‘ayib qo‘shni podshohlardan birining qizi 

Yashadxaraga uylanadi va o‘g‘il ko‘rib, unga Raxula deb ism qo‘yadi. 

Tarixiy manbalarning dalolat berishicha buddaviylikning asoschisi shahzoda 

Siddxardxa vafot etgandan so‘ng Budda -"haqiqatga erishgan" deb atalgan. U ushbu 

oliy  maqsadga  erishish  uchun  Gautama  urug‘idan  bo‘lgan  eng  obro‘li  Shak'ya 

qabilasini  tanlagan.  Аna  shundan  bu  diniy  rivoyatda  Budda-Gautama  nomi  keng 

tarqalgan. Diniy rivoyatlarga ko‘ra Gautama hind qabilasi hukmdorlaridan birining 

o‘g‘li bo‘lib, u befarzand bo‘lgan, ammo uning xotini g‘oyibdan homilador bo‘lib, 

45 yoshida o‘g‘il tuqqan. Bola tug‘ilganda mo‘'jiza yuz bergan. Tabiiy hodisalar - 

yer  qimirlab,  chaqmoq  chaqib,  momaqaldiroq  gumbirlab  turgan.  Uning  ovozini 

Koinotdagi  ilohiy  kuchlardan  tashqari  barcha  tirik  mavjudodlar  ham  eshitib 

turganlar. Chaqaloqqa Siddxardxa (topshiriqni bajaruvchi) deb nom qo‘yganlar. U 

7 kundan keyin yurib ketgan va gapira boshlagan. 

Siddxardxaning otasi  o‘g‘lini  din  yo‘liga  bag‘ishlashga  rozi  bo‘lmay,  unga 

yaxshi ma'lumot bergan hamda yaxshi sharoitlarda tarbiyalagan va u hech qanday 

qiyinchilik  ko‘rmay  o‘sgan.  Sudxartxa  o‘spirinligidayok  o‘zining  donoligi, 

kuchliligi va epchilligi bilan xammani hayratga solar ekan. U kasal yotgan kishini, 

o‘likni ko‘rgach hayotning mohiyati, maqsadi, og‘irliklari, kasallik va o‘lim bilan 




bog‘liqligini  o‘ylay  boshlagan.  Binobarin,  hayotning  behudaligani  anglab,  tarki 

dunyo  qilgan,  darvesh  yo‘liga  kirgan.  Bu  bilan  u  kishilar  boshiga  tushadigan 

kulfatlar,  azob-uqubatlar  sabablarining  mohiyatiga  tezroq  yetib,  ulardan  qutulish 

yo‘lini topmoqchi bo‘lgan. Nihoyat, 36 yoshida "haqiqiy bilim" egasi bo‘lganligi 

ma'lum  bo‘ldi.  Shundan  so‘ng  u  Budda  deb  nom  oladi.  ("budda"  so‘zi  ilohiy 

haqiqatga erishgan, degan ma'noni anglatadi). Shu tariqa unda ulug‘vor haqiqat siri 

ochilgan, ular buddaviylik ta'limotiga asos qilib olingan. 

Hech bir qiyinchilik va kamchilik ko‘rmay o‘sgan Siddxardxa bir kuni keksa 

cholni, bemorni hamda og‘ir mehnatli rohibni uchratadi, va nihoyat, bir kishining 

vafotiga guvoh bo‘ladi. Bundan qattiq ta'sirlagan shahzoda insoniyatni qiyinchilik 

va azobdan qutqarish yo‘llarini axtarib saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda 

edi. U besh rohib bilan qishloqma - qishloq kezib yuradi. Ko‘p vaqt bu rohiblarga 

hamrohlik qilib, ularning yo‘llarida ma'lum maqsad yo‘qligini, bu yo‘l o‘z oldiga 

qo‘ygan  maqsadi  –  insoniyatni  azob  uqubatdan  qutqarishga  olib  bormasligini 

anglaydi  va  rohiblar  jamoasidan  ajraladi.  U  chakalakzor  o‘rmonlarda  kezib, 

charchab bir  daraxtning  tagida  dam  olish uchun o‘tiradi,  va  o‘zicha, to haqiqatni 

topmaguncha  shu  erdan  turmaslikka  qaror  qiladi.  Bu  o‘tirishning  49  kuni  uning 

qalbidan “Sen haqiqatni topding” degan sado keladi. Shu paytda uning ko‘z oldida 

butun  borliq  namoyon  bo‘ladi.  U  hamma  joyda  shoshilinch  qayoqqadir  intilishni 

ko‘radi. hech bir joyda osudalik yo‘q edi. hayot nihoyasiz uzoqlikni ko‘zlab o‘tib 

ketayotgan edi. Inson aqli etmas bir kuch. Trishna - yashash, mavjud bo‘lish umidi 

barchani  tinchini  buzar,  halok  qilar  va  yana  qayta  yaratar  edi.  Mana  endi  Budda 

kimga qarshi kurashish kerakligini angladi. Shu ondan u Budda – “nurlangan” deb 

ataldi. U tagida o‘tirgan daraxt esa – “nurlangan daraxt” - Botxa deb atala boshladi. 

Budda  o‘zining  birinchi  da'vatini  Varanasi  yaqinidagi  Rishipatana  bog‘ida, 

o‘zining besh rohib do‘stlariga qildi va o‘shalar uning birinchi shogirdlari bo‘ldilar. 

Shu  kundan  boshlab  Budda  o‘z  shogirdlari  bilan  qishloqma-qishloq  yurib  o‘z 

ta'limotni  tarqatib  o‘ziga  yangi  izdoshlar  orttiradi.  Budda  40  yil  davomida  o‘z 

ta'limotini Hindistonning turli joylariga yеtkazadi va 80 yoshida Kushtnagara dеgan 

joyda dunyodan o‘tdi. Uning jasadi hind udumiga ko‘ra u yerda kuydirilib, uning 




xoki 8 ta budda jamoalariga bo‘lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida 

ibodatxona barpo etdi. 

Buddaning  hayoti  haqida  turli  afsonalar  ham  to‘qilgan.  Bu  afsonalarda 

aytilishicha, Budda ko‘p yillar davomida yеr yuzidagi turli mavjudotlar qiyofasida 

qayta  tug‘ilgan:  84  marta  ruhoniy,  58  marta  podshoh,  24  marta  rohib,  13  marta 

savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g‘oz, 6 marta fil Shuningdеk 

baliq, qurbaqa, kalamush, quyon kabi qiyofalarda qayta tug‘ilgan. Jami 550 marta 

qayta tug‘ilgan. U doimo qayerda, qay qiyofada tug‘ilishini o‘ziga o‘zi bеlgilagan.  

So‘nggi  marta  uni  xudolar  insoniyatni  to‘g‘ri  yo‘lga  boshlashi  uchun  inson 

qiyofasida yaratganlar. Bu afsonalarning ba'zilariga ko‘ra  yеr yuzida Gautamaga 

qadar 6 ta budda o‘tgan. Shuning uchun buddaviylikning ba'zi muqaddas joylarida 

7 ta ibodatxona barpo etilgan. 7 ta Botxa daraxti o‘tkazilgan. Ba'zi afsonalar 24 ta 

Budda avlodi o‘tgan dеsa, ba'zilari minglab Buddalar o‘tgan dеb da'vo qiladi. 

Har  qanday  dinlar  kabi  buddaviylikning  ham  kelib  chiqishi  sababini 

xalqlarning  yashash  sharoiti  va  hayotidan,  muayyan  davrdagi  ijtimoiy 

munosabatlaridan izlash va topish lozim. 

Qadimgi  Hindistonda  buddaviylik  shakllangunga  qadar  murakkab  sinfiy 

munosabatlar mavjud edi. Kishilar oliy, o‘rta va quyi tabaqalarga ajratilib, oliyga 

braxmanlar,  harbiylar,  o‘rta  tabaqaga  -  dehqonlar,  eng  quyi  tabaqaga  oddiy  xalq, 

xizmatkor, cho‘rilar kiritilar edi. 

Buddaviylik  quldorlik  jamiyatida  braxmanlik  mazhablaridan  biri  sifatida 

paydo bo‘lgan. U braxmanlikni jonning ko‘chib yurishi, jannat va do‘zax qaqidagi 

aqidalarni  saqlab  qolgan.  Buddaviylik  Braxmanlikni  jamiyatning  tabaqalarga 

bo‘linishi  to‘g‘risidagi  ta'limotga  qarshi  chiqib,  barcha  kishilar  e'tiqodda  teng 

huquqli  deb  e'tirof  etgan.  Buddaviylikning  diniy  tenglik  haqidagi  goyasi 

odamlarning kastalarga bo‘linib ketishiga qarshi kurashda ijobiy rol' o‘ynagan. Аyni 

paytda buddaviylik kishilar "azob-uqubat" chekishda va undan xalos bo‘lishda ham 

tengdirlar deb hisoblangan. 

Markaziy  Osiyo  xalqlarining  qadimgi  tarixi  va  madaniyatida  buddaviylik 

muayyan  o‘rin  egallagan.  U  zardushtiylik  dini  ta'sirida  va  u  bilan  yonma-yon 




shakllangan  dinlardan  biri  bo‘lgan.  Buddaviylik  miloddan  avvalgi  VI-V  asrlarda 

Hindistonning shimolida vujudga kelgan. Keyinchalik Janubi-Sharqiy va Markaziy 

Osiyo  xamda  Uzoq  Sharq  mamlakatlarida  keng  tarqalgan.  Uning  vujudga  kelishi 

hind  jamoalarida  ro‘y  bergan  muhim  ijtimoiy-iqtisodiy  o‘zgarishlar  -  urug‘-

qabilachilik aloqalari va tartiblarining yemirilishi, sinfiy jamiyatning vujudga kelishi 

va  yirik  quldorlik  davlatlarining  paydo  bo‘lishi  bilan  bog‘liq  edi.  III-asrga  kelib 

dunyoviy  jamiyat  (imperator  Аshoka)  ning  faol  qo‘llab-quvvatlashi  natijasida 

mulkchilik darajasida yagona bo‘lgan budda tashkiloti (monaxlik jamoasi-singxa) 

va diniy aqidachilik shakllangan. 

Buddaviylikning Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda tarqalishi miloddan 

avvalgi  II  asrlarda  bu  yerlardagi  qabilalarning  avlodlari  tugatgan  g‘rek-baqtriya 

podshohligining o‘rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan davriga 

to‘g‘ri keladi. 

Kushon imperiyaoi o‘zining eng gullagan davrida (milodning I-III asrlarida) 

hozirgi Markaziy Osiyoning bir qismini, Аfg‘oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston, 

ehtimol Uyg‘uristonni ham o‘z ichiga olgan. Kushon podsholigi davrida buddaviylik 

Hindistondan Markaziy Osiyoga, undan esa Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoy va Uzoq 

Sharqqa tarqalgan. 

Keyinga  o‘n  yilliklar  mobaynida  olib  borilgan  arxeologik  izlanishlarning 

natijalari va tarixiy ma'lumotlarni umumlashtirgan holda tahmin qilish mumkinki, 

yaslomgacha  bo‘lgan  davrda  buddaviylik  Markaziy  Osiyo  g‘oyaviy  hayotining 

muhim  tarkibiy  qismlaridan  birini  tashkil  etgan.  Buddaviylik  faqat  maxsus 

ibodatxonalargagina  emas,  balki  podsho  saroylaridan  boshlab,  oddiy  kambag‘al 

deqqon va hunarmandlarning kulbasigacha kirib borgan dindir. Buddaviylikni qabul 

qilgan  Markaziy  Osiyo  xalqpari  diniy  ibodatlar  uchun  har  xil  maxsus  inshootlar 

kurganlar. 

Buddaviylik  bilan  bog‘liq  obidalar,  ibodatxonalar,  haykallar,  devorlarga 

solingan rasmlar Markaziy Osiyoda topilgan qadimgi tarixiy obidalar orasida muhim 

o‘rin  egallaydi.  Buddaviylik  bilan  bog‘liq  imoratlar,  qurilishlar  hozirda  ham 

Shimoliy  Qirg‘iziston,  O‘zbekiston  va  Turkmanistonning  Janubiy  tumanlarida, 




Tojikistonda va Qozog‘iston janubida mavjuddir. Bular orasida eng yirik inshoot 

eski Termizdagi Qoratepa nomli g‘or ibodatxonasidir. Bu ochiq sariq rangli katta 

tepalik bo‘lib, unga qumtoshli g‘or binolar o‘yib solingan, yer ustida binolar barpo 

etilgan,  bularning  hammasi  bir  butun  uyg‘un  bo‘lgan  buddaning  20-25 

ibodatxonasini  tashkil  qilib,  Kushon  podshohligida  buddaviylikning  muhim 

ahamiyatga  ega  yekanligidan  dalolat  beradi.  Devorlarga  solingan  rasmlarni, 

haykallarni,  toat-ibodat  buyumlarini,  tangalarga,  sovg‘a  qilingan  sopol  idishlarga 

bitilgan  har  xil  yozuvlarni  o‘rganishlar  qoratepaning  milodning  I  asr  oxiri  va  II 

asrning  boshlarida  bunyod  qilinganligidan,  arablar  O‘rta  Osiyoga  kirib 

kelganlaridan  keyin  ular  tugatilgan  va  keyinchalik  vayronaga  aylanganligidan 

dalolat beradi. 


Yüklə 260,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə