Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


kabi tushunchalarni  qamrab oladi. Quyida soliq elementlarining har biriga qisqacha to‘xtalib  o‘tamiz.  Soliq subyekti



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

 
kabi tushunchalarni 
qamrab oladi. Quyida soliq elementlarining har biriga qisqacha to‘xtalib 
o‘tamiz. 
Soliq subyekti
- soliq to‘lash majburiyati yuklangan yuridik va 
jismoniy shaxslar, ya’ni soliqqa oid munosabatlarni tashkil etuvchi 
tomonlarning o‘zaro majmui bo‘lib, unda bir tomondan, soliq 
to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar), boshqa tomondan soliqni 
undirish vakolati yuklangan davlat soliq xizmati organlari - Davlat soliq 
qo‘mitasi, soliq boshqarmalari, shahar va tuman davlat soliq 
inspeksiyalari qatnashadi. O‘z faoliyatida barcha yuridik va jismoniy 


22
shaxslar soliq subyekti sifatida namoyon bo‘lmaydi. Chunki bu yerda 
soliqlardan batamom ozod etiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar 
mavjudki, ular soliq subyekti sifatida soliq munosabatlarida ishtirok 
etmaydilar. 
Soliq agenti - yuridik va jismoniy shaxslardan soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarni ushlab qolish hamda davlat byudjetiga o‘tkazib 
beruvchi yuridik shaxslar. Bunday yuridik shaxslar o‘z faoliyatida 
bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, 
ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarning mazkur korxonada o‘z mehnati, 
investitsiyasi bilan ishtirok etishi natijasida olgan foydasi, 
daromadlaridan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ushlab qoladi 
hamda davlat byudjetiga o‘tkazib beradi. Soliq agentlari davlat 
byudjetiga soliqlarni bevosita yoki bilvosita ishga yollaganligi natijasida 
to‘lanadigan ish haqidan, dividendlardan, doimiy muassasa orqali 
faoliyat ko‘rsatmaydigan norezident yuridik va jismoniy shaxslardan 
ushlanishi lozim bo‘lgan soliq summalarini ushlab qoladi va byudjetga 
o‘tkazib beradi, ushlab qolinmagan, kam ushlab qolingan va o‘z vaqtida 
o‘tkazib berilmagan soliq summasi uchun subyektlar qonunchilikda 
belgilangan moliyaviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 
Har bir yuridik shaxs soliq munosabatlarida soliq subyekti bo‘lishi bilan 
birgalikda soliq agenti sifatida ham ishtirok etadi. Soliq agenti iqtisodiy 
adabiyotlarda asosan fiskal agent sifatida qayd etiladi. 
Soliq obyekti
deganda – soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va 
soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan foydasi, daromadi, tovar 
oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq obyekti sifatida foyda yoki 
daromad, muayyan tovarlarning qiymati, yer maydoni, jismoniy va yuridik 
shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar 
kiradi. Soliq obyekti aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma’naviy 
boyliklarning ayrimlariga qonun yo‘li bilan ulardan foydalanuvchi, egalik 
qiluvchi va tasarruf qiluvchi soliq subyektlarining huquqlarini soliqqa 
tortishni ifodalaydi. Binobarin, moddiy yoki ma’naviy boyliklar soliq 
obyekti qilib albatta unga mulkiy huquqga ega bo‘lgandagina yuzaga 
chiqadi. Masalan, egasiz imoratga soliq solinmaydi, chunki egasiz imoratga 
nisbatan soliq subyekti mavjud emas, vaholanki, bo‘lgan taqdirda ham soliq 
obyekti sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga bo‘lgan mulkiy huquqqa 
soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, soliq obyekti aslida yuridik va 
jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va daromadiga qaratiladi.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə