Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliqqa tortish birligi
- bu obyektning o‘lchov birligi. Masalan, 
daromad yoki mol-mulk solig‘ida obyektning o‘lchov birligi bo‘lib 
uning so‘mdagi bahosi ifodalansa, yer solig‘ida o‘lchov birligi bo‘lib 
kv.m. yoki gektar hisoblanadi. 
Soliq stavkasi
- obyektning har bir birligi uchun davlat tomonidan 
belgilab qo‘yilgan me’yordir. Soliq stavkasi soliq elementlari ichida eng 
ko‘p amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan unsurdir. Chunki soliq stavkalarini 
o‘zgartirish orqali davlat xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga 
sezilarli ta’sir etadi, ayrim faoliyat, sohaga ustuvorlik berilishi, kapital 
zarur sohalarga yo‘naltirilishi, rag‘batlantirilishi mumkin. Soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalari, agar Soliq kodeksida 
boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarori bilan belgilanadi. 
Soliq imtiyozlari
- soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil 
yengilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va 
boshqa ko‘rinishlarda berilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksining 30-moddasida imtiyozlar quyidagicha izohlangan: «Soliq 
kodeksida, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq to‘lovchilarga 
nisbatan ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga beriladigan afzalliklar, shu 
jumladan soliq va (yoki) boshqa majburiy to‘lov to‘lamaslik yoxud 
ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar deb e’tirof etiladi». 
Soliq imtiyozlarining turlari, amal qilish mexanizmlari, belgilash 
mezonlari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib 
chiqqan holda belgilanadi. 
Soliq bazasini hisoblash usullari.
Soliq bazasini hisoblashning ikki 
xil usuli mavjud bo‘lib, ular kassa usuli va hisobga olish usullaridir. 
Kassa usulida soliq to‘lovchida soliqlarni to‘lash majburiyatlari daromad 
olganidan keyin vujudga kelsa, hisobga olish usulida esa daromad 
olingan yoki sotishdan tushum qachon kelib tushishidan qat’iy nazar 
tovarlarning jo‘natilishi o‘z navbatida soliqlarni to‘lash majburiyatlarini 
vujudga keltiradi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə