Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


 Soliqqa tortish tamoyillari



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

1.4. Soliqqa tortish tamoyillari 
Soliqlarning funksiyasini o‘rganish ularning iqtisodiyotdagi rolini 
ko‘rsatib bersa, soliqqa tortish tamoyillari soliq munosabatlarini 
amaliyotda tashkil etish, soliqqa tortish, uni undirish amaliyotining 
mazmunini ochib beradi. Ko‘plab iqtisodchilar soliqqa tortish 
iqtisodiyotning ravnaqiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tamoyillarni qayd 
etishgan.
 
Soliqqa tortish tamoyillarini A.Smit o‘zining «Xalqlar boyligining 
sabablari va tabiatlari» nomli kitobida ilk bor asoslab bergan: 
1.
Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda o‘zlari hukumat 
muhofazasida foydalanayotgan daromadlariga muvofiq tarzda 
qatnashishlari lozim. 
2.
Har bir odam to‘laydigan soliq aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lishi 
kerak, bunda o‘zboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, to‘lanadigan 
vaqti va tartibi uni to‘lovchiga ham, boshqa har qanday odamga ham 
birday aniq va ma’lum bo‘lishi zarur. 
3.
Har bir soliq to‘lovchiga har jihatdan qulay bo‘lgan vaqtda va 
tartibda undirilishi kerak. 
4.
Har bir soliq shunday tarzda o‘rnatilishi kerakki, bunda soliq 
to‘lovchining hamyonidan ketadigan pul davlat byudjetiga kelib 
tushadigan mablag‘ga nisbatan ortiq bo‘lishiga mumkin qadar yo‘l 
qo‘yilmasin. 
Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliqqa tortish samarali 
tizimining quyidagi tamoyillarini ta’riflab o‘tish mumkin: 
Soliqqa tortishning yetarlilik tamoyiliga 
muvofiq soliqqa tortish darajasi shunday 
bo‘lishi lozimki, u davlat intilayotgan 
iqtisodiyotni taraqqiy ettirish darajasiga 
erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy 
himoya, mudofaa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini 
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya resurslari to‘planishini 
ta’minlashi lozim. Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, soliq stavkalari 
soliq yuki ko‘rsatkichi hisoblanmaydi, chunki soliq to‘lovchi soliq to‘lar 
ekan, davlat tomonidan bepul xizmatlardan bahramand bo‘lgani holda 
ayni chog‘da o‘zining ba’zi xarajatlarini qisqartiradi. Masalan, davlat 
umumiy foydalanish yo‘llarining holati yaxshi saqlanishini ta’minlash 
bilan soliq to‘lovchining transport xarajatlarini kamaytiradi, bepul 
maorif, sog‘liqni saqlashni ta’minlash bilan yollanma xodimlarning 
xarajatlarini qisqartiradi, demak, ish haqi xarajatlarini ham kamaytirgan 
bo‘ladi. Shunday qilib, to‘langan soliqlarning faqat xizmatlar 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə