Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliqqa tortishning tad-
birkorlik va investitsiya-
larni rag‘batlantirish ta-
moyili
 


42
Dunyodagi bir qator mamlakatlarda kapitaldan kelgan daromad va 
iste’molga qarab soliqqa tortishni ko‘zda tutgan soliq islohoti 
o‘tkazilmoqda. Soliqqa tortishning salbiy ta’sirini silliqlash maqsadida 
ishchi kuchini taklif etish sohasida ish haqi ko‘rinishidagi 
daromadlardan olinadigan soliqlarning eng yuqori qilib belgilangan 
stavkalari pasaytirilmoqda. Jamg‘arish va investitsiyalashga soliqlarning 
ta’sir etishi borasida ham muayyan natijalarga erishilmoqda. 
Soliqlarning ta’siri investitsiyalar tarkibida ham yaqqol seziladi. 
Turli ko‘rinishdagi aktivlar uchun joriy etilgan har xil soliq tartiblari 
investitsiya imkoniyatlari va sarmoyadorlarning portfeli tarkibida sezilib 
qoladi. Soliq tizimidagi kamchilik va nuqsonlar iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin, bu hol pirovard 
natijada davlat byudjeti daromadlarining o‘zgarishiga ham ta’sir etmay 
qolmaydi. 
Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyiliga 
muvofiq soliqlar jamiyat tomonidan oqilona 
va adolatli deb tan olingan umumiy obyektiv 
qoidalarga binoan belgilanishi lozim. Adolatlilik tamoyili bir qancha 
asosiy guruhdagi soliqqa tortish tamoyillariga bo‘linadi. Bularni ikki 
guruhga bo‘lgan holda o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bunda 
gorizontal va vertikal adolatni bir-biridan farqlash lozim. Gorizontal 
adolat tamoyili daromad olishning turli sharoitlarida soliq to‘lovchilarga 
nisbatan soliqqa tortishning taxminan teng shartlarini qo‘llashni ko‘zda 
tutadi. 
Vertikal adolat, deganda xo‘jalik yuritishning bir muncha og‘ir 
sharoitlarida ishlayotgan subyektlar uchun soliqqa tortishning bir qadar 
yumshoqroq shartlarini, yengil daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lgan 
subyektlar uchun esa og‘irroq shartlarni qo‘llash tushuniladi. 
Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasini bajarish doirasida ikkinchi 
tamoyil buzilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni 
rag‘batlantirish maqsadida ularni ishlab chiqarish bo‘yicha soliqqa 
tortishda bir qadar imtiyozli shartlar yoki aksincha, vino-aroq va tamaki 
mahsulotlarini iste’mol qilishni cheklash uchun ulardan olinadigan egri 
soliqlarning yuqori stavkalari belgilangan hollar ham bo‘ladi. 
Ijtimoiy adolat tamoyilini amalga oshirishga turlicha yondashuvlar 
bo‘lishi mumkin. Agar soliqlarni to‘plangan soliqlar hisobidan ro‘yobga 
chiqariladigan davlat dasturlaridan keyinchalik foyda ko‘radigan shaxslar 
to‘lasa, u holda adolatli deb hisoblanadi. Aytaylik, respublika yo‘l 
jamg‘armasiga tushadigan mablag‘ni davlat yo‘llarni ta’mirlashga yoki 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə