Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliqlarni undirish 
usullari 


39
solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida 
har yili yangidan tasdiqlanadi.
Ikkinchi usulda soliqni soliq subyektiga daromadni to‘laydigan 
yuridik shaxs hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish haqidan, 
xizmatchining maoshidan daromad solig‘i shu tariqa undiriladi. Soliq 
korxonada xodimning daromadni olguniga qadar ushlab qolinadi, bu 
soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlashni istisno qiladi, chunki soliq 
solinadigan daromad va soliq summasi aniq hisob-kitob qilib chiqiladi. 
Bunday munosabatlarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar ko‘pincha 
soliq agenti sifatida qaraladi. 
Soliqning daromad manbayida to‘lanishi shuni anglatadiki, soliq uni 
deklaratsiyalar buyicha to‘lashdagi singari soliq idorasi tomonidan 
hisoblanib ushlab qolinmaydi, balki uni yuridik va jismoniy shaxs 
foydasiga to‘lovni amalga oshiradigan soliq agentlari to‘lov manbalari 
(korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, boshqa ish beruvchilar)da 
hisoblaydilar va ushlab qoladilar. 
Uchinchi usul soliq to‘lovchilarning soliq idoralariga 
deklaratsiyalarni, ya’ni ularning olgan daromadlari va o‘zlariga tegishli 
bo‘lgan soliq imtiyozlari haqidagi rasmiy bayonotni berishni nazarda 
tutadi. Soliq idoralari soliq deklaratsiyasi va amaldagi soliqqa tortish 
stavkalari asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq miqdorini nazorat 
qiladilar. Soliq deklaratsiyasi asosida, odatda, tadbirkorlik faoliyatidan, 
shuningdek, intellektual faoliyat bilan shug‘ullanadigan shaxslar (fan, 
adabiyot, san’at asarlarining mualliflari, kashfiyotlar, ixtirolar 
mualliflari, sanoat namunalarini yaratuvchilari va hokazo) daromadlari 
soliqqa tortiladi.

 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1.
Soliq elementlari tarkibiga nimalar kiradi? 
2.
Soliq obyekti nima? 
3.
Soliq agenti, deganda kimlarni tushunasiz? 
4.
Soliq stavkalari nima va u qanday turlarga bo‘linadi? 
5.
Proporsional soliq stavkalariga misollar keltiring. 
6.
Progressiv soliq stavkalari asosida qaysi soliq turi undiriladi? 
7.
Soliq imtiyozlari qanday turlarga bo‘linadi? 
8.
Soliq imtiyozlari qanday mezonlar asosida belgilanadi? 
9.
Soliqni undirishning qanday usullari mavjud? 
10.
Soliqlarni kadastrli undirishning qanday o‘ziga xos xususiyatlari 
mavjud? 


40

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə