Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

 
 
1.3.1-chizma. Soliq stavkasi turlari 
 
Soliq stavkalari turlaridan biri – bu proporsional soliq stavkalari 
bo‘lib, bu soliq stavkalarining asosiy mohiyati shundan iboratki, soliq 
to‘lovchi ega bo‘lgan foyda (daromad), dividend, oborot yoki mol-mulk 
qiymatini hajmi (summasi) qancha bo‘lishidan qat’iy nazar bir xil 
tartibda, ya’ni bir xil foizda soliq stavkasi qo‘llaniladi. Masalan, 
dividend uchun barcha soliq to‘lovchilari uchun soliq stavkasi 10 foiz 
qilib belgilangan. Bundan tashqari qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 
ham bugungi kunda proporsional soliq stavkasi hisoblanadi. Har qaysi 
soliq to‘lovchi qancha oborot (realizatsiya)ga ega bo‘lishidan qat’iy 
nazar 20 foiz stavka bo‘yicha soliq to‘laydi. Shuningdek, yuridik 
shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha ham proporsional 
soliq stavkasi qo‘llaniladi. Respublikamiz soliq tizimida amal qiluvchi 
yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliq uning obyekti 500 ming so‘m 
bo‘lganida ham 800 ming so‘m bo‘lganida ham soliq stavkasi 
o‘zgarmay qolaveradi, ya’ni soliq obyektining o‘zgarishi soliq 
stavkasining o‘zgarishiga ta’sir qilmaydi.
Proporsional soliq stavkasi o‘zgarmas soliq stavkasi bo‘lib, uning 
miqdori (foizi) soliq obyektining hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu bir 
tomondan yuqori daromadga (oborotga) ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar 
uchun qulay soliq stavkalari hisoblansada, ayrim soliq to‘lovchilar 
uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkin, ya’ni ushbu soliq stavkasi 
soliqlarning rag‘batlantiruvchilik rolini bajarmaydi. 
Soliq stavkalarining keyingi turi progressiv soliq stavkasi 
hisoblanadi. Progressiv soliq stavkasi mohiyati jihatidan proporsional 
soliq stavkasiga nisbatan teskari holatda amal qilib, unga muvofiq soliq 
Soliq stavkasi turlari
Proporsional
Progressiv
Regressiv 
Qat’iy 
Tabaqalashti-
rilmaydigan 
Ulushli 
Tabaqalashti-
riladigan 
O‘zgaruvchan 
O‘zgarmas 


28
to‘lovchilarning daromadlari, foydasi yoki oboroti ortib, o‘sib borishiga 
muvofiq tarzda soliq stavkasining ham ortib borishi tushuniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida buni jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘i misolida ko‘rish mumkin. Bunga muvofiq 
jismoniy shaxslarning olgan daromadi oshib borishi bilan birga 
belgilangan shkala asosida soliq stavkasi ham oshib boradi. Masalan, 
jismoniy shaxsning umumiy olgan daromadi eng kam ish haqining bir 
baravari (+1 so‘m)dan besh baravarigacha miqdoridan 7.5 foiz stavkada, 
eng kam ish haqining besh baravari (+1 so‘m)dan o‘n baravarigacha 
bo‘lgan qismidan 16.5 foiz stavkada, eng kam ish haqining o‘n 
baravaridan ortgan qismidan esa 22.5 foiz stavkada soliq undirilishi 
belgilangan (2018-yil uchun).
Demak, bundan ko‘rinadiki, progressiv soliq stavkasida soliq 
obyektining oshib borishiga mutanosib ravishda soliq stavkasi ham 
oshib boradi. Qayd etish lozimki, ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda 
progressiv soliq stavkasi, deganda faqat jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘i bo‘yicha stavkalar keltiriladi. Bundan tashqari 
progressiv soliq stavkalaridan davlat tartibga soluvchi vosita sifatida 
ham keng foydalanadi, masalan, respublika soliq qonunchiligiga 
muvofiq me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan yuridik shaxslarning mol-
mulkiga belgilangan stavkaning ikki baravari miqdorida soliq undirish 
belgilangan bo‘lib, 2018-yildan yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i 
stavkasi 5 foiz bo‘lgani holda, ularning me’yoriy muddatlarda 
o‘rnatilmagan asbob-uskunalaridan esa belgilangan stavkaning ikki 
baravari, ya’ni 10 foiz miqdorida soliq undiriladi. 
Progressiv soliq stavkasining ikki turi mavjud: oddiy progressiya va 
murakkab progressiya. Oddiy progressiyada soliqning orttirilgan 
stavkasi soliqqa tortiladigan barcha obyektga nisbatan qo‘llaniladi, 
murakkab progressiyada esa soliqqa tortish obyekti qismlarga bo‘linadi, 
ularning har biri o‘z stavkasi bo‘yicha soliqqa tortiladi, ya’ni orttirilgan 
stavkalar butun obyektga nisbatan emas, balki bundan oldingi 
bosqichdan ortgan qismiga nisbatan qo‘llaniladi. Jismoniy shaxslarning 
daromadiga soliq stavkalari murakkab progressiya hisoblanadi.
Progressiv soliq stavkasining kamchiligi shundaki, bu soliq 
stavkalari soliq to‘lovchilarning daromad olish manfaatdorligini 
rag‘batlantirmaydi, shuning uchun progressiv soliq stavkalarini 
qo‘llaganda muayyan chegaraga qadar soliq stavkasini oshib borishini 
ta’minlagan holda so‘ngra regressiv soliq stavkalarini joriy etish soliq 
to‘lovchilar manfaatlariga mos keladi. Shuning bilan birgalikda 
ta’kidlash lozimki, progressiv soliq stavkalari davlat tomonidan 


29
iqtisodiyotni soliqlar vositasida tartibga solishda alohida ahamiyatga 
ega.
Soliq stavkalari haqida gapirganda, proporsional soliq stavkasi 
uchun neytral holat xarakterli bo‘lsa, progressiv soliq stavkasi 
soliqlarning fiskallik xususiyatini xarakterlaydi, ya’ni progressiv soliq 
stavkalarida byudjet manfaati ko‘proq yuzaga chiqadi. Shu jihatdan 
soliqlardan adolatlilik tamoyilining amal qilishini ta’minlash maqsadida 
regressiv soliq stavkalaridan foydalaniladi. 
Regressiv soliq stavkasida soliq to‘lovchining soliqqa tortiladigan 
daromadi, oboroti, mol-mulk qiymati kabi soliq obyektining ortib 
borishi bilan soliq stavkasining kamayib borishi ifodalanadi. Bundan 
ko‘rinadiki, regressiv soliq stavkasi progressiv soliq stavkasiga nisbatan 
teskari hodisani ifodalaydi. 
Soliq tizimida regressiv soliq stavkasi asosan soliqlarning 
rag‘batlantiruvchilik rolini oshirish maqsadida qo‘llanilib, bu asosan 
korxonalarning tovar (ish, xizmat)larni chetga eksport qilishini 
rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan. 
Iqtisodiy adabiyotlarda uzoq yillardan buyon yagona soliq 
stavkalarini joriy etish to‘g‘risida bahsli munozaralar davom etib 
kelmoqda. Bu qarashlarni rus olimlari A.Abalkin, P.Bunich va 
boshqalarning ilmiy ishlarida uchratish mumkin. Ularning qayd 
etishlariga ko‘ra korxonalar foydasidan olinadigan soliq uchun yagona 
stavka joriy qilish bozor munosabatlariga o‘tayotgan davlatlar uchun 
maqbul va yagona yo‘l ekanligini ta’kidlaydi. Fikrining isboti tariqasida 
yagona stavkani joriy qilishning to‘rt sababini ajratib ko‘rsatadi: 
1.
Xo‘jalik mexanizmining yagonaligi. 
2.
Kapitalni sarflash sohalarining soliq munosabatlariga nisbatan 
tengligi, bu kapitalni erkin harakat qilishi uchun asos yaratadi. 
3.
Barcha korxonalarning soliq to‘lovchilar sifatida davlat oldida 
teng huquqliligi. 
4.
Bozordagi raqobat kurashida sharoitlarning tengligi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunga qarama-qarshi fikrlar ham 
mavjud. Ana shunday fikrlarga ko‘ra, barcha korxonalar uchun yagona 
stavkada foydadan soliq olish maqsadga muvofiq emas. Korxonalarning 
turlicha moliyaviy sharoitda bo‘lgan hozirgi davr holatida yagona 
stavkani qo‘llash korxonaning moliyaviy ehtiyojlari bilan davlat 
manfaatlari yuzasidan keskin qarama-qarshiliklarni yuzaga keltiradi. 
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar soliq tizimiga e’tibor 
qaratadigan bo‘lsak, ular amaliyotida soliq stavkalarini 
tabaqalashtirilgan holda qo‘llanilishining guvohi bo‘lish mumkin. 
Chunki soliqlarning rag‘batlantiruvchilik rolini yuzaga chiqishi asosan 


30
uch xil ko‘rinishda yuzaga chiqadi. Bular soliq imtiyozlarini amalga 
oshirish (soliq obyektini kamaytirish), soliq to‘lovchilarni soliqdan ozod 
etish hamda soliq stavkalarini tabaqalashtirish hisoblanadi. 
Qayd etish joizki, soliq stavkalarini tabaqalashtirish soliq tizimi 
hamda iqtisodiyotning real sektori uchun ham foydali bo‘lsada, ammo, 
bu jarayonda eng asosiy muammo soliq stavkalarini tabaqalashtirish 
masalasi hisoblanadi. 
Agar soliq stavkalarini tabaqalashtirishda to‘g‘ri va egri soliqlar 
holatiga e’tibor beradigan bo‘lsak, egri soliqlarga nisbatan to‘g‘ri 
soliqlarda soliq stavkalari ko‘proq tabaqalashgan. Buning asosiy sababi 
soliqlarning rag‘batlantiruvchilik roli asosan to‘g‘ri va egri soliqlar 
orqali yuzaga chiqishi, shunga asoslangan holda soliq stavkalarini 
tabaqalashtirishda to‘g‘ri va egri soliqlar orqali korxonalarni turli xil 
faoliyat bo‘yicha rag‘batlantirish hisoblanadi. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq xo‘jalik yurituvchi 
subyektlardan asosan suv manbalaridan tejamkorona foydalanish hamda 
davlat byudjetini daromad bilan ta’minlash sifatida kiritilgan bo‘lib, uni 
tabaqalashtirishda ikki xil yondashuv amalga oshirilgan, ya’ni suv 
resurslaridan foydalanilganlik uchun soliq stavkalari sohalar va suvlarni 
paydo bo‘lish manbalariga ko‘ra tabaqalashtirilgandir.
To‘g‘ri soliqlar jumlasiga kiruvchi mol-mulk solig‘i ham 
korxonalarning o‘z tasarrufidagi va foydalaniladigan mol-mulklarining 
samarali foydalanishga undash va byudjet manfaati nuqtayi-nazaridan 
kiritilgan bo‘lib, mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq asosan proporsional 
holda o‘rnatilgan.
Shuningdek, to‘g‘ri soliqlardan biri hisoblangan yagona soliq to‘lovi 
kichik biznes subyektlari uchun alohida soliq turi bo‘lib, u bo‘yicha 
belgilangan soliq stavkalari ham tabaqalashgan. Bunda soliq stavkasining 
tabaqalashtirish mezoni asosan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati 
sohalari bo‘yicha berilgan. Ya’ni tayyorlov tashkilotlari uchun yalpi 
daromadga nisbatan 33 foiz, sanoat sohasidagi korxonalar uchun 5 foiz, 
ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, nashriyotlar, matbaa 
tashkilotlari, teleradioeshittirish kompaniyalari uchun esa 5 foiz qilib 
belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida to‘g‘ri soliqlardan tashqari 
egri soliqlar ham amal qilib, ushbu soliq turlari bo‘yicha ham 
tabaqalashtirilgan soliq stavkalari qo‘llaniladi (1.3.2-chizma).


31

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə