Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliqqa tortishning 
yetarlilik tamoyili
 


41
ko‘rinishidagi talab etilmagan bir qismigina soliq yuki ko‘rsatkichi 
hisoblanadi. Umuman olganda, yetarlilik tamoyili soliq siyosatini 
belgilayotganda uni davlatning qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati 
bilan qat’iy ravishda uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. 
Soliq tizimi xo‘jalik yurituvchi sub-
yektlarni, jumladan, chet el subyektlarini, 
ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalar 
va zamonaviy texnologiyalar sotib olish 
uchun mablag‘ yo‘naltirishni, ya’ni 
kapital jamg‘arish va shu yo‘l bilan texnologiyalarni takomillashtirish, 
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi lozim. 
Soliq tizimi resurslarning samarali taqsimlanishiga to‘sqinlik qilmasligi 
hamda xo‘jalikni mustaqil yuritish omillarini cheklab qo‘ymasligi lozim. 
Agar soliqlar katta bo‘lgani uchun tadbirkorlarning ishlab chiqarishni 
kengaytirishdan, boshqa turdagi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdan 
manfaatdorligiga putur yetkazsa, mamlakat iqtisodiyoti pastga qarab 
ketishi xavfi tug‘iladi. Soliqlar miqdorining haddan tashqari katta qilib 
belgilanishi ishlab chiqarish hajmlarining kamayib ketishiga, xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarining oborot mablag‘larini kamayishiga va boshqa 
shu kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. 
Soliqqa tortish, agar u, birinchidan, ishchi kuchini ishlab chiqarish 
uchun talab qilinadigan darajada saqlab turishga zarur bo‘lgan 
iste’molning minimal hajmlariga salbiy ta’sir etsa, ikkinchidan, 
mehnatga nisbatan iqtisodiy va moddiy rag‘batlarning harakat doirasini 
toraytirib qo‘ysa, uchinchidan, jamg‘arma miqdorini kamaytirsa va 
mablag‘ning to‘planish jarayonini sekinlashtirsa ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini yomonlashtirib yuborishi mumkin. 
Soliqqa tortish bazasi va uning hajmlarini noto‘g‘ri belgilash 
xodimlarning malaka oshirishga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik 
faoliyati bilan shug‘ullanishga va boshqa sohalarga bo‘lgan intilishiga 
salbiy ta’sir etadi. 
Soliqqa tortishning iqtisodiy omillarga ta’siri ikki xil ko‘rinishda 
bo‘ladi, ya’ni qiyosiy oqibat va daromad oqibati shaklida ifodalanadi. 
Qiyosiy oqibat mehnat natijalari, jamg‘arish, investitsiyalash, yangi 
g‘oyalarni joriy etish va ishlab chiqarish faoliyatining boshqa xil 
ko‘rinishlari bilan shug‘ullanish uchun nisbatan kamroq darajada 
rag‘batlantirishda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, progressiv (oshib 
boruvchi) soliqqa tortishda bunday oqibatning rag‘batlantirishga zid 
ta’siri yaqqol ifodalanadi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə