Mif dastlabki dunyoqarash sifatida Reja



Yüklə 44,14 Kb.
səhifə1/2
tarix12.04.2023
ölçüsü44,14 Kb.
#105166
  1   2
Mif dastlabki dunyoqarash sifatida





Mif dastlabki dunyoqarash sifatida
Reja:
Kirish
1. Mif haqida tushuncha
2. Falsafiy dunyoqarash rivojlanish bosqichlari
3. Falsafiy dunyoqarash tamoyillari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Qadimgi odamning olam va borliq haqidagi ibtidoiy tasavvurlaring majmui – mif hisoblanadi. Mif yunoncha “mithos” so’zidan olingan bo’lib, “rivoyat, afsona, asotir, hikoya, masal” degan ma’nolarni bildiradi.
Mif – xalq og’zaki ijodining eng qadimgi davrlarida paydo bo’lgan va insoniyatning olam haqidagi o’sha davrlardagi tasavvurlarini nafaqat aks ettiradi balki, aniq obrozlar vositasida bo’rttiruvchi e’tiqodiy qarashlarni, to’qimalarni o’zida mujassamlashtiradi.Ya’ni koinotning yaratilishi, samoviy jismlarning paydo bo’lishi, o’simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati afsonaviy qahramonlar, ma’budlar va ilohlar to’g’risidagi e’tiqodiy qarashlarni o’z ichiga oladi.
Mifologiya — muayyan xalq tomonidan yaratilgan mifologik tasavvurlarning izchil tartibga solingan tizimi, asotirlar majmui. Masalan, yunon Mifisi, hind Mifsi, oʻzbek Mifologiya Insoniyat maʼnaviy taraqqiyotining ilk bosqichi sifatida muhim amaliy ahamiyat kasb etgan M. ibtidoiy madaniyatning negizi, olamni idrok etishning asosiy vositasi, badiiy tafakkurning ibtidosi hisoblangan. M.ning asosini qadimgi odamning koinot, tabiat, inson, samo jismlari, narsa va hodisalarning paydo boʻlishi haqidagi asotirlar tashkil etadi. M.ning arxaik qatlami quyosh, oy va yulduzlar toʻgʻrisidagi shamsiy, qamariy va astral miflar, olamning paydo boʻlishi haqidagi samoviy miflar, odamzotning yaratilishi haqidagi an-tropogenik miflar, qad. eʼtiqodiy qarashlarni oʻzida ifoda etgan totemistik, animistik va kult miflaridan tashkil topgan. Dehqonchilik madaniyati yuksak darajada rivojlangan hududlarda esa tabiiy-ik/shmiy oʻzgarishlarning ramziy-metaforik talqinlari asosiga qurilgan taqvimiy (kalendar) miflar va ulibtiriluvchi tabiat kultlari haqidagi miflar keng tarqalgan. Xususan, Osiris (Qad. Misr), Adonis (Finikiya), Dionis (Yunoniston), Siyovush (Oʻrta Osiyo) haqidagi mifologik syujetlar shu tariqa yuzaga kelgan. Oʻzining ilk taraqqiyot bosqichida eng sodda ibtidoiy ishonchlardangina iborat boʻlgan M. insoniyat tafakkurining tadrijiy rivoji davomida olam, jamiyat va tabiat haqidagi asotiriy syujetlar, mifik obraz va tasavvurlar silsilasini oʻz ichiga olgan mukammal tizimga aylangan. Ijtimoiy ongning animizm, totemizm, fetishizm kabi qad. shakllari M. bilan chambarchas bogʻliq. Ibtidoiy dunyokarash tizimi sifatida shakllangan M. qad. diniy eʼtiqodlarning ilk kurtaklari, ajdodlarimizning falsafiy, axlokiy va ijtimoiy qarashlari, olam va odam hayotiga doyr eng sodda ilmiy talqinlar, voqelikni ongsiz-hissiy anglash asosiga qurilgan ramziy-metaforik obrazlar, shuningdek, soʻz sanʼ-ati, marosimlar tizimi va mifologik tafakkurning turli xil shakllarini oʻz ichiga kamrab olgan. U kad. odamning borliq olamni idrok etishga doyr tasavvur va qarashlarini oʻzida jamlagan izchil tizim sifatida ibtidoiy mafkuraning yetakchi gʻoyasi boʻlib xizmat qilgan. M. ibtidoiy insonning ilmiy, diniy, falsafiy va badiiy karashlarini oʻzida mujassamlashtirgan sinkretik hodisadir. Shu bois M. folklor, yozma adabiyot, sanʼat va maʼnaviy qadriyatlarning shakllanishi uchun ilk zamin vazifasini oʻtagan;
2) miflarni tadqiq etuvchi, oʻrganuvchi fan, mifshunoslik. Mifologik tasavvurlar mohiyatini anglash va ularni ilmiy talqin qilishga boʻlgan ilk urinishlar antik davr olimlari tomonidan amalga oshirilgan. Xususan, Platon asotirlarni falsafiyramziy nuqtai nazardan talqin qilgan boʻlsa, yunon faylasufi Evgemer (miloddan avvalgi 3-asr) mifik obrazlarni oʻtmishda yashab oʻtgan real tarixiy shaxslarning timsoliy ifodasi deb bilgan. 19-asrning 1-yarmida Germaniyada "mifologik maktab" yuzaga kelgan. Mifologik maktabning nazariy asoslari nemis filologlari aka-uka Ya. va V. Grimmlarning "Nemis mifologiyasi" kitobida bayon kilingan. Ular xalq ertaklarini tax.lil qilish jarayonida qad. mifologik tasavvurlarning epik syujetlar tarkibidagi qoldiklarini aniqlashgan va hindevropa xalqdari Mifisi yagona negizga borib taqaladi, degan muhim ilmiy xulosaga kelishgan. Ana shu nazariyani rivojlantirgan A. Kun, V. Shvars, V. Mannhardt (Germaniya), M. Breal (Fransiya), M. Myuller (Angliya), F. I. Buslayev, A. N. Afanasyev, O. F. Myuller, A. A. Potebnya (Rossiya) kabi olimlar miflarni qiyosiy tadqiq etishgan. Keyinchalik jahon mifshu-nosligida koʻplab yangi ilmiy yoʻnalishlar yuzaga kelgan. Xususan, ingliz qiyosiy etnografiyasining yutuklari asosiga qurilgan "antropologik maktab" (E. Taylor, E. Lang , G. Spenser, J. Freyzer); mif va marosimlarni oʻzaro uzviyliqda tadqiq etgan kembrijlik mifshunoslarning "ritualistik maktab"i (D. Harrison, F. M. Kornford, A. B. Kuk, G. Marri); ibtidoiy madaniyatning ruhiy asoslarini oʻrgangan fransuz etnologlarining "ijtimoiy maktabi" (E. Dyurkgeym, L. Levi-Bryul); mifologik tafakkurning intellektual hodisa sifatidagi oʻziga xosligini yoritib bergan "simvolistik maktab" (E. Kassiyer, V. Vundt, K. G. Yung—Germaniya); "strukturual maktab" (K. Levi-Stross—Fransiya) vakillarining asarlarida miflar turli nuqtai nazardan taxdil kilingan. Oʻzbek M.si esa Gʻ. Akramov, B. Sarimsoqov, T. Haydarov, T. Rahmonov (mif va epos), M. Joʻrayev, Sh. Turdimov (oʻzbek Mifisining obrazlar silsilasi va genetik asoslari), Sh. Shomusarov (oʻzbek va arab Mifisining qiyosiy tahlili) kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan.
Mifologik dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu oddiy rivoyat emas, balk og’zaki «muqaddas» matnning arxaik ongdagi voqeahodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga ta’sir ko’rsatuvchi muayyan borliq sifatidagi in’ikosidir. Mif insoniyat tarixining ilk bosqichlarida, odamlar xulqatvori va o’zaro munosabatlarini tartibga solish funksiyasini bajargan, chunki unda axloqiy qarashlar, insonning borliqqa estetik munosabati o’z ifodasini opgan. Mifologiyaga shu narsa xoski, unda hamma narsa bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat narsalari va hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega bo’ladi.
Mifologiya (miflar majmui sifatida) qadimgi odamlar dunyoqarashi bilangina uzviy bog’liq emas. Oddiy ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, san’atda aniqravshan yoki pardalangan ko’rinishda mavjud bo’lgan miflar bugungi kunda ham (kim uchundir ko’proq, kim uchundir kamroq darajada) odamlar hayoti va ijodida faol rol o’ynab, har qanday inson dunyoqarashining tarkibiy qismi bo’lib qolmoqda. Jamiyatning axborotlashuvi jadal sur’atlarda o’sib borayotgan sharoitda mif televidenie
Qadimiy tasavvurlar silsilasi va o’z davrida tafakkur shakli hisoblangan miflar– odamlarning voqelikka nisbatan ongsiz ravishdagi hissiy munosabatining ifodasi sanaladi, tabiat va jamiyat hayotining xilma xil qirralarining mazmun mohiyatini tushuntiruvchi vositadir. Shuningdek, mif–afsona janrining badiiy shakli asosida bayon etilib, tarixda yashab o’tgan ajdodlarimizning olam haqidagi tasavvurlarini o’zida jamlaydi. Miflarning ommolashishida, ularning avloddan avlodga yetib kelishida xalq og’zaki ijro san’ati katta ahamiyat kasb etadi va ular asosan so’z
vositasida hikoya qilib berilgan, natijada bugungi kungacha yetib kelgan. Ilmiy manbalarda mif – atamasining 500dan ortiqroq ta’rifi mavjudligi qayd qilinadi.
Olam, tabiat hodisalari va ijtimoy hayot xususidagi qadimgi fantastik tushunchalarni o’zida aks ettirgan miflar quyidagi turlarga bo’linadi: 1) ibtido haqidagi miflar (olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo bo’lishi to’g’risidagi miflar); 2) samoviy miflar (osmon jismlari va tabiat hodisalarning paydo bo’lishi haqidagi miflar); 3) antropogenik miflar ( g’ayrioddiy xislatga ega bo’lgan afsonaviy personajlar haqidagi miflar); 4) kult miflari (muayyan e’tiqodiy ishonchlar bilan bog’liq miflar); 5) totemistik miflar (totem-ajdod haqidagi qadimgi tasavvurlar asosida paydo bo’lgan); 6) kalendar miflar (yil, oy, kun hisobi bilan bog’liq miflar);
7) o’lib – tiriluvchi tabiat kultlari haqidagi miflar; 8) animistik miflar (jon to’g’risidagi qadimgi tasavvurlarni o’zida mujassamlashtirgan miflar); 9) manistik miflar (ajdodlar homiyligi haqidagi miflar); 10) dualistik miflar (ezgulik va yovuzlik kuchlari o’rtasidagi kurash haqidagi asotiriy qarashlarni o’zida aks ettirgan miflar);
Dunyoqarash tushunchasi. Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi, o’zi va o’zgalar, hayot va olam to’g’risidagi tasavvurlari, xulosalari bo’ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to’g’risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyoqarashlar yig’indisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim. Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bo’lgan qarashlar, tushunchalar, g’oyalar shakllanadi. Bu – dunyoqarashning o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni ko’pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar. Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bo’lib, ongning sodda namoyon bo’lish shakllarini ham, oqilona va sog’lom fikrlarni ham o’z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning o’ziga xos turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar ta’sirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. «Har kimning o’z falsafasi bor» deyilganida ana shu hol anglashiladi. Demak, dunyoqarash o’zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur va etarli darajada asoslanmagan stixiyali xarakterga ega. Shuning uchun ham ko’p hollarda kundalik tafakkur muhim masalalarni to’g’ri tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish zarur. Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu ma’noda, har qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bo’lib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida vujudga keladi. Har bir avrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning o’z dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega ekanini ko’rsatadi. Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum dialektik jarayonda takomillashib boradi. Uning shakllari o’zgaradi, tarixiy ko’rinishlari muttasil yangilanib turadi. Ma’lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyoqarash nihoyatda oddiy bo’lgan. Agar shunday bo’lmaganida, har qanday jism o’z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqarish xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zamonning buyuk olimi Arximed hammomdan yalong’och holda chiqib,
Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomillashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qilingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko’rsatadi. Bunda vorislik an’anasi yaqqol ko’zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqarashi, g’oyasi o’tmishda yaratilgan ma’naviy qadriyatlarning eng yaxshilarini, ilg’or va ijobiylarini o’zida saqlab qoladi. Shu asosda yangi tamoyillarga ega bo’lgan dunyoqarash ham takomillashib boradi. Oddiy bug’ mashinasidan kosmik raketalargacha bo’lgan fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol bo’la oladi. Falsafiy dunyoqarash. Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, o’zgalarga va ularning faoliyatiga, o’z umri va uning mazmuni kabi ko’pdan-ko’p tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo’ladi. Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari ks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyg’u, aql-idrok va tafakkur ham muhim o’rin tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog’liq bo’lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr dunyoqarashida zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o’z ifodasini topadi. Masalan, bugungi O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash zarurati istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta’sir ko’rsatmoqda. Falsafiy dunyoqarash murakkab tuzilishga ega. U muayyan bilimlar, kelajakka qaratilgan g’oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch, e’tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlardan iborat. Bularning ichida e’tiqod muhim ahamiyat kasb etadi. U dunyoqarashning mazmunini tashkil etadigan asoslardan biridir. E’tiqod insonning o’z qarashlari va g’oyalari to’g’riligiga, orzu-umidlarining asosli ekaniga, faoliyati va xatti-harakatining umumiy maqsadlarga va talablarga mosligiga bo’lgan chuqur ishonchidan paydo bo’ladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini belgilaydi, ularni boshqaradi, shaxsni omilkorlikka, samarali faoliyatga undaydi. Falsafiy dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o’rin tutadi. Hissiyot dunyoqarashning emotsional-ruhiy jihati bo’lib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir. Hissiyot – quvonch, shodlik, zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, hayratlanish, xavotirlanish, asabiylashish, yolg’izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g’am-g’ussa, nadomat, o’z yaqinlari va vatani taqdirini o’ylash kabi xilma-xil shakllarda namoyon bo’ladi. Ana shular barchasining uyg’unligi dunyoni his etishga olib keladi. Dunyoni his qilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos bo’ladi. Inson aqli unga xos hissiyot va tasavvurlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi va takomillashtiradi. Har bir kishiga xos hissiyot va fikr, bilim va e’tiqod, intilish va kayfiyat, orzu-umid va qadriyatlar dunyoqarash tarkibida yaxlitlashadi va olamni bir butun holda aks ettiradi. Bir butun, yaxlit dunyoqarashning shakllanishi bolalikdan boshlanib, inson hayotining oxirigacha davom etadi. Bu holat individual dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini ifodalaydi. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishida bilim g’oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimda dunyoqarashning barcha belgilari mavjud. Lekin, bilim va dunyoqarash aynan bir narsa emas. Olamni tushunish bilimlar paydo bo’lishi uchun asosdir. Bilim inson ongida hissiy va aqliy bilish jarayonida hosil bo’ladi, u dunyoqarashning asosi, uning uzviy qismidir. Bilim muayyan sharoitda biron bir hodisa yoki narsani baholashda qo’l keladi va aynan ana shu jarayonda dunyoqarashga aylanadi. Bunday baho berish jarayonida mudom muayyan manfaatlar asos qilib olinadi. Shuning uchun ham ijtimoiy dunyoqarash turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda etadi, gohida ularni amalga oshirish uchun kurash maydoni bo’lib qoladi. Biror partiya yoki guruh o’z maqsadlariga etishish yo’lida butun jamiyat uchun xos bo’lgan umumiy ijtimoiy dunyoqarash tarkibida ko’proq va salmoqliroq joy egallashga yoki uni o’z manfaatlari foydasiga o’zgartirishga harakat qiladi. Umuman, hayotda maqsadga erishishning eng oson va qulay yo’li o’zgalar dunyoqarashini jamiyat foydasiga o’zgartira olishdir. Falsafa azal-azaldan dunyoqarash bo’lgan. Chunki, uning o’zi hayot nima uchun berilgan, dunyoga kelishdan maqsad nima, umrni mazmunli o’tkazishning qanday yo’llari bor, degan talay savollarga javob topish zarurati tufayli vujudga kelgan. Falsafiy dunyoqarash o’zining nazariy asoslangani va puxta ishlangani bilan ajralib turadi. Shu ma’noda, u boshqa fan yoki faoliyat sohasi uchun umumiy uslub vazifasini ham bajaradi. Agar nazariya bilish jarayonining natijasi bo’lsa, usul (metod) shu bilimga erishish oki uni amalga oshirish yo’lini anglatadi. Falsafiy nazariya esa, bir vaqtning o’zida usul vazifasini ham bajara oladi. Tarixning burilish davrlarida o’zgarishlarning asosiy yo’nalishlari va maqsadlari nechog’li to’g’ri ekani falsafiy dunyoqarash tamoyillariga solishtirib aniqlanadi. Bunda muayyan falsafiy nazariya umumiy usul (metod) sifatida qabul qilinadi. Shu sababdan ham bunday davrlarda falsafiy nazariyalarga e’tibor kuchayadi, taraqqiyot yo’llaridan borish falsafiy modellarining ahamiyati ortadi. Masalan, bizning mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga qo’shilish, demokratik davlat qurish borasida Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan taraqqiyot yo’li – «O’zbek modeli»ni amalga oshirmoqda. Bu yo’lning asosiy mohiyati islohotlarni inqilobiy tarzda emas, tadrijiy ravishda olib borishni nazarda tutadi. Prezidentimiz, aynan shu yo’lni taklifetar ekan, asosiy e’tiborni uning mohiyat-mazmuni, tarixda qanday natijalar bergani kabi masalalarga qaratgan. Bunda taraqqiyotning mazkur yo’li aniq tarzda tasavvur etilgan. Ya’ni, uning tarixiy va zamonaviy jihatlari, umumbashariy va mintaqaviy xususiyatlari, mamlakatimizning buguni va kelajagi uchun naqadar ahamiyati har tomonlama o’rganilgan. Ana shu asosda kerakli xulosalar chiqarilgan va ularni hayotga tadbiq etishning asosiy yo’l-yo’riqlari ko’rsatib berilgan. Biz ana shu nazariyani, bir tomondan, taraqqiyotimizning o’zimizga xos va mos modeli deb ataymiz. Ikkinchi tomondan esa, uni mamlakatimiz hayotini tubdan o’zgartiradigan va uning kelajagini belgilab beradigan, milliy dunyoqarash, ong va tafakkur rivojida muhim o’rin tutadigan umumfalsafiy tayanch – metodologiya deb bilamiz. Chunki, uning tamoyillari taraqqiyotimizning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi va shu bilan birga, bu jarayonga kuchli ta’sir ko’rsatadigan metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Inson ongli ijtimoiy mavjudot bo’lgani bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asoslanadi. Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki tabaqaning o’z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan holda borliqqa munosabatini ifodalovchi g’oyalar, nazariyalar, bilimlar majmuasi, ruhiy xolat va e’tiqod mujassami hamda ularning namoyon bo’lishidir.
Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash shakllari o’zaro bog’liqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi. Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va dunyoqarashida namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari muayyan inson, ijtimoiy guruh, tabaqa va butun millatning ma’naviy qiyofasini belgilab beradi. «Dunyoqarash» tushunchasi o’zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g’urur, tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik kabi tuyg’u va tushunchalar bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi. Chunki, dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oydinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bo’lagiga aylanadi. Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo’lib, jamiyat rivojlanishining ma’naviy mezoni sifatida namoyon bo’lgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, o’zlarining ijtimoiy hayotiga bo’lgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o’z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Yovuzlik va ezgulik o’rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmunidan dalolat beradi. Xususan, o’zbek xalqi tsivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og’zaki ijod namunalari millatimiz tarixda qanday ma’naviy qiyofaga ega bo’lganini hanuz ko’rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ahlini ayratga solmoqda. Masalan, qadimiy merosimiz namunasi – «Avesto»da yaxshilik ramzi – Axuramazda va yomonlik timsoli – Axriman o’rtasidagi kurash tarixi misolida oxir-oqibatda ezgulik baribir g’alaba qozonadi, ya’ni yorug’lik zulmat ustidan g’alaba qiladi, degan g’oya asosiy o’rinni egallaydi va hayotbaxsh g’oyalar ilgari suriladi. Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o’zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash g’oyalarining ifodasi bo’lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan. Dunyoqarashning mifologik mohiyati bugungi fan-texnika taraqqiyoti, insonning aqliy salohiyati bag’oyat yuksalib ketgan davrda juda jo’n va ibtidoiy bo’lib ko’rinadi. Ammo afsona va rivoyatlar o’zining kuchli jozibasi, insonparvarlik g’oyalari bilan hozirgi kunda ham kishilarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashning ta’sirchan va samarali omili bo’lib qolmoqda. Diniy qarashlar. Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo’lgan e’tiqodi bilan bog’liq bo’lib, vujudga kelishiga ko’ra, boshqa dunyoqarash shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Mifologik dunyoqarash afsonaviy kuchlarni e’tirof etish bilan bog’liq bo’lsa, diniy dunyoqarash ilohiy qudratlarga e’tiqod qo’yish bilan bog’liq. Shuning uchu ham bu dunyoqarash shaklini inson qalbidagi quyidagi holatlar belgilaydi: - emotsional-ruhiy holatlar; - iymon-e’tiqod; - iymon-e’tiqodning xatti-harakatlarda ifoda etilishi. Bular ayni paytda diniy dunyoqarashning asosiy tamoyillarini ham tashkil qiladi. Diniy dunyoqarash har bir davrda muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarib kelgan. «Din, shu jumladan islom dini ham, ming yillar davomida barqaror mavjud bo’lib kelganining o’ziyoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganidan, uning o’ziga xos bo’lgan bir qancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din, umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan»3. Jamiyat hayotida har qanday, shu jumladan, diniy dunyoqarashning o’rni va ahamiyatini ham sun’iy ravishida mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu hol ayniqsa, diniy fundamentalizm va ekstremizm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda yaqqol namoyon bo’lmoqda. Hozirgi davrda fan, texnika, dunyoviy ilmlarning kuchayib ketishi bilan «Diniy dunyoqarash, tafakkurning, insonni o’rab turgan dunyoga, o’zi kabi odamlarga munosabatning yagona usuli bo’lmaganligini ham ta’kidlash zarurdir. Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma-yon va u bilan teng yashash huquqiga ega bo’lgan holda rivojlanib kelgan». Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o’rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o’lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog’lab tahlil qilish hamda o’ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan bog’liq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o’rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda. Falsafiy dunyoqarashning asosiy yo’nalishlari. Dunyoqarash tizimi va unga xos nisbatan mustaqil yo’nalishlarning har birini falsafiy mulohazaning oydinlashgan (konkretlashgan) shakli sifatida qarash mumkin. Falsafiy dunyoqarash, sodda qilib aytadigan bo’lsak, insonning olam, odam va borliqqa munosabatini ifodalovchi bilimlar tizimidir. Unga inson borlig’ining mohiyati nuqtai nazaridan yondashiladigan bo’lsa, moddiy yoki ma’naviy jihatlari nechog’lik mutlaqlashtirilishiga qarab, uning tarkibida materialistik va idealistik dunyoqarash yo’nalishlari mavjudligini ko’ramiz. Agar borliq va uning xossalariga mavjudlik, bog’liqlik, o’zgarish va taraqqiyot nuqtai nazaridan bildirilgan munosabatlarni umumlashtiradigan bo’lsak, uning tarkibida metafizik va dialektik, sofistik va sinergetik kabi qator dunyoqarashlar mavjudligini ko’ramiz. Bular sof nazariy-falsafiy masalalar bo’lib, ular to’g’risida «Olam va odam», «Dunyoni falsafiy tushunish» bo’limlarida maxsus to’xtalib o’tamiz. Falsafiy dunyoqarash borliq haqidagi ilmiy qarashlar tizimining o’z-o’zicha shakllangan (mexanik) yig’indisi emas, balki ularning umumiy qonuniyatlar asosidagi tizimidir. Falsafiy dunyoqarash tarkibida quyidagi tamoyillar nomoyon bo’ladi: - turli dunyoqarash shakllarining o’zaro aloqadorligi kuchaymoqda; - muayyan dunyoqarash shakllanish va rivojlanish jarayonida insonga munosabatning ahamiyati ortib bormoqda; - milliy dunyoqarash umuminsoniy dunyoqarash shakli va uning tarkibiy qismi sifatida yuzaga kelgan. Falsafiy dunyoqarashning bu umumiy tamoyillari har qanday konkret dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, uning yana quyidagi tamoyillari ham bor:
2. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning o’tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi. 3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur etadi.
4.Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o’ziga xos falsafiy xususiyatga ega.
5. Falsafiy dunyoqarash maqsadga mavofiq bo’lib, inson manfaatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzu-umidlar bilan yashaydi, ularni o’z dunyoqarashida aks ettiradi.
6. Falsafiy dunyoqarashning g’oyaviylik tamoyili, uning asosida muayyan g’oya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o’zbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, o’zlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol g’oyasiga tayanishi bilan xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g’oyani e’tiqodga aylantirish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi.
7. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri nazariya va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qo’l kelishi bilan izohlanadi. Shuningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega. Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funktsiyalari). Falsafiy dunyoqarashning zikr etilgan tamoyillari, uning vazifalarini belgilab beradi. Ya’ni, bu vazifalar jamiyatning umumbashariy ruhdagi maqsad-muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi. Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi tarzida ko’zga tashlanadi. Bu — falsafiy dunyoqarashning baholash vazifasini anglatadi. Ya’ni, inson, o’z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh, oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi. Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, ya’ni ongli munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o’zi tayanadigan omillarga (ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari, vositalari, amaliy yo’nalishlari belgilanadi.
11) esxatologik miflar (olamning intihosi, oxir zamon to’g’risidagi miflar).
Ilmiy bilimlar tizimi ijtimoiy ong shakllaridan biri bu – fan hisoblanadi. Fan – o’zining ilmiy tushuncha uslublari va metodologiyasi ega bo’lgan, olamni bilish va o’zlashtirishining maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir.
Mifologiya – miflarni o’rganuvchi fandir va ibtidoiy madaniyatning asosi - olamni idrok etishning qadimgi vositasi va badiiy tafakkurning ibtidosidir. Mifologiya – inson aqliy faoliyati taraqqiyotining dastlabki bosqichi sifatida muhim ahamiyatga ega. Uning asosini qadimgi odamning mifologik tasavvurlarini o’zida mujassamlashtirgan miflar tashkil etadi. Mifologiya bir jihatdan odamlarning dunyo tabiat va inson haqidagi fantastik go’yalarini aks ettiruvchi xudolar, qahramonlar, ruhlar, badiiy to’qimalar haqidagi hikoya qiluvchi afsona va asotirlar majmui hisoblansa, boshqa jihatdan afsonalarning kelib chiqishi, mazmuni, ularning tarqalishi avloddan avlodga yetib kelishi, ularning boshqa xalq ijodiyoti janrlari bilan aloqalarini diniy e’tiqod va marosimlarini, tarixning tasviriy san’ati, afsona va to’qimalarning mazmun mohiyati bilan aloqador jihatlarini o’rganadigan fandir. Shuning bilan bir qatorda mifologiya mafkuraning shakllarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi va u falsafa, ilmiy g’oyalar, adabiyot va madaniyatni shakllantirish uchun manba vazifasini bajaradi.
XULOSA
Mifologiyaning arxaik qatlamiga nazar soladigan bo’lsak, quyosh, oy va yulduzlar haqidagi shamsiy qamariy miflar, olamning paydo bo’lishi haqidagi samoviy miflar, odamzotning yaratilishi haqidagi antropogenik miflar, qadimgi e’tiqodiy qarashlarni o’zida ifodalagan totemistik, anemistik va kult miflaridan tashkil topganining guvohi bo’lishimiz mumkin. Ba’zi hududlarda dehqonchilik madaniyati shakllanganligi tufayli tabiiy-iqlimiy o’zgarishlarning ramziy metaforik talqinlarga asoslangan taqvimiy miflar va o’lib tiriluvchu tabiat kultlari haqidagi miflarning keng tarqalishiga sababchi bo’lgan. Natijada Osiris (qadimgi Misr); Adoris (Finikiya); Dionis (Yunoniston); Syovush (O’rta Osiyo) haqidagi mifologik syujetlar yuzaga kelgan. Bunday syujetlar badiiy tafakkurning shakllanishi va taraqqiy etishida katta ahamiyat kasb etibgina qolmasdan xalq og’zaki badiiy ijodiyoti, yozma adabiyot va san’at asarlarida mifologik personajlarning mavjudligidan dalolat beradi. Mifologik obrazlar ibtidoiy badiiy to’qima va fantaziya mahsuli bo’lib, koinot, tabiat va jamiyatdagi g’ayritabiiy hodisalar, qadimgi odam hayolot dunyosida mavjud bo’lgan g’ayrioddiy kuchlarning vujudga kelish sabablarini izohlash vazifasini bajargan. Badiiy tafakkur taraqqiy etgan sari bunday obrazlar adabiyot va san’at olamiga asta sekin ko’cha boshlagan. O’zbek xalq afsonalari va ertaklaridagi, “Alpomish”, “Kuntug’mish”, “Rustamxon” hamda “Go’ro’g’li” turkumiga mansub dostonlardagi mifologik obrazlarning paydo bo’lishi buning yaqqol misoli. Shuningdek, folklor va yozma adabiyotdagi mifik obrazlar badiiy talqinning namoyon bo’lishi va poeti tafakkurning yuksak darajada aks ettirilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Mifik syujetlar aks ettirilgan asori atiqalar, xalq hunarmandchiligi va amaliy san’ati asarlari qadimgi tasavvurlar asosida yaratilgan bo’lib, mifologik tasavvurlarning vujudga kelishiga sababchi bo’lgan. Mifologik tasavvurlar ibtidoiy udum va marosimlarda ritual o’yinlar sifatida namoyon bo’lgan.

Yüklə 44,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə