2.O‘zlashtirilgan ma’lumotlar asosida keys savollariga javob variantingizni
yarating.
3. Javob variantingizni kichik guruhni boshqa vakillari bilan muhokama qiling va
umumiy javob variantingizni shakllantiring.
Keysni yechish jarayoni:
Manbadan “Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalishi” mavzusini o‘qib
chiqing. Mikroorganizmlar faoliyati mavzusini tahlil qiling. O‘zlashtirilgan
ma’lumotlar asosida keys savollariga javob variantlari yaratiladi, javob variantini
kichik guruhning boshqa vakillari bilan muhokama
qilinadi va umumiy javob
varianti shakllantiriladi.
Keys yechimi:
(Talabalar variantlari)
1._______________________________
2._______________________________
3._______________________________
O‘qituvchining yechimi:
Haporat, namlik, oziq moddalarining doimiyligi, so‘lakning
ishqoriy
reaksiyaliligi mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit
hisoblanadi.
Turli xil kokklar, sut kislota bakteriyalari, spiroxetalar,
aktinomitsetlar xamirturishga xos zamburug‘lar
va urchuqsimon tayoqchalar
ustunlik qiladi. Og‘iz bo‘shlig‘i mikroorganizmlari tish kariesi, stomatit,
yumshoq to‘qimaning yallig‘lanishi kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
2-Topshiriq
.
Shifokor qabuliga kelgan bemorda qattiq yo‘tal, balg‘am ajralilishi va ko‘krak
qafasida og‘riq bor edi. Bemor tekshiruvlardan o‘tganda unda o‘pka yallig‘lanishi
aniqlandi. Kasallik mikroorganizmlar tomonidan kelib chiqqan. Nima ta`sirida
organizm immuniteti pasaygan va mikroorganizmlar faoliyati kuchaygan.
Siz bu
jarayonni qanday izohlaysiz?
Keys savollari:
1.Nafas yo‘lida nimalar mikroorganizmlarga qarshilik ko‘rsatadi?
2.Qachon nafas yo‘llaridagi mikroorganizmlar faollashadi?
3.Mikroorganizmlar nafas yo‘llarida qanday kasalliklarni kelib chiqishiga sabab
bo‘ladi?
Dostları ilə paylaş: