vositasida suvli muhitda xarakatlanadi) to‘plangan bo‘ladi,
qulay sharoitda bu
zoosporangiylar tashqariga chiqib tarqaladi va o‘simliklarni
zararlaydi.Zoosporalar xosil qilish
Olpidium, Phyzoderma, Phytophthora
kabi
zamburug‘larga xosdir.
3.Jinsiy ko‘payish:
Bunda ikki xujayralarning qo‘shilishi natijasida sporalar
xosil bo‘ladi.
a)Planogamiya - Xitridiomisetlar sinfi vakillarida jinsiy jarayon ikki xil shakldagi
gametalarning qo‘shilishi – kopulyatsiyasi bilan amalga oshadi. Xosil bo‘lgan planozigota o‘simlik
to‘qimasi ichiga kirib tinchlangan spora – sistaga aylanadi. qulay sharoit bo‘lganda sistaning
rivojlanishidan zoosporangiy ichida zoospora yetiladi.
b)Oogamiya - Oomisetlar sinfi vakillarida jinsiy ko‘payish oogamiya usulida amalga
oshadi. Bunda otalik gametangiy – anteridiyda xosil bo‘lgan suyuqlik onalik gametangiysi
oogoniyga kelib tushadi. Bunda oosporalar hosil bo‘ladi. Oogamiya yo‘li bilan ko‘payish soxta un
shudring zamburug‘larida kuzatiladi.
v) Zigogamiya - zigomisetlar sinfi vakillarida ikkita morfologik gametalarning qo‘shilishi
natijasida zigospora hosil bo‘ladi.
g) Askomisetlarni ko‘payishi
bunda ikkita xujayralar qo‘shiladi. Bitta
xujayra-otalik xujayra-anteridiy deyiladi. Ikkinchi xujayra – onalik xujayra-
arxikarp deyiladi. Arxikarp uchta qismdan – askogen, trixogena va askoganiy
asosidan iborat. Jinsiy ko‘payishda ya’ni protsessda anteridiy askogenga
yaqinlashib trixogenaga yopishadi va qo‘shilish natijasida antediyning ichidagi
suyuqlik askogengpa o‘tadi. Yadrolar yaqinlashadi va qo‘shiladi natijada
askogendan gifalar o‘sib chiqadi. Ularni ichida sporali xaltachalar xosil
(askosporalar).
d) Bazidiomisetlarni ko‘payishi
- bunda ikki xil miseliy (birlamchi galloid)
qo‘shiladi va diploid miseliy hosil bo‘ladi, diploid miseliydan o‘simta hosil
bo‘ladi ya’ni (bazidiyalar) bo‘ladi
Buo‘simta ikkita yadroli bo‘ladi
Bazidiya ustida 4 ta bir hil o‘simta hosil bo‘ladi. Bo‘lingan yadrolar har biri
ana shu o‘simtalarga o‘tadi va bazidiospora hosil qiladi.
Bu sporalar yetilib uziladi va atrofga tarqaladi.
MAVZU: ZAMBURUG‘LARNING MEVA TANAChALARI.
Ish
rejasi:
1. Loje soxta meva tanasi.
2. Piknida soxta meva tanasi.
3. Kleystotesiya meva tanasi.
4. Peritesiy meva tanasi.
5. Apotesiyalar meva tanasi.
6. Bazidiyali meva tanachalar
.
Zaruriy jixozlar: Meva tanachalar bilan tanishish uchun doimiy preparatlar.
Mikroskop,
qoplog‘ich va buyum oynachalari, spirt lampasi, sirtmoq. Rangli jadvallar va gerbariylar.
(yong‘oqning qo‘ng‘ir dog‘lanishi,bedaning askoxitoz va un-shudring, olxo‘rining polistigmoz,
kungaboqarning oq chirish kasalliklari va po‘kak meva tanasi).
Topshiriq. 1. Mevatanachalar bilan tanishish.
2. Mevatanachalarni mikroskopda ko‘rish va rasmini chizish.
Zamburug‘larning mevatanachalari ularning ko‘payishi va saqlanishida
katta ahamiyatga ega. Mevatanalardan iborat bo‘lgan menva tanachalar bir
necha xil bo‘ladi:
Piknida
– sharsimon meva tanacha, uning ichida konidiyalar va
konidiya bandlar joylashgan bo‘ladi. Konidiyalar rangli yoki rangsiz ko‘p
xujayrali (makrokonidiyalar) yoki bir xujayrali mikrokonidiyalar bo‘ladi
.
Loje
– bu mevatanacha konidiya bandlaridan iborat bo‘lib, bo‘sh
to‘qilgan miseliylar orasida bo‘ladi.
Kleystotesiy
– yopiq, dumaloq, sharsimon mevatana bo‘lib, ichidagi
xaltachalarda sporalar yetiladi. Ular xaltacha devori parchalangandan keyin
tashqariga chiqadi.
Peritesiy –chala ochiq, sharsimon, noksimon shaklda bo‘lib tepa qismida sporalar chiqishi
uchun teshikcha xosil qiladi. Peritesiyning ichida xaltacha va sporalar yetiladi.
Apotesiy – turli shaklga ega bo‘lgan: disksimon, taqsimchasimon ko‘rinishda bo‘ladi. Uning
ichidagi qavatlarida xaltachalar (gimeniy) va ular ichida askosporalar xosil bo‘ladi.
Po‘kaklar – mevatanasi bir yillik yoki ko‘p yillik bo‘lib, yumshoq etli yoki yog‘ochsimon
bo‘ladi, ba’zan uzunligi bir metrga yetadi. Shakli turlicha, yoyiq, plastinkasimon, tuyoqsimon,
qalpoqchasimon bo‘ladi. Bularga turli xil daraxtda yashovchi zamburug‘lar kiradi. Ularning
mevatanasi ko‘p yillikdir.
9-MAVZU: ZAMBURUG‘LARNING SISTEMATIKASI. XITRIDIOMISETLAR
SINFINING TAVSIFI.
ISH REJA:.
1. Plasmodiophorales tartibining tavsifi va vakillari
2. Plasmodiopharaceae oilasi
3. Myxochytridiales tartibining tavsifi va vakillari
4. Olpidiaceae oilasi
5. Synchytiaceae oilasi
Zaruriy jihozlar: Fikatsiya qilingan materiallar (karamni kila kasalligi, kartoshkani rak, olma
yoki kartoshkani parsha kasalliklari). Doimiy preparatlar (kartoshkaning rak, karamning kila
kasalligi). Mikroskop. Rangli jadvallar (karamni kila, kartoshkani kukunsimon parsha, karamni
qora son va kartoshkani rak kasalliklari).
Topshiriq: 1. Kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan tanishish.
2. Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarini chizish.
Zamburug‘larning sistematikasi. Hozirgi zamonda zamburug‘lar 2 guruhga va 6ta sinfga
bo‘linadi.Tuban zambruglarga va yuksak zamburuglarga bo‘linadi.
Tuban zamburuglarning tanasi yalongoch sitoplazmadan, ameboiddan
yoki bir xujayrali
miseliydan iborat.
Yuksak zamburuglarning tanasi ko‘p xo‘jayrali miseliydan iborat.
Tuban zamburuglar uchta evolyusion gruppaga bo‘linadi:
1. Bir xivchinli zoospora hosil qiluvchi organizmlar.
2. Ikki xivchinli zoospora hosil qiluvchi organizmlar.
3. Xivchinsiz va xaraktsiz spora hosil qiluvchi organizmlar
Tuban zamburuglarga 3 ta sinf kiradi:
1. Xitridiomisetlar
2. Oomisetlar
3. Zigomisetlar
Yuksak zamburuglarga ham 3 ta sinf kiradi:
1. Askomisetlar
2. Bizidiomisetlar
3. Deutromisetlar