Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27

vositasida suvli muhitda xarakatlanadi) to‘plangan bo‘ladi, qulay sharoitda bu 

zoosporangiylar tashqariga chiqib tarqaladi va o‘simliklarni 

zararlaydi.Zoosporalar xosil qilish 

Olpidium, Phyzoderma, Phytophthora 

kabi 


zamburug‘larga xosdir. 

3.Jinsiy ko‘payish:

   Bunda ikki xujayralarning qo‘shilishi natijasida sporalar 

xosil bo‘ladi. 

 

a)Planogamiya - Xitridiomisetlar sinfi vakillarida jinsiy jarayon ikki xil shakldagi 

gametalarning qo‘shilishi – kopulyatsiyasi bilan amalga oshadi. Xosil bo‘lgan planozigota o‘simlik 

to‘qimasi ichiga kirib tinchlangan spora – sistaga aylanadi. qulay sharoit bo‘lganda sistaning 

rivojlanishidan zoosporangiy ichida zoospora yetiladi.  

 

b)Oogamiya - Oomisetlar sinfi vakillarida jinsiy ko‘payish oogamiya usulida amalga 

oshadi. Bunda otalik gametangiy – anteridiyda xosil bo‘lgan suyuqlik onalik gametangiysi 

oogoniyga kelib tushadi. Bunda oosporalar hosil bo‘ladi. Oogamiya yo‘li bilan ko‘payish soxta un 

shudring zamburug‘larida kuzatiladi

v) Zigogamiya - zigomisetlar sinfi vakillarida ikkita morfologik gametalarning qo‘shilishi 

natijasida zigospora hosil bo‘ladi.  

g) Askomisetlarni ko‘payishi

  bunda ikkita xujayralar qo‘shiladi. Bitta 

xujayra-otalik xujayra-anteridiy deyiladi. Ikkinchi xujayra – onalik xujayra-

arxikarp deyiladi. Arxikarp uchta qismdan – askogen, trixogena va askoganiy 

asosidan iborat. Jinsiy ko‘payishda ya’ni protsessda anteridiy askogenga 

yaqinlashib trixogenaga yopishadi va qo‘shilish natijasida antediyning ichidagi 

suyuqlik askogengpa o‘tadi. Yadrolar yaqinlashadi va qo‘shiladi natijada 

askogendan gifalar o‘sib chiqadi. Ularni ichida sporali xaltachalar xosil 

(askosporalar). 

d)  Bazidiomisetlarni ko‘payishi

  - bunda ikki xil  miseliy (birlamchi galloid) 

qo‘shiladi va diploid miseliy hosil bo‘ladi, diploid miseliydan o‘simta hosil 

bo‘ladi ya’ni (bazidiyalar) bo‘ladi 

Buo‘simta ikkita yadroli bo‘ladi 

 Bazidiya  ustida 4 ta bir hil o‘simta hosil bo‘ladi. Bo‘lingan yadrolar har biri 

ana shu o‘simtalarga o‘tadi va bazidiospora hosil qiladi. 

Bu sporalar yetilib uziladi va atrofga tarqaladi. 



MAVZU: ZAMBURUG‘LARNING MEVA TANAChALARI. 

 Ish 

rejasi: 

1. Loje soxta meva tanasi. 

2. Piknida  soxta meva tanasi. 

3. Kleystotesiya meva tanasi. 

4. Peritesiy  meva tanasi. 

5. Apotesiyalar meva tanasi. 

6. Bazidiyali meva tanachalar



Zaruriy jixozlar: Meva tanachalar bilan tanishish uchun doimiy preparatlar. Mikroskop

qoplog‘ich va buyum oynachalari, spirt lampasi, sirtmoq. Rangli jadvallar va gerbariylar. 

(yong‘oqning qo‘ng‘ir dog‘lanishi,bedaning askoxitoz va un-shudring, olxo‘rining polistigmoz, 

kungaboqarning oq  chirish kasalliklari  va po‘kak meva tanasi). 



Topshiriq. 1. Mevatanachalar bilan tanishish. 

2. Mevatanachalarni mikroskopda ko‘rish va rasmini chizish. 

 



Zamburug‘larning mevatanachalari ularning ko‘payishi va saqlanishida 

katta ahamiyatga ega.  Mevatanalardan iborat bo‘lgan menva tanachalar bir 

necha xil bo‘ladi: 

Piknida

 – sharsimon meva tanacha, uning ichida konidiyalar va 

konidiya bandlar joylashgan bo‘ladi. Konidiyalar rangli yoki rangsiz ko‘p 

xujayrali (makrokonidiyalar) yoki bir  xujayrali mikrokonidiyalar bo‘ladi





Loje

 – bu mevatanacha konidiya bandlaridan iborat bo‘lib, bo‘sh 

to‘qilgan miseliylar orasida bo‘ladi.

 

Kleystotesiy

 – yopiq,  dumaloq, sharsimon mevatana bo‘lib, ichidagi 

xaltachalarda sporalar yetiladi. Ular xaltacha devori parchalangandan keyin 

tashqariga chiqadi. 

 

Peritesiy –chala ochiq, sharsimon, noksimon shaklda bo‘lib tepa qismida sporalar chiqishi 

uchun teshikcha xosil qiladi. Peritesiyning ichida xaltacha va sporalar yetiladi. 

 

Apotesiy – turli shaklga ega bo‘lgan: disksimon, taqsimchasimon ko‘rinishda bo‘ladi. Uning 

ichidagi qavatlarida xaltachalar (gimeniy) va ular ichida askosporalar  xosil bo‘ladi.  



Po‘kaklar – mevatanasi bir yillik yoki ko‘p yillik bo‘lib, yumshoq etli yoki yog‘ochsimon 

bo‘ladi, ba’zan uzunligi bir metrga yetadi. Shakli turlicha, yoyiq, plastinkasimon, tuyoqsimon, 

qalpoqchasimon bo‘ladi. Bularga turli xil daraxtda yashovchi zamburug‘lar kiradi. Ularning 

mevatanasi ko‘p yillikdir. 



9-MAVZU: ZAMBURUG‘LARNING SISTEMATIKASI. XITRIDIOMISETLAR 

SINFINING TAVSIFI. 

ISH REJA:. 

1.  Plasmodiophorales tartibining tavsifi va vakillari 

2.  Plasmodiopharaceae oilasi  

3.  Myxochytridiales tartibining tavsifi va vakillari 

4.  Olpidiaceae oilasi 

5.  Synchytiaceae oilasi 

Zaruriy jihozlar: Fikatsiya qilingan materiallar (karamni kila kasalligi, kartoshkani rak, olma 

yoki kartoshkani parsha kasalliklari). Doimiy preparatlar (kartoshkaning rak, karamning kila 

kasalligi). Mikroskop. Rangli jadvallar (karamni kila, kartoshkani kukunsimon parsha, karamni 

qora son va kartoshkani rak kasalliklari). 

Topshiriq: 1. Kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan tanishish. 

2. Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarini chizish. 



Zamburug‘larning sistematikasi. Hozirgi zamonda  zamburug‘lar 2 guruhga va 6ta sinfga 

bo‘linadi.Tuban zambruglarga va yuksak zamburuglarga bo‘linadi. 



Tuban zamburuglarning tanasi yalongoch sitoplazmadan, ameboiddan yoki bir xujayrali 

miseliydan iborat. 



Yuksak zamburuglarning tanasi ko‘p xo‘jayrali miseliydan iborat. 

Tuban zamburuglar uchta evolyusion gruppaga bo‘linadi: 

1.  Bir xivchinli zoospora hosil qiluvchi organizmlar. 

2.  Ikki xivchinli zoospora hosil qiluvchi organizmlar. 

3.  Xivchinsiz va xaraktsiz spora hosil qiluvchi organizmlar 

Tuban zamburuglarga 3 ta sinf kiradi: 

1.  Xitridiomisetlar 

2.  Oomisetlar 

3.  Zigomisetlar 

Yuksak zamburuglarga ham 3 ta sinf kiradi: 

1.  Askomisetlar 

2.  Bizidiomisetlar 

3.  Deutromisetlar 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə