Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27

Jinssiz ko‘payishi. 2 xivchinli zoosporalar yordamida boradi. 

Jinsiy ko‘payishi. Esa oogamiya yo‘li Bilan bo‘ladi. 

1. Saprolegniales. 2. Perenosparales. 



1.- tartib: Saprolegniales  bu tartibga  kiruvchi zamburug‘lar o‘lik xujayralarda o‘simlik  

qoldiqlarida yashaydi. Vegetativ tanasi yaxshi rivojlangan. Miseliysi yo‘g‘on va shoxlangan bo‘lib, 

substratga rizoidlari orqali yopishadi.  

Bu tartibga Saprolegniatsiya oilasi kiradi. Bu oila esa o‘z navbatida Aphanomyces - 



Afonomises avlodiga bo‘linadi. Bu avlod vakillari – zoosporalari ipsimon zoosporangiyda hosil 

bo‘lib, undan, yalang‘och protoplazma holda to‘planib chiqadilar va po‘stloq bilan qoplanadilar. 

Keyinchalik esa po‘stloqdan yon tomonida joylashgan 2 xivchinli zoospora Bilan chiqadi. 

Avlod vakillari: A.cochlioides - qand lavlagini korneed kasalligini keltirib chaqaradi. 



2-tartib:Perenosporales bu tartibga  kiruvchi zamburug‘larning miseliysi ko‘p yadroli va 

yaxshi rivojlangan bo‘ladi.  



Jinssiz ko‘payishi 2 xivchinli zoosporalar va konidiyalar yordamida o‘tadi.  

Jinsiy ko‘payishi esa oogamiya yordamida o‘tadi.  

Bu taritb zamburug‘lari oospora va miseliy holida qishlaydi. 

Sporangiy bandlarining tuzilishiga va zoosporalar o‘simtasi xususiyatiga asoslanib 

Perenosporales tartibi 4 ta oilaga bo‘linadi. 1. Putiaceae (pitatsiya) 2.Phitophthoraceae. 



(fitoftoaratsiya), 3.Perenosporaceae (perenosporatsiya), 4.Albuginaceae (albuginatsiya). 

1-oila - Pitatsiya: Bu oila vakillarining miseliysi zararlangan o‘simlik organlarining sirtida va 

to‘qima oralig‘ida joylashgan bo‘lib, sporangiy bandlari oddiy miseliydan farq qilmaydi. Bular 

o‘simlik  va suv o‘tlarida turli kasalliklarni yuzaga keltiradi. 

Bu oilaning 1-avlodi – Pitium kiradi. Bu avlodga kirgan zamburuglarning miseliysining 

uchida zoosporalar joylashgan bo‘ladi (konidiya), lekin miseliysi zararlangan xujayralar ichida 

joylashgan bo‘ladi. Bu avlodning vakillari asosan o‘simlikning unish davrida  zararlaydi. 

M-n: Ildiz chirish kasalligi – Pitium deboryanum (lavlagi, karam, kartoshka). 

 

2-oila – Fitoftoratsiya - Bu oilaga kirgan zamburug‘larning miseliysi zararlangan o‘simlik 



hujayrasida rivojlanadi. Miseliylar hujayralarni teshib, tashqariga konidiya bandlarining hosil 

qiladi. Konidiyalar bandlari ichida konidiyalar yoki zoosporalar joylanadi.  

Bu oilaga - Fitoftora  avlodi kiradi. Zararlangan o‘simlik hujayralari ichida zoosporangiylar 

o‘sib, ikki xivchinli zoosporalarga aylanadi va bu zoosporalar boshqa o‘simliklarni zararlaydi. 

 

Bu avlod vakil: Fitoftora infenstans – kartoshkani fitoftoroz kasalligini qo‘zg‘atadi. 



 

3-oila – Perenosporatsiya  -  Bular obligat parazit holda yashovchi parazit zamburuglardir. 

Ular o‘simliklarda soxta un shudring kaslligini qo‘zg‘atadi. Bu oila vakillari konidiya bandlarining 

tuzilishiga qarab ular bir-nechta avlodga  bo‘linadi va ularning ichidagi konidiyalarning joylashiga 

qarab avlodlar farqlanadi. 



1 –avlod – Perenospora –bu avlodga kirgan zamburug‘larning konidiya bandlari dixotomik 

shoxlangan. Ularning uchlari o‘tkir bo‘lib konidiyalari joylashadi. Ushbu avlod vakili Perenospora 

aystevales –bedani soxta un-shudring kasalligini qo‘zgatadi. 

2-avlod - Plazmopara – bu yerda ularning konidiya bandlari monopadial joylashgan bo‘ladi. Ushbu 

avlod vakili – Plazmopara vitikola tokning mildyu kasalligini qo‘zgatadi. 



 3-avlod Bremiya – bularda konidiya  bandlarining uchlari panjasimon shaklda bo‘ladi. Ular salatda 

soxta un-shudring kasalligini qo‘zgatadi. 

 

4- oila Albuginatsiya: Bu oila zamburug‘Lar oq zang kasalligini keltirib chiqaradi. 

Ularngparazit holda yashaydi. Konidiyalar epidermis tagida joylashgan bo‘ladi. Shuning uchun ular 

o‘simliklarda oq yostiqchalar hosil qiladi. Bu oilaga 1 ta Albugo avlodi kiradi. Bu avlodga kiruvchi 

zamburug‘larning konidiyalari bulavkasimon bo‘ladi. Konidiyalar epidermis yorilgandan so‘ng 

o‘simliklarni zararlaydi. Ular o‘simliklarda oq zang kasalligini qo‘zgatadi. 

Avlod vakili

 – Albugo kandida  -  krestguldoshlarga zang kasalligining 

keltiradi.

  

 

12-MAVZU: ASKOMISETLAR SINFINING  SISTEMATIKASI.  



HEMIASCOMYCETIDAE (GEMIASKOMISETLAR) KENJA SINFINING  

VAKILLARI. 

Ish rejasi: 

1.

 

Endomycetales. tartibi: 

1.

 

Endomycetaseae oilasi 

2.

 

 Taphrinales tartibi: 

3.

 

Taphrinaseae oilasi 

 

Zaruriy jihozlar : Rangli  jadvallar. Gerbariydan namunalar (shaftoli barglarini bujmayishi). 

Fiksatsiya qilingan bankalar (olxo‘ri mevalarini danaksizlanishi). Lupalar. 

Topshiriq: 1.Kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan tanishish. 

2.

 

Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarni chizish. 

Askomisetlar sinfiga kiruvchi  zamburug‘larning tanasi yaxshi rivojlangan bo‘lib, bularning  

miseliysi ko‘p hujayrali bo‘ladi. Bularning jinssiz ko‘payishi konidiyalar yordamida o‘tadi. Jinsiy 

ko‘payishi esa otalik va onalik xujayralarni qo‘shilishi yordamida o‘tadi. Askomisetlar  sinfi 

xaltachalarni joylashiga qarab 3 ta kenja sinfga bo‘linadi. 



1.

 

Hemiascomycetidae (gemiaskomisetlar) kenja sinfi – ya’ni yalongoch xaltali 

zamburuglar, bularmiseliyda ochiq holda joylashadi. 



2.

 

Loculoascomycetidae   (lokuloaskomisetlar) kenja sinfi – ya’ni soxta meva 

tanali zamburuglar, bular miseliyni oraligida maxsus bo‘shliqlarda 

joylashadi. 

3.

 

Euascomycetidae  (euaskomisetlar) kenja sinfi ya’ni xaqiqIy xaltali 

zamburuglar, bular miseliyda meva tanalarning ichida joylashadi. 

1.  Hemiascomycetidae (gemiaskomisetlar) kenja sinfiga kiruvchi zamburuglar zararlangan 

o‘simlik organlarida joylashagan bo‘ladi. Bu kenjja sinf 2 ta tartibga bo‘linadi. 



1.

 

Endomycetales (endomuketales) tartibi. 

2.

 

Taphrinales (tafrinales) tartibi. 

1.  Endomycetales   tartibiga kiruvchi zamburuglar saprofit holda hayot kechiradi. Bular 

tabiatga juda keng tarqalgan bo‘lib, shakarga boy bo‘lgan mevalarda, shikastlangan daraxt 

tanasining shirali oqimida, gul nektarlarida uchraydi. Bu tartib Endomycetaseae  oilasini tashkil 

etadi. Oila esa bir necha avlodga bo‘linadi. 

1. Endomyces  (Endomukes) 

2.Nematospora  (Nematospora)  

3. Saccharomyces (Saxaromises) 

1. Endomyces  avlodiga kiruvchi zamburuglar miseliy shoxlarida xaltalar va sporalar hosil qiladi. 

Bularning shakli dumaloq yoki qalpoqchasimon bo‘ladi. 

 

 Masalan: E.mali  olmaning chirish kasalligida uchraydi. 

2.Nematospora  avlodiga kiruvchi zamburuglarining miseliysi yaxshi rivojlangan bo‘lib, sporalari 

yelpigichsimon yoki dumaloq shaklda bo‘ladi. 



3. Saccharomyces  avlodiga achitqi zamburuglar kiradi. Bu avlod vakillarining haqiqIy miseliysi 

bo‘lmaydi, bular kurtaklanish yo‘li Bilan hosil bo‘ladigan bir yadroli xujayralardan iborat. Asosan 

kurtaklanish yo‘li Bilan ko‘payadi. 

Taphrinales  tartibiga kiruvchi zamburug‘lar parazit holda hayot kechiradi.Bunday parazitlar 

o‘simliklarda deformatsiyalar hosil qiladi, ya’ni zararlangan organlarda barglarni bujmayishi, 

mevalarda esa danaksizlikni va turli shakl o‘zgarishlarini sodir etadi. Bu tartibga kiruvchi 

zamburuglarning miseliysi ipsimon, ko‘p xujayrali bo‘lib, endofit rivojlanadi (ikki yadroli 

xujayralar). Xaltachalari meva tanasiz miseliyni o‘zida yalangoch holda hosil bo‘ladi. Xaltachalar 

silindrsimon va zich joylashgan. Bu tartib  1 ta   



Taphrinaseae oilasini tashkil etadi. Oila esa 1 ta  Taphrinia  avlodini beradi. 

Taphrinia   avlodi vakillarining miseliysi bir yoki ko‘p yillik bo‘lib, ko‘p yilliklari 

daraxtlarning tanasida saqlanadi, bir yilliklari esa barglarda rivojlanadi. Ko‘p yillik 




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə