Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27

2.  Discomycetidae (Diskomisetlar). 

3.  Pyrinomycetidae (Pirinomisetlar). 



1.Plectomycetidae  tartib guruhi kiruvchi zamburuglarning meva tanalari klestotesiyalardan 

iborat bo‘lib, ularning ichida xaltachalar betartib joylashgan. Sporalari ko‘pincha rangsiz, ba’zi 

hollarda rangli bo‘ladi. Bu tartib zamburuglari saprofit bo‘lib, o‘simlik va xayvon qoldiqlari va 

boshqalarda hayot kechiradi. Ba’zi avlodlari ishlab chiqarishda ahamiyatga egadir. Bu tartib 1 ta 

Euratiasae (Euratatsiya) oilasini tashkil etadi. Bu oila zamburuglari uruglarda turli kasalliklarni 

keltiradi, mevalarni saqlashda yashil guborlarni hosil qiladi. Bu oila 2 ta avlod beradi: 



1. Aspergillus 

2. Penicillum 

 

Bu avlodlar bir –biridan konidiyalarining tuzilishiga qarab farq qiladi. Bularni turli xil 



chirigan o‘simlik qoldiqlarida, iste’mol qilinadigan mahsulotlarda, mevalarda uchratish mumkin. 

2.Eysiphales tartibiga kiruvchi zamburuglarning meva tanachalari kleystotesiylardan iborat. 

Bu zamburug obligat parazitlar hisoblanadi. Bularning miseliysi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. +ishloq 

xo‘jalik o‘simliklarida  un-shudring kasalliklarini keltiradi. Bu tartibga 1 ta Eysiphaseae oilasi 

kiradi. Oila esa o‘z ichiga bir nechta avlodni oladi. 



1.Sphaerotheca (Sferotika) avlodi vakillarining klestotesiyasini xivchinlari – vegetativ gifalarga 

o‘xshash bo‘ladi. 



2. Podosphaera (Podosfera) avlodi vakillarining klestotesiya xivchinlari ipsimon bo‘lib, uchlari 

shoxlangan bo‘ladi. 



3. Erysiphe (Erizife) avlodi vakillarining klestotesiya xivchinligi oddiy bo‘lib, xaltachalari juda 

ko‘p bo‘ladi. 



4. Leveillula (Levelyulya) avlodi vakillarining xivchinlari miseliyga o‘xshaydi.  

5. Microsphaera (Mikrosfera) avlodi vakilllarining kleystotesiya xivchinlari meva tananing ustki 

qismiga joylashgan bo‘lib, uchlari panjasimon shoxlangan bo‘ladi. 



6. Uncinula (Unsinula) avlodi vakillarining xivchinlari meva tananing tagidan o‘ralgan bir nechta 

xivchinlardan iborat, uchlari esa spiralga o‘xshash o‘ralgan bo‘ladi.  



7. Phyllactinia  (Fillaktiniya) avlodi vakillarining kleystotesiya xivchinlari 2 xil bo‘ladi, tepa 

qismida ingichka shoxsimon gifalar holida, o‘rta qismida esa bigizsimon bo‘ladi. 

Bu avlodlar bir-biridan xaltachalar soni va kleystotesiyasini xivchinlarini joylashiga qarab 

farq qiladi. 



2.Discomycetidae (Diskomisetlar) tartib guruhiga kiruvchi zamburuglarning meva tanalari 

apotesiylardan iborat. Apotesiylar stromalarda yoki substratni o‘zida, uning ichki qismida yoki 

ustida joylashgan bo‘ladi. Bu tartib guruhi 2 ta tartibga bo‘linadi. 1.Phacidiales. 2.Helotiales 

1. Phacidiales  tartibiga kiruvchi zamburuglarning apotesiylari substratda yoki stromada 

hosil bo‘ladi. Apotesiyalari uzunchoq yoki dumaloq shaklda bo‘lib, sporalar yetilganda 

yulduzchasimon holida yoriladi. Bu tartibga 1 ta Phacidiaseae oilasi  kiradi. Oila esa bir nechta 

avlodi o‘z ichiga oladi. 



1. Lophodermium (Lofodermium) avlodi vakillari substratni ichida joylashgan bo‘lib, 

uzunchoq apotesiyalar hosil qiladi. 



Masalan: L.pinastry –korli shyutte kasalligini keltiruvchi zamburug. 

2. Phacidium (Fasidim) avlodi vakillari ham substrat ichida joylashadi, apotesiylari esa 

dumaloq shaklda bo‘ladi. 



Masalan: Ph.infestans- oddiy shyutte kasalligini keltiruvchi zamburug. 

3.Coccomyces (Kokkomises) avlodi vakillarining apotesiyalari substrat ichida to‘p-to‘p 

bo‘lib joylashadi. Bular qoramtir, dumaloq shaklga ega bo‘lib, meva tanasi erkin yoriladi. 



Masalan: Cylindrosporium hiemale – danakli meva daraxtlarining kokkomikoz kasalligini 

keltiruvchi zamburug. 



4.Rhytisma (Ritizma) avlodi vakillarining apotesiylari sklerotsial stromalarda hosil bo‘ladi. 

Masalan: Rh.acerium – klen barglarida qora doglanish kasalligini keltiradi. 

2.Helotiales tartibiga kiruvchi zamburuglarning apotesiyalari yumshoq va etdor stromalarda 

hosil bo‘ladi. Apotesiyalar substratning ustki qismida oyoqchasiz yoki uzun oyoqchali bo‘ladi. Bu 




tartib vakillarining ko‘pchiligi saprofit, ayrimlari parazit holda hayot kechiradi. +ishloq xo‘jalik 

o‘simliklarida chirish, doglanish, kuyish va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu tartib 1 ta 

oila Mollinniaceae va 3 ta avlod beradi: 

1. Pseudopeziza (Psevdopesiya) avlodi vakillari avvaliga zararlangan substratni ichiga 

joylashgan, keyinchalik tashqariga chiqadigan tarelkasimon yoki disksimon apotesiyalar hosil 

qiladi. Spora bir xujayrali. 

Masalan: Ps.Medicagines – beda barglarini qo‘ngir doglanish kasalligini keltiradi. 

2.Fabraea (Fabrae) avlodi vakillari ham psevdopesiya avlodiga o‘xshash bo‘ladi, lekin 

bularning askosporalari ko‘pxujayrali bo‘ladi. 



3.Mollisia (Molliziya) avlodi vakillari zararlagan substratni ustki qismida etli, tarelkasimon, 

kalta oyoqli apotesiyalar hosil qiladilar. 



Masalan: M.mali – olmaning monial kuyish kasalligini keltiradi.  

  15 – MAVZU: EUACOMYCETIDAE KENJA SINFINING VAKILLARI 



Ish rejasi

1.

 

Pyrenomycetidae tartib guruhi  

1.

 

Hyphocreales  tartibi 

2.

 

Clavicepiatales tartibi 

3.

 

Sphaeriales tartibi 

4.  Diaporthalts tartibi



Zaruriy jihozlar: Gerbariydan namunalar (daraxtlarda rak, olxo‘rining qizil doglanish, galla 

donlilarda fuzarioz, spornya kasalliklari, yongoq barglarining qo‘ngir doglanish, antraknoz 

kasalliklari). Rangli jadvalar. 

Topshiriq: 1.Kasallik kuzgatuvchi zamburuglar va kasalliklar tashk belgilar bilan tanishish.  

2.Zambruglarni mikraskopda kuri shva rasmlarini chizish. 



Pyrenomycetidae tartib guruhiga kiruvchi zamburuglarning meva tanachalari 

peritesiyalaridan iborat bo‘lib, yaxshi rivojlangan qobik bilan o‘ralgan. Ko‘pchilik perinomesetlarni 

peritesiyasi yoki stromalari to‘q ranglarda, ayrimlari esa ochiq ranglarda bo‘yalgan buladi. Bu tartib 

guruhi stromalarda meva tanachalarida joylashishi va ranlariga qarab 4 ta tartibga bo‘linadi: 1. 



Huphocreales; 2. Clavicipiatales; 3. Sphaeriales; 4. Diaportales.  

1.Huphocreales (Gipokreales) tartibiga kirgan zamburuglarning meva tanasi 

peritesiyalaridan iborat bo‘lib, ularning ranglari ochiq va yaqqol ko‘zga tashlanadigan bo‘ladi. 

Bular saprofit holda, ayrimlari parazit holda yashaydi. Bu tartibga bitta Nectriaceae  oilasi kiradi. 

Bu oila esa o‘z ichiga bir nechta avlodni oladi.  



Nectria  (Nektriya) avlodi vakillarining peritesiyalari yakka yoki tup-tup bo‘lib, stromalar 

ustida, to‘q jigar rangda hosil buladi. Stromalar esa ochiq ranglarda, yotiqsimon, etli bo‘ladi.  



Masalan: N. Galligena-daraxtlarda rak kasalliklarini keltiradi.  

Galonectria (Kalonektriya) avlodi vakillarining meva tanasining qobiqlari yumshoq, pushti 

yoki qizil ranglarda bo‘lib, peritesiyalari substratda tup-tup yoki yakka, ayrim hollarda tukli bulib 

joylashadi. Bularning stromalari bo‘lmaydi. 

Masalan: graminicola boshoqli ekinlarda korli chirish kasalliklarini keltiradi.  

Giberella  (Giberella) avlodi vakillarining peritesiyalari qora, to‘q-siyoh rang bo‘lib, to‘p-

to‘p bo‘lib joylashgan. Stromalari yaxshi rivojlanmagan, hamda ma’lum shaklga ega bo‘lmaydi. 



Masalan: G. Saubinetii-boshoqli ekinlarda fuzurioz kasalliklarini keltiradi.          

2.Clavicipitales (Klavisipitales) tartibiga kirgan zamburuglarning meva tanachalari to‘q yoki 

ochiq ranglarda bo‘ladi. Peritesiyalar etli va yumshoq stromalarda hosil bo‘ladi. Bu tartib 1 ta 



Clavicipitaseae oilasini tashkil etadi. Oila esa ikkita asosiy avloddan iborat. 

 Epichloe  (Epiloe) avlodi vakillarning stromalari tarqoq, ma’lum shaklga ega emas. 

Peritesiyalari tuxumsimon, xaltachalar silindr shaklida, sporalari rangsiz, bir to‘siqli, bir xujayrali, 

ko‘pincha ipsimon bo‘ladi. 

Masalan: E.typhina – boshoqli ekinlarda qoplovchi kasalliklarni keltiradi.  

Claviceps (Klaviseps) avlodi vakillarning stromalari substrat Bilan bogliq, tarqoq bo‘lib, 

sklerotsiyalardan hosil bo‘ladi, etli binafsha rangli. 




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə