Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27

Xitridiomisetlar sinfi. 

Bu sinfga juda soda tuzilgan zamburuglar kiradi. Bu zamburuglar vegetativ tanasi ameboidan 

iborat. Ameboid spora hosil qilishdan oldin po‘stloq  bilan qoplanadi. 

Ularning ko‘payishi zoosporalar orqali o‘tadi. Zoosporalar dumaloq va bitta uzun xivchinli 

bo‘ladi. Vegetatsiya davrida ameboid xo‘jayin o‘simlik xujayrasida yashaydi. Ameboidda bir 

xivchinli zoosporalar hosil bo‘ladi. Zoosporalar tashqariga chiqib o‘simlikni zararlaydi. 

Vegetatsiya oxirida xo‘jayin o‘simlikning zararlangan xujayralarida tinchlik davrini kechiradigan 

sporalar hosil bo‘ladi sistalar. Ular turli yo‘llar Bilan hosil bo‘ladi. 

Ayrim holda ameboid mayda sporalarga bo‘linadi, ayrim holda ameboid qalin po‘stloq Bilan 

qoplanadi va sistaga aylanadi (kartoshka). Sista jinsiy protsess natijasida kelib chiqadi.  

 

Tinchlik davrini o‘tgan sistani yadrosi reduksion bo‘linadi va hosil bo‘lgan zigota o‘sib 



gaploid zoosporangilarni hosil qiladi. 

Zoosporangiylardan chiqqan zoosporalar Yana o‘simlikni zararlaydilar. 

 

 

Xitridiomisetlar – obligat parazitlar. Ular rivojlanayotgan yosh organ va to‘qimalarni 



zararlaydi va o‘simlikda uning to‘qimalarni keskin o‘sib ketishiga olib keladi (gipertrofiya). 

Bu sinfga kiruvchi zamburuglar 3 ta tartibga bo‘linadi: 

a.tartib:Plazmodioforalilar. 

Bu tartibga kiruvchi zamburuglarning vegetativ tanasi o‘simlikni zararlangan xujayrasida hosil 

bo‘ladigan ameboidan iborat. 

Ameboid yetilgandan so‘ng tinchlik davrini kechiruvchi sporalarga sistaga bo‘linadi. 

Bu tartib bitta oiladan Plazmodioforatsiya va 2 ta Plazmodiofora va Spongospora avlodlaridan 

iborat. 


1.Plasmodiophora avlodi – bu avlodga kiruvchi zamburuglarning tinchlik davrini kechiruvchi 

sporalar xujayin o‘simlikni xujayralarida erkin joylashgan. Plasmodiophara brassicae – karamda 

kila kasalligini keltiradi. 

 

Kasallangan o‘simliklarning ildizlarida shishlar hosil bo‘ladi (gipertoniya). 



Spongospora – avlod – bu avlod kiruvchi zamburuglarning tinchlik davrini kechiruvchi sporalar 

zararlangan xujayralarda yopishgan holda bo‘ladi. 

Avlod vakili - Spongospora subtiraniae (kartoshkada parsha) kasalligini hosil qiladi. Bu zamburug‘ 

o‘simlikning yer osti qismini zararlab, tuganaklarida, ildizlarida qo‘shimcha ildizlar g‘adir – budur 

shishlar hosil qiladi. 

Myxochytridiales tartibi. Bu tartibga kiruvchi organizmlarning vegetativ tanasi amyoboid 

bo‘lib, yetilgandan so‘ng bitta yoki bir nechta zoosporangiylarga aylanadi. Bu turkum 2 ta oiladan 

iborat:yo1) Olpidium  2)Sinchytrium Bu oilalar bir-biridan zoosporangiylarni soni Bilan farq qiladi. 

Olpidium  oilasi:   Bu oilaga kiruvchi zamburuglarning amyoboidi bitta  zoosporangiy va 

tinchlik davrining kechiruvchi sporangiy hosil qiladi. Olpidium  avlodi vakili  – Olpidium brassicae 



zamburugi  karamda qora son kasalligini qo‘zgatadi 

Sinchytrium oilasi: Zararlangan xo‘jayrada paydo bo‘lgan  amyoboid bir necha 

zoosporangiy hosil qiladi. Oila vakili – Sinchytrium endobioticum   kartoshkada rak kasalligini 

qo‘zg‘atadi.  

10- MAVZU: ZIGOMISETLAR SINFINING  

SISTEMATIKASI VA ULARNING VAKILLARI.. 

Ish reja: 

1.Mucorales tartibi. 

  Mucoraseae oilasi 

2.Entomophthorales  tartibi. 

Entomophthoraseae oilasi 



 

Zaruriy jihozlar: Chirigan meva va sabzavot yoki oq-sariq, qora yoki kulrang mogor 

bosgan iste’mol qilinadigan mahsulot.  Mucor va Rhizopus  zamburuglarini sof kulturasi. Rangli 

jadvallar. Mikroskop, sirtmoq, qoplagich va buyum oynachasi, spirt lampasi. 

Topshiriq: 1. Kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan tanishish. 




2.Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarini chizish. 

Zigomisetlar sinfiga kiruvchi zamburuglar saprofit va parazit holda hayot kechiradi. Bu 

zamburuglarning miseliysi yaxshi rivojlangan bo‘lib tanasi bir xujayrali miseliydan tuzilgan. 

Jinsiy  ko‘payishi zigogamiya yordamida ya’ni morfologik jixatdan bir xil qarama-qarshi 

jinsli gametalar qo‘shiladi 



Jinssiz ko‘payishi esa sporangisporalar yoki konidiyalar yordamida o‘tadi

Zigomisetlar sinfi 2 ta tartibga bo‘linadi: 

1.Mukorales.2.Entomoftorales. 

1 – tartib – Mucorales – bu tartib zamburuglarning miseliysiyaxshi rivojlangan. Bular o‘simlik 

qoldiqlarida, go‘nglarda, zax yerlarda yashaydi. Bu zamburuglar uruglarda mogorlash, meva-

sabzavotlarni omborxonalarda SAqlashda chirish kasalligini keltirib chiqaradi. 

 

Mukoratsiya oilasi 2 ta avlodga bo‘linadi: 



1-avlod Mukor – bu avlod zamburuglarining sporangiylari dumaloq, sariq yoki qo‘ngir rangli 

bo‘ladi. Bularning miseliysi substrat ichida o‘sadi, to‘siqsiz bo‘ladi. Miseliydan sporangiy bandlari 

tik ko‘tarilib chiqadi. 

M-n. Avlod vakili Mucor mucedo zamburug‘i bu boshsimon mog‘orni hosil qiladi. 

2-avlod – Rhizopys – bu avlod zamburuglarining sporangiylari ham sharsimon shaklda bo‘lib qora 

va qo‘ngir rangli bo‘ladi. Bularning miseliysi substratga shoxlangan rizoidlari Bilan yopishgan 

bo‘ladi. 

M-N: avlod vakili - R.nigricans zamburug‘i bu qora yoki non pupanagini hosil qiladi. Bu 

zamburug‘Lar xo‘l chirishni olib keladi. 

2 – tartib: - Entomoftorales – bu tartib zamburug‘lari xashoratlarda parazitlik Bilan yashaydi. 

Miseliylari voyaga yetganda to‘siqLar hosil qiladi. Jinssiz ko‘payishi – zigosporalar yordamida 

bo‘ladi. Bu tartibga 1 ta oila kiradi. – Entomoftaratsiya. 

Bu  oila ham 2 ta avlodga bo‘linadi: 

1-  avlod Empuza – bu avlodga kirgan zamburug‘Lar uy pashshalarini kasallantiradi, 

bularning konidiya bandlari bulavkasimon bo‘ladi. 

 

M-n: T.muscae – bu uy pashshasini paraziti. 

2-avlod – Entomoftora – bu avlodga kirgan zamburuglar to‘gri qanotli hamda tanga qanotli 

xashoratlarni kasallantiradi. Bularning konidiya bandlari shoxlangan bo‘ladi. 

M-n: Entomoftora grili zamburugi – bu chigirtkada kasallik keltiradi. 

 

 

11- MAVZU: OOMISETLAR SINFINING  SISTEMATIKASI VA ULARNING 

VAKILLARI. 

Ish rejasi: 

1.Saprolegniales tartibi. 

Saprolegniaseae oilasi. 

2.Perenosporales  tartibi. 

1.Perenosporaseae oilasi 

2.Pythiaceae  

oilasi 

3.Perenosporaceae oilasi 

4.Albuginaceae oilasi 

 

Zaruriy jihozlar: Gerbariydan namunalar (lavlagini korneed, kartoshka barglarini fitoftoroz, 

tokning mildyu, karamning perenosporoz, gul karam va salatda oq zang kasalliklari). Lupalar. 

Rangli jadvallar.  



Topshiriq: 1. Kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan 

tanishish. 

2. Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarini chizish. 

Oomisetlar sinfiga kiruvchi zamburug‘larning vegetativ tanasi yaxshi rivojlangan 

miseliydan iborat, ammo gifalari bir hujayralidir. Bu sinfga kiruvchi zamburug‘lar suvda saprofitlik 

bilan quruqlikda esa parazitlik bilan yashovchi organizmlardir. 




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə