Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27

zamburug‘larning miseliysi to‘qimalarda chuqUr joylashib kurtaklarda qishlaydi va kelgusi yilda 

Yangi organlarni zararlaydi 

Masalan:  Taphrinia   deformans barglarda bujmayish kasalligini keltiruvchi zamburug. 

Taphrinia  zerasi – daraxtlarda supurgilar hosil  qiluvchi zamburug.  

13 – MAVZULoculoascomycetidae (LOKULOASKOMISETLAR) KENJA 

SINFINING VAKILLARI. 

 Ish rejasi: 



1.

 

Myringiales tartibi 

1.

 

Elsinoeaceae oilasi 

2.

 

Dothideales tartibi 

1.

 

Mycosphaerelluaceae oilasi 

2.

 

Pseudosphaeriaceae oilasi 

3.

 

Venturiaceae oilasi 

4.

 

Pileosporaceae oilasi 

Zaruriy jihozlar: Gerbariydan namunalar (malinani antraknoz, qulupnay barglarining oq 

doglanishi, no‘xot va bodringda askoxitoz, olmani parsha, bugdoyni ildiz chirish, sulini 

gelmintosporioz kasalliklari). Rangli jadvallar. Lupalar. 



Topshiriq:  1.Kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan 

tanishish. 

2.Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarini chizish. 

Lokuloaskomisetlar  kenja sinfiga kiruvchi zamburug‘larning meva tanasi xaqiqiy emas

balki stromalardan hosil bo‘lgan xaltachalarda rivojlanadi. Xaltachalar stromalarda va miseliylarda 

oraligidagi maxsus  bo‘shliqlarda lokulalarda sodir bo‘ladi. Bu sinf vakillarining xaltachalarini 

qobigi ikki qavatli bo‘lib, askosporalari esa to‘siqli bo‘ladi. Lokuloaskomisetlar kenja sinfi 2 ta 

tartibga bo‘linadi:  



1.Dothideales (Dotideales) tartibi. 

2.Myrangiales (Miriangiales) tartibi  

1.Dothideales  tartibiga kiruvchi zamburuglar saprofit hamda parazit holda hayot kechiradi. 

Bu tartib vakillarining meva tanasi Psevdotesiylardan iborat bo‘lib, sharsimon yoki noksimon 

shaklga ega. Xaltachalar bularning ichida dastalanib yoki qavat - qavat bo‘lib joylashadi. Bu tartib 4 

ta oilaga bo‘linadi: 

a. Mycosphaerelluaceae (Mikosferillatsiya) 

b. Pseudosphaeriaceae (Psevdosparatsiya) 

c. Venturiaceae (Venturatsiya) 

d. Pleosporaceae (Pleosporatsiya

1. Mycosphaerelluaceae (Mikosferillatsiya) oilasi o‘zidan ikkita avlod beradi. 

1. Mycosphaerella (Mikosferella). 



2. Pleospaerulina (Pleosporatsiya) 

Bu avlod vakillari madaniy o‘simliklar barglarda oq doglanish kasalliklarini keltiradi. Bu 

avlod zamburuglarini xaltachalari keng, sporalari rangsiz va bir to‘siqli bo‘ladi. 

Masalan: V.sentina- nok barglarining oq doglanish kasalligini keltiruvchi zamburug. 

2.Pseudosphaeriaceae (Psevdosparatsiya) oilasiga kiruvchi zamburuglarning 

psevdotesiyalari stromalarda hosil bo‘ladi. Maxsus bo‘shliqlarda ya’ni lokulalarda xaltachalari 

yakka holda rivojlanadi. Bu oila 3 ta avlod beradi: 

1. Physalospora (Fuzalospora) 



2. Didymella (Didumella) 

3. Didymosphaeria (Didumosferiya) 

1.Physalospora avlodi vakillarining psevdotesiyalari yakka holda joylashadi, sporalari bir 

xujayrali, rangsiz bo‘ladi. Avlod vakillarining ko‘pchiligi saprofit holda bir va ko‘p yillik 

o‘simliklarda qishlaydi. +ishloq xo‘jalik ekinlarda rak, chirish kasalliklarini keltirib chiqaradi. 

Masalan Ph.rhodina –sitrus mevalarda chirish kasalliklarini keltiradi. 



2.Didymella avlodi vakillarining psevdotesiyalari xivchinsiz bo‘lib, sporalari bir ko‘ndalang 

to‘siqli bo‘ladi. +ishloq xo‘jalik o‘simliklarida askoxitoz kasalliklarini keltiradi. 

3.  Didymosphaeria avlodi vakillarining ham psevdotesiyalari xivchinsiz va yakka holda 

joylashadi. Sporalari esa rangli bo‘ladi. O‘simliklarda doglanish kasalliklarini keltiradi. 



3.Ventyriaceae (Vent

uratsiya) 

oilasiga kiruvchi zamburuglarning psevdotesiyalari to‘kilgan 

barglarda hosil bo‘ladi. Askosporalari bahorda yetiladi vak o‘simliklarni zararlaydi. Bu oila 1 ta 

Ventyria avlodini beradi. Bu avlod vakillari mevali daraxtlarda parsha kasalliklarini keltiradi. 

Zamburuglar barglarni, kurtaklarni, mevalarni zararlaydi. Bu avlod vakillarining 

psevdotesiyalarining ustki qismi ko‘p xivchinlardan iborat bo‘lib, sporalari yashil-sargish bo‘ladi. 

Masalan: V. inaquales – olmada parsha kasalligini keltiradi. 

4.Pleosporaseae (Pleosporatsiya) oilasi  vakillarining psevdotesiyasi sharsimon, ko‘zasimon 

bo‘lib, qora rangli bo‘ladi. Xaltachalar lokulalarda to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi. Xaltachalar shakli 

silindrsimon bo‘lib, qobiqlari ikki qavatli bo‘ladi. Bu oila 3 ta avlod beradi. 

1.Ophiobolus (Ofiobolyus) 

2.Pyrenophora (Pirinofora) 

3.Pleospora (Pleospora) 

 

Ophiobolus avlodiga kirgan zamburuglar galla donlilarda  ildiz chirish kasalliklarini 

keltiradi. Psevdotesiyalari asosan poyada rivojlanadi sporalari to‘siqli, ipsimon bo‘ladi. 

 

Masalan: O.gramminis – bugdoyning ildiz chirish kasalligini keltiradi 

 

Pyrenophora avlodiga kirgan zamburuglar yo‘l-yo‘l gelmintosporioz kasalliklarini keltiradi. 

Psevdotesiyalari xivchinlar Bilan qoplangan bo‘ladi. 

 

Masalan: Drechslera graminia – sulining gelmintosparioz kasalligini keltiradi. 

 

Pleospora   avlodi vakillarining psevdotesiyasi silliq bo‘lib, sporalari ko‘ndalang to‘siqli 

bo‘ladi. Bular chirish kasalliklarini keltirib chiqaradi. 

 

Masalan: P.herbarum –sabzavot ekinlarida chirish kasalliklarini keltiradi. 



II. Myriangiales tartibiga kiruvchi zamburuglarning meva tanasi dumboq stromalardan 

iborat bo‘lib, uning ichida yakka xaltalar betartib joylashgan. Bularning meva tanasi berk bo‘ladi. 

Sporalari bir yoki ko‘p to‘siqli bo‘ladi. Bu tartib zamburuglari barglari va kurtaklarda parazit holda, 

daraxt shoxlari va po‘stloqlarida saprofit holda yashaydi. Bu tartib 1 ta Elsinoeaceae (Elsinoatsiya) 

oilasini beradi. Oila esa Elsinoe avlodiga egadir. Bu avlod vakillari qishloq xo‘jalik ekinlarida 

antraknoz kasalliklarini keltiradi. Masalan: E.veneta – malinada antraknoz kasalliklarini keltiradi. 

 

14 – MAVZU: EUACOMYCETIDAE KENJA SINFINING VAKILLARI 

Ish rejasi: 

1.  Plectomycetidae  tartib guruhi 

1.  Plectoascoles tartibi 

2.  Erysiphales tartibi 

3.  Discomycetidae tartib guruhi 

1.  Phacidiales tartibi 

2.  Helotiales  tartibi 

 

Zaruriy jihozlar: Gerbariydan namunalar (olma, beda, tok, qayragoch va galla donlilarning 

un-shudring kasalliklari). Rangli jadvallar. Aspergillus va Penicillum zamburuglarini sof kulturasi. 

Mikroskop, sirtmoq, buyum va qoplagich oynalar, spirt lampasi. 

Topshiriq: 1. kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan 

tanishish. 

2.Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarni chizish. 

Euascomycetidae  (Euaskomisetlar) kenja sinfiga kiruvchi zamburuglar haqiqIy 

zamburuglardir. Bu zamburuglarning xaltachalari meva tanalarning ichida joylashgan bo‘ladi. Meva 

tanasining tuzilishiga qarab bu kenja sinf 3 ta tartib guruhiga bo‘linadi: 

1.  Plectomycetidae (Plektomisetlar). 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə