Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27

Masalan: Ce.purpurea – boshoqlilarda sporinya kasalliklarini keltiradi 

3.Sphaeriales tartibiga kirgan zamburuglarning meva tanasi ko‘zasimon bo‘lib, qora va jigar 

ranglarda bo‘ladi. Xaltachalari silindrsimon va tugnogichsimon bo‘ladi. Bu tartib 3 ta oilani tashkil 

etadi.1.Polystigmaceae; 2.Roselliniaceae;3.Phyllachoraceae. 

Polystigmaceae oilasi 1 ta Polystigma avlodini beradi. Bu avlod vakillarining xaltachalari 

uzun to‘gnogichsimon bo‘lib, sporalari rangsiz, bir xujayrali. Peritesiyalari sharsimon, stromalari 

etli, qizil va sargish ranglarda bo‘ladi. 

Masalan: P.rubrum- olxo‘rining qizil doglanish kasalligini keltiradi 

Poselliniaceae oilasi 1 ta Ceratostomella avlodini beradi. Bu avlod vakillarining stromalari 

bo‘lmaydi. Peritesiyalari esa yakka ayrim hollarda to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi.      



Masalan :C.pini – daraxtlarda chirish kasalliklarini keltiradi. 

Phyllachoraceae  oilasi 1 ta   Phyllachora  avlodini beradi. Bu avlod vakillarining 

peritesiyalari uzunchoq, silliq, qora rangli stromalarda hosil bo‘ladi. Sporalari bir xujayrali, rangsiz. 

Xaltachalari yelpigichsimon shakllarda bo‘ladi. 

Masalan: Ph.graminis – galla donli ekinlarda qora doglanish kasalliklarini keltiradi. 

4.Diaporthales tartibiga kirgan zamburuglarning meva tanasi ko‘zasimon bo‘lib, to‘q 

ranglarda bo‘ladi. Bu tartib 2 ta oilaga bo‘linadi: 1.Valsaceae 2.Gnomoniaceae



Valsaceae oilasi 1 ta Valsa avlodini beradi. Avlod vakillarining stromalari yoyilgan holda va 

chegarali bo‘ladi. Bu avlod daraxtlarda sitosporoz, so‘lish kasalliklarini keltiradi. 



Gnomoniaceae oilasiga kiruvchi zamburuglarning stromalari bo‘lmaydi. Bular 2 ta avlod 

beradi: 1.Glomerella; 2.Gnomonia 



Glomerella avlodiga kirgan zamburuglarni sporalari bir xujayrali, rangsiz bo‘ladi. 

Masalan: G.gossyppi - g‘o‘zaning antraknoz kasalliklarini keltiradi. 

Gnomonia avlodi vakillarining sporalari ko‘p xujayrali, rangsiz, urchuksimon shaklda 

bo‘ladi. 



Masalan: Marssonia juglandis - yong‘oq barglarining qo‘ng‘ir dog‘lanish kasalligini 

keltiradi. 



16- MAVZU: BAZIDIYaLI ZAMBURU~LARNING SISTEMATIKASI VA 

ULARNING VAKILLARI. TELIBAZIDIOMISETLAR KENJA SINFI 

(BASIDIOMYCETES

Ish rejasi: 

1.Ustilaginales tartibi 

 1. Ustilaginaseae oilasi 

  2. Tilletiaceae   oilasi 

 II. Uredinales tartibi. 

 1.Puccinaceae oilasi 

 2.Melampsoraceae oilasi 

 

Zaruriy jihozlar: Gerbariydan namunalar (bugdoy va makkajo‘xorining kukunsimon qora 

kuya, bugdoyning qattiq qora kuya va poya qora kuya kasalliklari).Lupa. Rangli jadvalar. 

Topshiriq: 1.Kasallik ko‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilar bilan tanishish.  

2.Zambruglarni mikraskopda kurish va rasmlarini chizish. 

Teliobazidimisetlar kenja sinfining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bazidiyalar hosil 

qilishdir. Bular qishlovchi sporalar (xlamidospora, teliospora) hosil qiladi. Bu kenja sinf 

zamburuglarining  bazidiyalari to‘rtta ko‘ndalang devorlar bilan ajralgan bo‘ladi. Bu kenja sinf 

ikkita tartibga bo‘linadi; 



1.Ustilaginales

2. Uredinales bu ikkita tartib bir biridan bazidiyalarining tuzilishi va bazidiyalarining 

joylashishiga qarab farq qiladi. 

Ustilaginales tartibi: Bu tartib zamburuglari turli qishloq xo‘jalik o‘simliklariga  asosan 

boshoqli don ekinlarida qora kuya kasalligini keltirib chiqaradi. Bu zamburuglar o‘simliklarni 




gullash davrida, bargalarni poyalarni va boshoqlarni, bo‘gimlarini zararlaydi. Bu tartib 

bazidiyasporalarini joylashishiga qarab ikkita oilaga bo‘linadi: 1.Ustilaginatsiya.2.Tillitiatsiya. 



I.Ustilagilatsiya oilasiga kiradigan zamburuglarning bazidiyalari to‘rt xujayrali bo‘lib, har 

bir hujayrada bittadan bazidiyasporalar hosil bo‘ladi. Bu oilaga 20 dan ortiq avlodlar kiradi. 

Shulardan uchtasi asosiy hisoblanadi: 

 1 – Ustilago. 2. Sporosporium. 3. Sfaselatika. 

1.Ustilago avlodi zamburuglarning teleosporalari mayda to‘q rangda, silliq yoki tikanakli qibiqlarda 

bo‘ladi. Uruglarni unishida va gullashda zarar keltiradi. 

 

Masalan: Ustilago tritici – bugdoyning chang qora kuya kasalligi. 

2.Sorosporium avlodi zamburuglarining teleosporalarining qobiqlari shilimshiq moddalar Bilan 

qo‘shilgan bo‘lib, sporalari voyaga yetgandan keyin shilimshiq moda qurib, sporalar osonlik Bilan 

tarqaladi. 

Masalan:  Sorosporium reilianum – makkajo‘xori so‘tasini chang qora kuya kasalligi. 



3.Sfaselotika  avlodi zamburuglarning teleosporalari tikanakli va yakka holda bo‘ladi. Masalan: - 

Sphacelothica panicimiliacei – oq jo‘xorida qora kuya kasalligi. 

II.Tillitiatsiya 

 oilasiga kiradigan zamburuglarning bazidiyalari bir xujayrali, 

bazidiyasporalari bazidiyalar ustida dastalanib joylashadi. Sporalari voyaga yetgandan so‘ng 

sterigmadan tashqariga chiqadi. Bu oila uchta avlodga bo‘linad: 1.tillitiya.2 Urokutis. 3.Entuloma. 

2.  Tillitiya avlodi vakillarining sporalari juda kattalashtirib ko‘rilganda setkasimon va 

yoqimsiz hidlari bo‘ladi, ular qora rangda, yakka holda o‘simlik bo‘gimlarida hosil 

bo‘ladi. 



Masalan: Tilletia caries – bugdoy  qattiq qora kuya kasalligi. 

1.

 

Urokustis  avlodi zamburuglarning teleosporalari ko‘pincha o‘simlikning yer ustki 

a’zolarida hosil bo‘ladi, ayrim hollarda ildiz va gullarda uchraydi. 

Masalan: Urocystis tritici – bugdoyda poya qora kuya kasalligi. 

2.

 

Entuloma avlodi zamburuglarning teleosporalari yakka yoki gruppa bo‘lib joylashib, och 

sariq yoki och jigar rangda bo‘ladi. Bu zamburug o‘simlik barglarida, poyada, ildizli 

doglar hosil qiladi. 

Masalan: Entyloma clactylidis – rojda qora kuya kasalligi. 

Urdeniales  tartibi. Bu tartib zamburuglari qishloq xqo‘jalik ekinlarida zang kasalligini 

keltirib chiqaradi. Ular obligat parazitlik yo‘li bilan hayot kechiradi. Bu zamburuglarning to‘liq 

rivojlanish sikli (davri) to‘rt bosqich va besh xil sporalarda hosil bo‘ladi. 

Birinchi bosqich – Esidiy bahorgi. Bular ikki xil ko‘payadi: Spermogoniyalarda spermalar 

hosil bo‘ladi va esidiylarda esidiosporalar hosil bo‘ladi.  

Ikkinchi bosqich – Urediniya yozgi. Urediniya to‘plamlarida uredosporalar hosil bo‘ladi. 

Uchinchi bosqich – Teliopustula kuzgi - qishki. Teleopustula to‘plamidan teliosporalar 

hosil bo‘ladi. 

To‘rtinchi bosqich – bazidiyali qishki. Bazidiyalarda bazidiya sporalar hosil bo‘ladi.     

Shu tariqada Uridinales tartibi to‘rt bosqichi va besh xil ko‘rinishda ko‘payadi: spermalar, 

esidiosporalar, uredosporalar, teliosporalar va baziyasporalar. 

Teliosporalarni tuzilishiga qarab Uredinales tartibi ikkita oilaga bo‘linadi. 



1-Puksinatsiya, 2- Melamsporatsiya

1. Puksinatsiya oilasi zamburuglarning teleopustulasi epidermis tagida joylashgan bo‘ladi. 

Teleosporalari odatda oyoqchali, bir yoki bir nechta xujayralardan yakka yoki ajralmagan holda 

bo‘ladi. Ba’zi avlodlarda shilimshiq yigilgan holda hosil bo‘ladi.Bu oila o‘z ichiga to‘rtta avlodni 

oladi: 1- Uromisis, 2-Puksinatsiya,3-Fragmidium, 4- Gimnosporangium. 



1. Uromisis avlodi vakillarining teliosporalari bir xujayralidir. Bu avlod zamburuglari donli 

ekinlarda yozgi uredina va qishki teliopustula bosqichida parazitlik qilib yashaydi, bahorgi bosqichi 

esidiylari molochay o‘simligida rivojlanadi.  

Masalan: Uromyces phaseoli – Loviyada zang kasalligini qo‘zgatadi. 

2. Puksiniya avlodining teleosporalari ikki xujayrali, yostiqchasimon, qora epidermis bilan 

qoplangan bo‘ladi. 




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə