7-amaliy mashg’ulot mavzu: Baliqlarning nafas olishi va qo‘shimcha nafas olish organlari. Kerakli materiallarva jihozlar



Yüklə 57,3 Kb.
tarix27.09.2023
ölçüsü57,3 Kb.
#124120
7-AMALIY — копия





7-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Baliqlarning nafas olishi va qo‘shimcha nafas olish organlari.
Kerakli materiallarva jihozlar: zog’ora baliq (fiksatsiya qilingani yoki tirigi); bir nechta turli yoshdagi suyakli baliqlarning tsikloid va ktenoid tangachalari; vannacha, skalpel, pinset, qaychi, preparoval ninalar, to’g’nog’ich ninalar (bulavkalar), paxta, doka salfetkalar (ro’molchalar), mikroskop, predmet va yopqich oynachalar, dastali qo’l lupasi; suyakli baliqlar - ning tashqi ko’rinishi, ichki tuzilishi, qon aylanish sistemasi sxemasi va bosh miyasi aks ettirilgan rangli jadvallar.
Mashg’ulotning maqsadi: zog’ora baliq misolida suyakli baliqlar sinfi vakillarining xaraktyerli belgilari bilan tanishish. Zog’ora baliqning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish.
Asosiy matn. Baliqlarning aksariyati suvdagi yerigan kislorodni qonga o‘tkazishga moslashgan jabra orqali nafas oladi. Jabra maxsus bo‘shliqqa joylashgan bo‘lib, ustini suyak plastinkalardan iborat oyquloq suyagi qoplab turadi. Ba’zi baliqlar, chunonchi, syeratod, itbaliq kabilar suvdagi kislorodni qabul qilishdan tashqari, havodan nafas olishga ham moslashgan. Suv havzasida kislorod etishmay qolishi natijasida ba’zi baliqlarda o‘pka yoki atmosfyeradan kislorod olishga moslashgan qo‘shimcha nafas olish a’zosi hosil bo‘ladi. Masalan, anabas, gurami kabi labirintli baliqlarda birinchi jabra yoyining ustki qismida kichikroq bo‘shliq bor. Baliq yutgan havodagi kislorod shu bo‘shliqda joylashgan va shilimshiq parda bilan qoplangan yupqa suyak plastinkachalar orqali bir talay ingichka tomirlarga o‘tib, qonni oksidlantiradi. Bunday nafas olish apparati labirint deb ataladi.
Baliqlarning suzgich pufagi. Suyakli ganoidlar va ayrim suyakli baliqlarda qorin bo‘shlig‘ining ustki tomoniga o‘rnashgan suzgich pufagi bor. U, asosan, gidrostatik organ bo‘lib, ichi gaz bilan to‘lganda baliq engillashadi, puchayganda esa og‘irlashadi. Suzgich pufagi qizilo‘ngachning ustki devori bo‘rtib chiqishidan vujudga keladi. U ba’zi baliqlarda, chunonchi, karpsimonlarda qizilo‘ngach bilan qo‘shilgan, olabug‘asimonlarda esa qizilo‘ngachdan ajralgan holda bo‘ladi. Pufakning ichi kislorod, karbonat angidrid va azot gazlari bilan to‘la, ayniqsa, azot ko‘p. Qalqonli cho‘rtan va loyqabaliq suzgich pufagi orqali atmosfyeradan nafas oladi. Bu pufak ko‘pincha eshituv organi bilan bevosita yoki o‘zining birinchi bo‘lmasidagi Vebyer apparati deb ataladigan bir necha suyakchalar orqali qo‘shiladi. Suzgich pufagi ichki quloq sohasi bilan bog‘langani sababli Vebyer apparati baliqlarda eshitish vazifasini bajarsa kyerak.
Ba’zi laqqanamolar, eshvoybaliqlarning qo‘shimcha nafas olish a’zosi boshqacharoq bo‘ladi. Ular suv betiga chiqib havo yutadilar, havo pufakchalaridagi kislorod ichaklardan mayda qon tomirlariga o‘tib, qonni oksidlantiradi. Atmosfyera havosidan bu xil nafas olish ichak orqali nafas olish deb ataladi. CHinakam o‘pka faqat ikki xil nafas oluvchi baliqlarda, chunonchi, syeratod, protoptyerus, lepidosirenlar va cho‘tka qanotlilarda bo‘ladi, xolos. SHunday qilib, ayrim baliqlar quruqlikka chiqishga va havodan nafas olib yashashga jur’at qilgan va shu bilan uzoq davom etgan tadrijiy taraqqiyotni boshlab byergan. Bu evolutsiya natijasida amfibiyalar, sudralib yuruvchilar, qushlar va hatto oliy jonivorlar sutemizuvchilar va odam paydo bo‘lgan. Demak, baliq odamning umurtqalilar orasidagi naslboshisidir. Ko‘pgina baliqlar jabra va o‘pkadan tashqari teri orqali ham nafas oladi. Jabra orqali nafas olishda suv baliqning og‘zidan kirib, halqum teshikchalari orqali jabra bo‘shlig‘iga o‘tadi, undan boshning yonidagi teshiklar orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Jabra bilan nafas olish ham o‘pka orqali nafas olishdan farq qilmaydi. Jabra yaproqlarida ham o‘pkadagiga o‘xshash mayda tomirlar bor, ular suvdagi kislorodni shimib oladi. Jabra apparati nafas olishga yaxshi moslashgani sababli, ba’zi
baliqlar havodan ham nafas oladi, chunonchi, zog‘orabaliq yozning issiq kunlari suvda kislorod kamayib ketganida suv betiga ko‘tariladi va havo pufakchalarini yutib, nam jabrasi oldida tutib turadi. Bunday hodisani akvariumda ham uchratish mumkin. Baliq doim suv yutadi. Suv og‘iz bo‘shlig‘idan jabra yoriqlari orqali o‘tadi, bu yoriqlar halqum devorlaridan o‘tgan bo‘lib, nafas organlari jabralarni yuvadi. Zog‘orabaliqda ular Jabra yoylaridan iborat, ulardan har qaysisining bir tomonida och qizil rangli jabra yaproqchalari, ikkinchi tomonida esa oqish Jabra tichinkalari bor. Jabra tichinkalari suzgich apparatidir: ular o‘lja jabra orqali sirg‘anib chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jabra yaproqchalaridan juda mayda qon tomirlari — kapillarlar o‘tgan. Jabra yaproqchalarining yupqa devori orqali qonga suvda yerigan kislorod o‘tadi, qonda esa suvga karbonat angidrid chiqariladi. Agar kislorod kam bo‘lsa, baliqlar suv yuzasiga chiqib, og‘iz orqali havo ola boshlaydi. Agar ular kislorod kam bo‘lgan suvda uzoq vaqt yashasa, nobud bo‘ladi. Qishda suv havzalaridagi muz ostida ba’zan kislorod etishmay qoladi. Bu vaqtda baliqlar qiynaladi. Buning oldini olish uchun har yer-har yerda muzni yorib, teshik ochiladi. Qurib qolgan jabra yaproqchalari kislorod va karbonat angidridni o‘tkaza olmaydi. SHuning uchun suvdan chiqarib olingan baliq tezda nobud bo‘ladi. Nozik jabralarning tashqi tomonidan jabra qopqoqlari bo‘ladi.

2.5-rasm. Jabraning tuzilishi.

Nazorat savollari:

  1. Baliqlarning nafas olish tizimi deganda nimani tushunasiz?

  2. Baliqlarning nafas olish tizimining tuzilishini tushuntiring?

  3. Asosiy va qo‘shimcha nafas olish organlari haqida umumiy ma’lumot byering?

  4. Baliqlar suv tubida nafas olishga qanday moslashgan?

  5. Jabralar va ularning tuzilishi to‘g‘risida ma’lumot byering?

Yüklə 57,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə