Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27

bargi va ayrim holda mevasida oq yoki kul rang osonlik bilan sidiriladigan g‘uborlarni kuzatishimiz 

mumkin. 


YoSTIQChALARNING  HOSIL BO‘LIShI 

 

Kasallikning bu turi xam  zamburug‘lar uchun xosdir. Yastiqchalar zararlangan o‘simlik 



sirtida zamburug‘ning sporalar to‘plami yuzaga keladi. Sporalar yetilgunga qadar sirtidan 

epidermus bilan qoplanib turadi, epidermus yorilib, tashqariga chiqqan yetuk sporalar shamol va 

yomg‘ir orqali atrofga tarqaladi.yastiqchalarning shakllari xujayin o‘simlikning xususiyatiga 

bog‘liqdir. Yastiqchalar bilan tanishish uchun g‘alla donli ekinlarning targ‘il poya zang 

kasalligini olishimiz mumkin. Zararlangan o‘simlikning poyasida va barg qo‘ltig‘ida 

epidermisning yorilgan qismidan qo‘ng‘ir yoki qoramtir rangli kukunsimon sporalar to‘plamini 

ko‘ramiz. 

 

 



SO‘LISh 

O‘simlik kasalliklarining ko‘p tarqalgan turlaridan biri bo‘lib, bunda o‘simlik butunlay yoki 

uning ayrim qismi turgor holatini yo‘qotadi. Bu kasallik turi bir yillik o‘simliklarda ham va ko‘p 

yillik o‘simliklarda ham, shu bilan birga mevali daraxtlarda ham uchraydi. Zararlangan 

o‘simlikning ko‘pincha yuqori qmsmi so‘lishi va o‘tkazuvchi to‘qima naylari qo‘ng‘ir tusga kirishi 

kuzatiladi. Bunda g‘o‘zaning vertisillyoz so‘lish kasalligi misolida ko‘rishimiz mumkin. 



ShIShLARNI HOSIL BO‘LIShI 

 

O‘simlik a’zolarida shishlarni hosil bo‘lishi, ko‘pincha zararlangan to‘qima xujayralarining 



xajmining kattalashishi natijasida o‘simlik a’zolarining noto‘g‘ri rivojlanishi  sababli   (gipertrofiya- 

karam kilasi) yoki to‘qima xujayralarini sonining oshishi tufayli (giperplaziya –mevali 

daraxtlarining rak kasalligi) yuzaga keladi. Shishlarni hosil bo‘lishini karam kilasi va mevali 

daraxtlarning bakteriya raki misolida ko‘rish mumkin. 



O‘SIMLIK A’ZOLARINI O‘ZGARIShI 

O‘simlik  kasalligining bu turiga ayrim  xaltali zamburug‘lar, viruslar va boshqa sabablar 

tufayli yuzaga keladigan o‘simlik a’zolaridagi (barg, poya, mevada) o‘zgarishlarini olish 

mumkin. O‘simlik a’zolarini o‘zgarishlarning quyidagi turlari mavjud:  

“Bujmayish” (tirishish, burishish, buralish) barglarning parenxima xujayralarini barg 

tomirlariga nisbatan tez rivojlanishi tufayli bularning oraliq qismi bo‘rtib chiqadi, masalan 

shaftoli bargini bujmayish kasalligi. 

“Danaksizlanish” danakli meva daraxtlarining gul tugunchasini zararlanish natijasida 

noto‘g‘ri rivojlanishi tufayli danaksiz meva qopchasi yuzaga keladi (olxo‘ri mevasining 

danaksizlanishi). 

“Supurgining hosil bo‘lishi” o‘simlik poyalarini noto‘g‘ri rivojlanishi oqibatida yuzaga 

keladi. Buni zamburug‘ning ayrim avlodalri (olchada – Taphrina  avlodiga mansub 

zamburug‘lar) yoki mikoplazmalar (tolda) yuzaga keltiradi. Kasallik tufayli poyalar mayda va 

to‘planib o‘sib, ko‘rinishi supurgini eslatadi. 

Barg va mevalarni shaklini o‘zgarishi virus keltiradigan kasalliklar tufayli yuzaga keladi 

(g‘o‘zaning bargini bujmayishi, kartoshka va pomidorning stolbur, barglarni paportniksimon 

bo‘lish kasalliklari). 

Yelimlarning hosil bo‘lishi. Bu kasallik turi ko‘pincha daraxtsimon ayrim hollarda boshqa 

o‘simliklarning poya, novda va mevalarida tashqi muhitningsh noqulay sharoiti yoki 

mikroorganizmlar yuzagakeladi. Zararlangan o‘simlik a’zosining xujayrasi va xujayra 

devorlarini gidrolizlanishi tufayli sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir rangli ayrim holda qotib qoladigan 

ulimsimon modda ajralib chiqadi. 



ChIRISh 

 

Kasallikning bu turi ko‘p tarqalgan kasalliklardandir. O‘simlikning etli, ozuqa moddaga va 



suvga boy qismi (xo‘l meva, tuganaklar, ildiz mevalar) ko‘pincha chiriydi. Ko‘pincha 

o‘simlikning asosida ham bu holni kuzatish mumkin chirish 2 xil bo‘ladi – xo‘l va quruq 

chirish. Xo‘l chirishda zamburug‘ va bakteriya ta’sirida to‘qima yumshab qoladi. Quruq 



chirishda esa xujayra devorining yemirilishi tufayli to‘qima uqalanuvchi kukunsimon massaga 

aylanadi. 

Chirishga misol qilib kartoshkani quruq va xo‘l chirishini hamda sabzavotlarni 

omborxonada saqlash davridagi chirishlarini (sabzini oq va kul rang chirishi) olishimiz mumkin

 

 

 

 

 

MAVZU: O‘SIMLIKLARDA KASALLIK QO‘ZG‘ATUVChI VIRUSLAR VA 

MIKOPLAZMALAR. 

 Ish rejasi: 

I. O‘simliklarda viruslar qo‘zg‘atadigan kasalliklar. 

1. Mozaika - bodring va tamaki mozaikalari. 

2. qo‘ng‘ir dog‘larni hosil bo‘lishi - pomidorning strik 

   kasalligi. 

3. O‘simlik  a’zolarini  o‘zgarishi  (deformatsiya)  -  pomidor 

    bargining 

    paporotniksimon yoki ipsimon bo‘lib qolish kasalligi. 

II. O‘simliklarda mikoplazmalar qo‘zg‘atadigan kasalliklar. 

1. Sarg‘ayish - shaftolini sarg‘ayish kasalligi. 

2. Pastbuylilik - sulining pastbo‘ylilik kasalligi. 

3. Supurgilarni hosil bo‘lishi - tolda supurgilarni hosil 

    bo‘lish kasalligi. 

4. O‘simlikning generativ a’zolarini o‘zgarishi- 

    pomidorning stolbur kasalligi.

 

 

Zaruriy    jixozlar: O‘simliklarning    viruslar    va mikoplazmalar keltirib chiqargan 

kasalliklaridan  va  sog‘lom o‘simlikdan namunalar (tamaki, pomidor, bodring, kartoshka, suli, tol). 

Kasallikning tashqi ko‘rinishini o‘rganish uchun gerbariy va fiksatsiya qilingan materiallardan va 

rangli jadvallardan foydalaniladi. 



O‘simliklarda viruslar va mikoplazmalar qo‘zg‘atadigan kasalliklarning umumiy 

tavsifi.  Viruslar xaqidagi ta’limotning asoschisi rus olimi D.I.Ivanovskiy bo‘lib xisoblanadi. 

Filtratlanuvchi viruslar o‘simliklarda kasallikni qo‘zg‘atadi.  

Fitopatogen viruslar tirik organizmga xos xususiyatga egadir. Viruslar kimyoviy tarkibiga 

ko‘ra oqsil va nuklein kislotadan iboratdir. Viruslar tirik xujayrada ko‘payadi. 

Fitopatogen viruslar zararlangan o‘simlikning xujayrasida kristallar hosil kiladi. Viruslar 

hosil qiladigan kristallarni birinchi bo‘lib 1902 yili D.I.Ivanovskiy tomonidan topilgan.  

Viruslarning shakli juda xam turli tumandir (tayoqchasimon, ipsimon, yumaloq), ularni faqat 

elektron mikroskop orqali ko‘rish mumkin. 

Fitopatogen viruslar (virionlar) oqsil qobig‘i (kapsula) bilan o‘ralgan nuklein kislotaning bir 

yoki ikkita ipchasidan iborat. Ko‘pchilik    fitopatogen    viruslar tarkibida    esa    DNK 

(dezaksiribonuklein kislota) mavjud. Viruslar faqat nuklein kislotadan iborat bo‘lib, kapsulaga ega 

bo‘lmasa viroidlar deyiladi.   Viruslarning shakli nanometrlarda o‘lchanadi. 

Viruslarning hayotiy faoliyati xujayin o‘simlikning xujayrasi bilan chambarchas 

bog‘langandir va ular faqat shu xujayra ichida ko‘payadi. Viruslar ko‘pincha bir o‘simlikdan 

ikkinchi o‘simlikka so‘ruvchi xashoratlar orqali o‘tadi.                                                

Shuni ta’kidlash kerakki, ilgari viruslar qo‘zg‘atadigan kasalliklarning (sarg‘ayish va 

supurgilarning hosil bo‘lishi) xozirda mikoplazmalar keltirib chiqarishi aniqlanilgan. 

Mikoplazmalar yumaloq, ellipsimon yoki ma’lum shaklsiz bo‘lib, ularning diametri 26-1000 

NM, membrana bilan o‘ralgan, lekin xujayra kobig‘i  yo‘q.  Mikoplazmalar,  viruslarga  nisbatan  

murakkabrok tuzilishga egadir. Ularning tarkibida 2 xil nuklein kislota-DNK va RNK bor. 

Mikoplazmalar zararlangan o‘simlikning floemasida (to‘rsimon nay, floema parenximasi, yo‘ldosh 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə