Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27

hosil bo‘ladi. Shuning uchun bunday hayvonlar rasioniga oqsil

aminokislotalar, vitaminlar qo‘shib berish samaralidir. Kavsh qaytaruvchilar 

bunday qilishga uncha muxtoj bo‘lmaydi. Chunki, ularning oshqozon-

ichaklarida yetarli miqdorda mikroorganizmlar bo‘lib, ular ovqat xazm bo‘lishi 

jarayonida zarur aminokislotalarni hosil qilish imkoniyatiga egadirlar. 

Ozuqa oqsili mikroorganizmlar ishtirokida suyuq parafindan, 

uglevodlardan Kandida avlodi vakillari bo‘lgan achitqilar yordamida olinadi. 

Bunda oqsil – vitamin – kompleksi (OVK) hosil bo‘ladi. OVK ni analiz qilish 

uning hayvonlardan olinadigan ozuqa maxsulotlaridan sifat jixatidan 

qolishmasligini isbotladi. Ozuqa oqsillarini mikroblar ishtirokida har xil 

chiqindilar, etil spirti, yogoch chiqindilari, xatto go‘ng va x.k. lardan ham olish 

imkoni bor. O‘zbekistonda xlorellani ko‘paytirib ozuqa qiymatini oshirish 

amalga oshirilgan. Xlorella ham ko‘p oqsil va vitaminlarni ushlaydi. 

Hayvonlarda vitamin S sintezlanadi. Kavsh qaytaruvchilar xazm 

organlaridagi mikroorganizmlar tomonidan vitamin V va K yetarli miqdorda 

hosil bo‘ladi. Ammo ko‘pchilik vitaminlarga hayvonlar muxtojdir. Shuning 

uchun sanoat miqyosida mikrobiologik usullar bilan vitamin V

12

 (asetonbutil 



aralashmasidan) 50

o

S metan bijgishini qo‘zgatuvchilar ishtirokida, vitamin  V



2  

provitamin A, (achitqilar yordamida olinadigan) vitamin D va x.k. larni 

mikrobiologik usulda ishlab chiqarish ozuqa qo‘shiladi. 

V) Shuningdek ozuqaga antibiotiklar ham qo‘shiladi. Ayniqsa jo‘jalarga 

senisillin (200 ming boshga) 40 mg/kg yoki biomisin (20 mg/kg) yemiga 

qo‘shib beriladi. Cho‘chkalar, sogin sigirlar, toylar va boshqa hayvonlar 

rasioniga qo‘shib berilsa, ogirligi ortadi, sut berish, suyak mustaxkamligi ortadi 

va x.k. Mikroblar ishtirokida kormogrizin (streptomiset grissus misellasi 

qo‘shib tayyorlanadi). Vitamisin (streptomitsey auchevertikillatus) kormarin 

(strentomiset aurigiseus), Flavomisin (qo‘zgatuvchi streptomitsey 

bambergiepsis) tayyorlanib ozuqaga qo‘shib beriladi. Ozuqa antibiotiklarni 

tayyorlashda asosan aktinomisetlar kulturasi ishlatiladi. 



4.Xulosalar.

 Xulosa qilib aytiladigan bo‘lsa mikroorganizmlar 

o‘simliklarni himoya qilishda, o‘simliklar o‘sishini tezlashtirishadi, 

chorvachilikda yem-xashak va to‘yimli ozuqa tayyorlashda, hayvonlar 

kasalligining oldini olishda ham keng qo‘llanilar ekan. Yuqoridagi soxalarda 

mikroorganizmlarni qo‘llash ular bajargan vazifalarni boshqa soxadagi 

vositalar bilan bajarishga nisbatan ancha arzon va atrof muhitga zararsiz 

bo‘ladi. 

     SAVOLLAR: 

1.  Mikroblar anatogonizmi nima? 

2.  Anatogonist mikroblardan qanday maqsadlarda foydalaniladi? 

3.  Fiziologik aktiv moddalardan qaysi birikmalarni mikroblar hosil qiladi va ular qaerlarda 

qo‘llaniladi? 

4. Pichan tayyorlashda nimalarga ahamiyat berasiz? 

5.  Silos tayyorlashda nima qilasiz va u qanday asoslangan? 

6.  Ozuqa moddalarini oqsil, aminokislota va vitaminlar bilan to‘yintirish nima uchun zarur? 

7. Chorvachilik va parrandachilikda antibiotiklardan foydalanish ahamiyati nimada, 

qanday antibiotiklardan foydalaniladi? 

 



 

 

MUNDARIJA: 

1. 

Kirish………………………………………………………………………………… 



2. 

Mikroorganizmlar morfologiyasi, anatomiyasi va sistematikasi………..

 

3. 


Mikroorganizmlar hayot faoliyatiga mikroorganizmlar ta’siri………..

 

4. 



Mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi…………………………………

 

5. 



Karbon birikmalarning mikroorganizmlar tomonidan boshqa

 

     moddalarga o‘zgartirilishi………………………………………………………



 

6. 


Tarkibida azot saqlovchi birikmalarning mikroorganizmlar

 

     tomonidan o‘zgarishlarga uchrashi……………………………………………….



 

7. 


Oltingugurt, fosfor, temir va boshqa birikmalarning

 

     mikroorganizmlar tomonidan boshqa birikmalarga aylanishi…………..



 

8. 


Tuproq unumdorligini oshirishning mikrobiologik asoslari……………

 

9. 



Mikrobiologiyaning dehqonchilikda va chorvachilikda ahamiyati………….

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KIRISh 

Respublikadagi mavjud ekologik sharoitda qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini 

kamayib 

borishida, hosil sifatini yomonlashishida tuproqdagi mikroorganizmlar, begona o‘tlar va 

zararkunandalar asosiy rol o‘ynamoqda. “Fitopatologiya” grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, 

phyton –o‘simlik, pathos- kasallik,   logos- fan degan ma’noni bildiradi. 

Fitopatologiya fanining asosiy vazifasi qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosilini oshirish va mahsulotlar sifatini 

yaxshilash maqsadida o‘simlik kasalliklarini va ularga qarshi kurashish yo‘llarini o‘rganishdan iborat. 

Kasalliklarga qarshi kurashni to‘g‘ri tashkil qilish uchun o‘simliklarning kasalliklarini tashqi va 

ichki belgilari, infeksiya manbalari, 

 

 

MAVZU: O‘SIMLIK KASALLIKLARINING ASOSIY KO‘RINIShLARI. 

Ish rejasi:  



1. Dog‘lanish  

2.G‘uborlarni hosil bo‘lishi 

3. Yastiqchalarni hosil bo‘lishi  

4. So‘lish  

5. Shishlarning hosil bo‘lishi 

6. Chirish  

7.O‘simlik a’zolarini o‘zgarishi (deformatsiya).  

 

Zaruriy jixozlar: O‘simlik kasalliklarini tashqi belgilari bilan tanishtirish bo‘yicha 

o‘tkaziladigan darsga kasalliklarni turlariga taluqli gerbariy namunalari o‘simliklarning poyasi, 

bargi, ildizi, guli xamda mevalaridan olingan bo‘lishi kerak.  Lupalar. 

Topshirik: 1.Kasallikni tashqi belgilari bilan tanishish. 

2.Mikroskopda ko‘rish va rasmlarni chizish. 



DOG‘LARNI HOSIL BO‘LIShI 

O‘simlik to‘qimalarning nobud bo‘lishi tufayli uning a’zolarida dog‘lar yuzaga keladi, bunday 

holni qo‘shimcha barg va mevalarda kuzatishimiz mumkin. Dog‘lar shakli jihatidan yumaloq, 

cho‘ziq, ma’lum shaklsiz, burchakli, xoshiyali va boshqa turda; ularning rangi oq, qo‘ng‘ir, qora, 

sariq, kul rang, qizil xoshiyalari ham turli rangda bo‘ladi; dog‘larni zamburug‘lar, bakteriyalar, 

viruslar va atrof muhitning noqulay sharoitlari yuzaga keltirishi mumkin. 

 Dog‘lanish bilan tanishishda o‘zida shu belgini yaqqol namoyon qilgan o‘simlikni quyidagi 

kasalliklari bilan tanishish kerak% o‘rik klyasterosporiozi, kartoshka fitoftorozi, qulupnay oq 

dog‘lanish kasalligi (zamburug‘ kelitirib chiqargan kasalliklar), bodring bakteriozi, g‘o‘za gommozi 

(bakteriya kltirib chiqargan kasalliklar), bodring mozaikasi, loviya mozaikasi (virus qo‘zgatgan 

kasalliklar), tok va g‘o‘za xlorozi (yuqumsiz kasallik 

G‘UBORLARNI HOSIL BO‘LISh 

O‘simlik kasalligini bu turi zamburug‘lar uchun xos bo‘lib, zararlangan barg, poya va 

mevalarda zamburug‘ning miseliysi va sporalarning to‘plami yuzaga keladi. Bu g‘uborlar turli 

rangda bo‘lib, zararlangan o‘simlik yuzasidan osonlik bilan sidiriladi. Ayrim hollarda g‘uborlar 

to‘qimalarda o‘zgarishlarni vujudga keltirmaydi. G‘uborlarning hosil bo‘lishiga yaqqol misol qilib 

un shudring kasallligi olish mumkin. G‘alla donli ekinklarning barglarida, poyasida, bodringning 




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə