Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27

temirga muhtoj. Chunki bu element oksidlanish qaytarilish amalga oshishiga 

eng moyil elnment. Temir o‘z valentligini oson o‘zgartirib Q2 va Q3 valentlikka 

aylana bilish qobiliyati, oksidlanish qaytarilishda, ya’niy elektron chiqarib 

yuborish va qabul qilishda juda ahamitli. Tuproqda temir organik va 

onarganikshakilda bo‘ladi. Organik shakli fermentlaridan katalaza, 

perioksidaza, temir sitoxroloksidaza, temirporfirinlik birikmalari tarkibida 

bo‘ladi. Ko‘pchilik xemosroganogeteretrof (bakteriya, aktinomisitlar, 

zamburuglar) temirni minerallashtirish qobiliyatiga egalar.   Bular ta’sirida 

aerob sharoitida temir organik birikmalaridan ajralib chiqadi va temir oksidi 

gidratlarni hosil qilib cho‘kmaga o‘tadi. Ammo, bu jarayon 

mikroorganizmlarning temirga emas, u bilan birikma hosil qilgan organik 

moddaga ta’siri natijasida sodir bo‘ladi.  

 

6.Temir birikmalarning oksidlanib qaytarilishi.

 Temirning 

oksidlanishida bevosita yoki  bilvosita ishtirok etuvchi mikroorganizmlar xilma 

xildir. Suv xavzalarida yashovchi bakteriyalarning Blastokaulis avlodiga

tuproqdagi Seleberna avlodiga, ipsimon bakteriyalarning Leptotripks, 

Krenotriks avlodiga mansub. Organizmlar shular jumlasidandir. Leptotrikslar 2 

valentlik temirt birikmalarini gidrolizlab, aerob sharoitida ulardan 3 valentlik 

temir birikmalarini hosil qiladilar. Galeionella avlodi vakillari o‘zlaridan kolloid 

holatida temir oksidi gidratlarini chiqazadilar. Xemolitoavtotrof 

 

 



 

 

 



 

 

 



Giobasillus ferroksidanis ham oksidlash qobiliyatiga ega bo‘lib, 2 valentlik 

temirni 3 valentlikka aylantiradi. Mikroorganizmlar boshqa elementlarni ham 

oksidlash qobiliyatga egadirlar. Masalan: metallogenium silibiotikum aerob 

sharoitida marganes oksidlaydi va x.k.  

 

7. Xulosalar.

 Xulosa qilib aytganda tabitda (tuproqda va suvda) turli 

xildagi  mikroorganizmlar mavjud bo‘lib ular turli xil organik va anorganik 

birikmalarga ta’sir qiladilar. Bularning faoliyati natijasida shu moddalarda 

parchalanish, oksidlanishi, qaytarilish sodir bo‘lib, o‘simlik va boshqa tirik 

mavjudotlar o‘zlashtira oladigan shakllarga aylanadilar. Shu bilan  tabiatdagi 

moddalar almashinuvini muvozanatida saqlashga ham o‘z hissalarini 

qo‘shadilar. 

    SAVOLLAR: 

1.  Oltingugurt birikmalarining biologik sikli sodir bo‘lishi yo‘llari qanday bo‘ladi. 

2.  Oltingugurtlik organik birikmalaridan qaysi birlari tuproqda mavjud bo‘ladi.  

3.  Anorganik oltingugurt  birikmalari oksidlanishi va unda ishtirok etuvchi mikroblar 

nimalari bilasiz? 

4. Oltingugur 

anorganik 

birikmalari 

qaytarilishi qanday sodir bo‘ladi? 

5.  Fosfor saqlovchi anorganik birikmalar o‘zgarishi qanday sodir bo‘ladi? 

6.   Fosfor saqlovchi anorganik birikmalar  nimalar va ularning ahamiyati nimada? 

7.  Temir birikmalarning oksidlanib qaytarilishini yuzaga keltiruvchi mikroorganizmlardan 

qaysi birlarini bilasiz? 

8.  Temir birikmalari oksidlanishi - qaytarilishi ahamiyati nimada? 

 

8-MAVZU: TUPROQ UNUMDORLIGINI OShIRIShNING 



MIKROBIOLOGIK ASOSLARI. 

Reja: 



1.  Almashlab ekishning mikrobiologik asoslari 

2.  Organik o‘gitlar tayyorlashdagi mikrobiologik jarayonlar 

3. Rizosferadagi mikroorganizmlarning o‘simliklar uchun ahamiyati 

4.  Mikrobiologik preparatlarni qo‘llash samaradorligi 

A) Azotobakteriyaning qo‘llash 

B) Fosforobakteriyani qo‘llash 

V) Ko‘k-yashil suv o‘tlari va silikat bakteriyalarini qo‘llash 

5. Xulosalar 

Adabiyotlar: 1,11,7 

 

1. Almashlab ekishning mikrobiologik asoslari.

 Qishloq xo‘jaligi 

ekinlarini o‘stirish jarayonda tuproqdagi elementlarini o‘simliklar o‘zlashtiradi 

va tuproqda ozuqa elementlar miqdori kamayib tuproq kambagallashaveradi. 

Shuning uchun albatta tuproqqa o‘git kiritish lozim bo‘ladi. O‘git ishlab 

chiqarish va uni tuproqqa kiritish albatta ko‘p xarajat talab etadi. Agar yerga 

har yili bir xildagi o‘simlik ekilaversa (monokultura) yerning kambagallashuvi 

yanada kuchayadi. Shuning uchun qishloq xo‘jalik ekinlarini navbatma-navbat 

almashab ekib turish lozim. Ba’zi o‘simliklar tuproqni bir tomonlama 

 

kambagallashtirad, shuningdek, ketma-ket  kasallik qo‘zgatuvchilari va 



ildizdan chiqazadigan moddalar bir xil bo‘lgan o‘simliklarni ekish ham 

samarasizdir. Almashlab ekishda albatta shunga rioya qilish lozim. Ammo, 

ba’zi o‘simliklar ildizidan chiqqan modda ikkinchisiga ta’sir qiladi buni 

«allelotsatiya» (kimyoviy ta’sir etish) 

deyiladi. Masalan: suli ildizi (skopolotin, kumarin), zigir ildizi (aromatik 

moddalar), beda (alkoloid), kand lavlagi (siklik birikmalarni) ajratib chiqaradi 

va bular mikroblarga ham ta’sir etadi. Shuning uchun almashlab ekishda har 

xil usullar qo‘llaniladi. Almashlab ekishda dukkaklilardan foydalanish, ularni 

keyingi, ekilgan o‘simliklarga ijobiy ta’sir etishligini ko‘rsatgan, chunki 

tuproqda qolgan mikroorganizmlar keyingi o‘simlik uchun ham moddalarni 

o‘zlashtirib berish qobiliyatini yo‘qotmagan. Dukkakdoshlar tuproqni azotga 

boyitishini azotfiksatsiya jarayonidan bilasiz. Dukkakdoshlar boshqa yana 

ba’zi o‘t o‘simliklari ildizi va barglarida ham azot o‘zlashtiruvchi 

mikroorganizmlar mavjud bo‘lib, bulardan ham dehqonchilikda foydalanish 

mumkin. 

 

2. Organik o‘git tayyorlashdagi mikrobiologik jarayonlar.

 Tuproq 

unumdorlishigi oshirishda atrof muhit tozaligini organik o‘gitlarni tuproqqa 

kiritish ahamiyati kattadir. Ammo go‘ng tarkibidagi foydali elementlarni ko‘p 

yo‘qotmaslik choralarini ham ko‘rish lozim. Organik o‘gitlarga go‘ng, kompost, 

shaxar chiqindilari kirib tarkibida 20-24% organik modda, azot, fosfor, kaliy va 

suv mavjud bo‘ladi. Go‘ngni saqlash D.P.Pryanishnikov tavsiyasi bo‘yicha. 1. 

Hayvonlar tagida; 2.Chirtish churuqchalarida; 3. «Sovuq» go‘ng tayyorlash 

go‘ng saqlash joylarida darhol zichlash yo‘li bilan; 4. «Issiq» go‘ng tayyorlash 

uni govak holda havo chiritib, kam-kamdan zichlab berish bilan amalga 

oshiriladi. «Sovuq» go‘ngni betonlangan maxsus chuqurlarda (suyuq massa 

oqib ketadigan quduqchalari mavjud bo‘lgan) zichlab saqlanadi. Bunda 

mikrobiologik jarayonlar 30-40

o

S atrofida boradi. «Issiq» go‘ng tayyorlash 



zichlanmagan 1 metr qalinlikda go‘ngni saqlab 3-4 kundan keyin uni zichlab, 


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə