Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27

ishtirokida oksidlanishiga ham uchraydilar. Masalan yoglar oksidlanib gleserin 

va yog kislotalariga parchalanadi. Bunda dastlab yog gidrozlanadi (lipoza 

ta’sirida) keyin parchalanadi.  

S

3



N

5

 (S



18

N

35



O

2

)



3

 Q3N


2

O

 



 

S

3



N

5

(ON)



3

 Q 3S


18

N

36



O

2

  



   Tristearin 

gliserin 

stearin 

kislotasi. 

 

 

Bu jarayon psevdomonos femoresns tayoqchasi sodir eta oladi. 



Shuningdek, glyukonobakter va asetobakter avlodi vakillari etil spirtini sirka 

kislotasiga oksidlaydilar. Bu aerob sharoiti bo‘lsa sodir bo‘ladi va shunday 

izoxlanadi. 

 

 



 

 

SN



3

SN

2



ONQO

2

-SN



3

SOONQN


2

 



Havoli sharoitda turgan musallas va vinodan sirka kislotasi shunday 

hosil bo‘ladi. Uglevodlarning oksidlanishidan turli xil organik kislotalar 

(oksalat, kaxrabo, limon, fumar, akonit, glyukon va x.k.) hosil bo‘lishi ham 

mikroorganizmlar ta’sirida sodir bo‘la oladi. Chunki, shu mikroorganizmlarda 

shu kislotalarni hosil qiladigan fermentlar mavjud bo‘ladi. 

 

6. Sellyuloza, gemisellyuloza, lignin va pektin parchalanishi.

  

Sellyuloza, gemisellyuloza, lignin, pektin kabi qiyin parchalanadigan moddalar 



ham tuproq mikroorganizmlar ta’sirida parchalanadilar. Biosferadagi organik 

uglerodning 50% dan ko‘progi sellyuloza (kletchatka) tarkibidadir. Sellyuloza 

o‘simliklarda eng ko‘p uchraydigan (15-50% o‘simlik massasini tashkil etadi) 

polisaxarid hisoblanadi. Sellyuloza aerob parchalanishi. Spiroxeta sitofaga 

deb nomlangan tayoqchasimon bakteriya faoliyati bilanboglikdir. Yana 

miksobakteriyalar tarkibiga kiruvchi ko‘pgina bakteriyalarni ham 

parchalaydilar. Aktinomisetlar, zamburuglar juda sekin parchalash qobiliyatiga 

ega. 


 

Anaerob parchalanishni basillalar oilasi vakillari, tipik vakili klostridium 

omelyanskiy (1902 yilda V.P.Omelyanskiy birinchi ajratib olganligi uchun 

shunday nomlangan) amalga oshiradilar. Sellyuloza parchalanishi ko‘p 

bosqichda amalga oshadi. Dastlab fermentativ gidroliz sodir bo‘ladi. Disaxarid 

sellobioza hosil bo‘lib, keyin undan v- glyukozidaza ishtirokida glyukoza hosil 

bo‘ladi. Anaerob parchalanishida hosil bo‘lgan glyukozadan keyinchalik turli 

xil organik kislotalar vujudga keladi. Gemisellyuloza parchalanishi esa juda 

ko‘p avlod vakillari ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin. Bunday 

mikroorganizmlarga Klostridium, Basillus, Sitofaga, Sporositofaga, Vibrio, 

Streptomukes, Zamburuglardan Asperkullus, Rizopus, Fomes, Poliporus 

avlodlari kiradilar. Gemisellblozani parchalovchi ferment kislanaza yoki 

gemisellyulaz deb nomlanadi. 

 

Lignin parchalanishini normal iqlimiy (haroratda) Bazidiyalik 



zamburuglar va takomillashgan xilma-xil zamburuglar klostridium bakteriyalari 

amalga oshiradilar. Lignin suvda ham, organik  erituvchilarda ham 

eritmaydigan modda bo‘lib o‘simliklarda ximiyaviy tarkibi jixatidan har xildir. 

Hatto bitta o‘simliklarda ham uning o‘sish fazasiga qarab har xil tarkibida 

bo‘ladi. Molekulyar massasi 1000-10000 atrofida bo‘lib, uglerod, vodorod, 



kisloroddan iborat xolos. Oksidlanganda aldegidlar hosil qilib parchalanadi, 

shuningdek aromatik moddalar vanilin va boshqa metoksillangan aromatik 

tuzilishidagi moddalarga parchalanishi ham mumkin. 

 

Pektin moddalar  parchalanganda galakturon kislotasi, pektin kislotasi, 



galaktoza, ksiloza, arabinoza, metil spirti, sirka kislota kabi moddalar hosil 

bo‘ladi. Bu modda parchalanishi ham klastridium avlodi vakillari bilan boglik. 

Bu bakteriyalar pektin kislotasi hosil bo‘lgandan keyin u parchalanib galaktoza 

arabinoza va boshqa moddalarni hosil qilgach, shu moddalardan moy 

kislotasi, sirka kislotasi, oz miqdorda aseton va butil spirtlarni hosil qiladilar. 

 

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki uglerodli murkkab 



moddalarning parchalanishi xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga egadir. Spirt 

ishlab chiqarish, vinochilik, sirka tayyorlash, pivo pishirish, novvotchilik, qatiq, 

pishloq tayyorlash, silos tayyorlash, sabzavotlarni tuzlash, kanopga ishlov 

berib tolasidan foydalanish, boshqa turli xil soxalarda ahamiyatli ekanligini 

ko‘rib o‘tishning o‘zi kifoya. 

 

7. Xulosalar.

 Xulosa qilib aytganda ugrelodli moddalarning turli xil 

mikroorganizmlar tomonidan oksidlanish, parchalanish, bijgish natijasida turli 

xildagi yuqorida aytilgan moddalar hosil bo‘lishi bilan birga tuproqni o‘simlik 

qoldiqlaridan tozalashda, go‘ng tarkibidagi uglerodli moddalarni, chiqindilar 

tarkibidagi uglerodli moddalarni sanoat chiqindisidagi ligninni parchalab 

tuproq unumdorligi yanada oshirilishi va o‘simliklar ozuqa bilan ta’minlanishi 

yaxshilanishi, o‘sish-rivojlanish yaxshilanib yana mo‘l hosil berishga kelib 

taqaladi. Buni ma’ruza boshlanishida berilgan uglerod aylanishiga 

boglasangiz uning ahamiyati yanada chuqurroq namoyon bo‘ladi. 

 

 



 

 

 



Savollar: 

1.  Tabiatda uglerod va kislorod aylanishi ahamiyati nimada? 

2.  Fitogen va zoogen parchalanishi nima? 

3.  Spirtli kislotali bijgish xillari va ahamiyatli izoxlang. 

4.  Sut kislotali bijgish xillari va ahamiyatini izoxlang 

5.  Uglerod saklovchi moddalar oksidlanishini qanday izoxlaysiz? 

6.  Sellyuloza va lignin parchalanishi farqi nimalardan iborat 

7. Pektin va gemisellyuloza parchalanishining to‘qimachilik sanoatida (zigir, kanop 

tolalarini olishd) ahamiyati nimada 

8. Yer unumdorligini oshirishda, atrof muhit tozaligini saqlashda uglerod saqlovchi 

moddalar o‘zgarish ahamiyatini qanday tushundingiz? 

 

6-MAVZU: TARKIBIDA AZOT SAQLOVChI BIRIKMALARNING 



MIKROORGANIZMLAR TOMONIDAN O‘ZGARIShLARGA UChRAShI. 

Reja: 


1. Azotli moddalarning tuproqda bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi. 

2.  Ammonifikatsiya jarayonlari haqida tushuncha. 

3.  Nitrifikatsiya va uning bosqichlari. 

4.  Azot immobilizatsiyasi (mikroorganizmlar hujayrasida yigilishi) jarayoni. 

5.  Dentrifikatsiya jarayoni haqida tushuncha. 

6.  Molekulyar azotni o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlarni kashf qilinishi va erkin azotning 

o‘zlashtirilishi 

7. Xulosalar. 




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə