Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27

manbai quyosh nuri, uglerod manbai karbonat angidrid gazi, vodorod manbai 

N

2



S NH

3

 va ba’zi hollarda suv blishi mumkin. Masalan: oltingugurt 



 

bakteriyalari, qizil (purpur) oltingugurt bakteriyalari, yashil oltingugurt 

bakteriyalari shu yo‘l bilan o‘zlari organik modda hosil qilib oziqlanadilar. 

Xemosintezda ham o‘zlari organik modda hosil qiladilar. Bu jarayonda 

uglerod manbai karbonat angidrid, vodorod manbai tarkibida vodorod tutuvchi 

N

2



S NH

3

 ga o‘xshash moddalar, energiya manbai ximiyaviy reaksiyalardan 



ajralib chiqqan energiyadir. 

Geterotrof – oziqlanishda uglerod, vodorod, energiya manbalarining 

hammasi organik modda hisoblanadi. Bu holdagi oziqlanish simbioz, 

parazitizm va saprofit yo‘llari bilan sodir bo‘ladi. 

4. 

Mikroorganizmlar nafas olishi.

 Nafas olish oksidlanish - qaytarish 

jarayoni bo‘lib, bunda ATF sintezi sodir bo‘ladi. Agar nafas olish kislorodli 

muhitda borsa va elektronlar oxirgi akseptori kislorod bo‘lsa bunday nafas 

olish aerob nafas olishdir. Ko‘pilik mikroorganizmlarda elektronlarning oxirgi 

akseptori kislorod bo‘lmasdan nitratlar, sulfatlar, karbonatlar kabi anorganik 

moddalar bo‘ladi. Bunday mikroorganizmlarda oksidlanish - qaytarish 

kislorodsiz muhitda ham sodir  bo‘lavermaydi, bu xodisa anaerob nafas 

olishdir. 

Aerob nafas olishda birinchi fazasida tikarbon kislotalari sikli  (Kerbs 

sikli) sodir bo‘ladi, ikkinchi fazasida vodorodning kislorod tomondan 

oksidlanishi va ATF sintezi sodir bo‘ladi va oxirgi maxsulot  SO

2

 suv bo‘ladi. 



(bioximiyada to‘liq o‘rganiladi) 

Anaerob nafas olishda ko‘pchilik mikroorganizmlar organik yoki 

anorganik  moddalar oksidlanishda molekulyar kislroddan emas oksidlangan 

moddalarga boglangan kisloroddan foydalanilmoqda. Chunki ular yuqorida 

aytganimizdek elektronning oxirgi akseptori sifatida anorganik birikmalardan 

foydalanadilar. Shuning natijasida moddalarning to‘liq oksidlanishini 

ta’minlaydilar va kerakli miqdorda energiya hosil qila oladilar. Anaerob nafas 

olishni nitratlar hisobiga sodir etadigan mikroorganizmlar fakultativ 

anaeroblardir. Demak, nafas olishga qarab mikroblarni aerob, anaerob, 

fakultativ anaeroblarga ajratish mumkin ekan. 

5. 

Mikroorganizmlarda moddalar almashinuvida fermentlarning 

roli. 

Almashinuvining (oziqlanish, nafas olish va x.zo) hamma ko‘rinishlarida 

ximiyaviy reaksiyalar sodir bo‘ladi. Bular esa biokatalizatorsiz amalga 

oshmaydi. Fermentlar minglab reaksiyalarni katalizatorsiz amalga oshmaydi. 

Fermentlar minglab reaksiyalarni katalizlaydilar, va molekulyar massasi 

10000 dan bir qancha milliongacha yetgan oqsil moddalardan tashkil 

topadilar. 

6. 


 Fermentlar  klassifikatsiyasi. 

Ularni Xalqaro bioximiklar ittifoqi 

fermentlar komissiyasi tomonidan 6ta asosiy sinfga ajratgan. 

1. Oksidoreduktazalar (oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarni katalizlovchi 

fermentlar) 

2.  Transferazalar (bir birikmadan ikkinchisiga alohida radikallar, molekulaning 

bir qismini yoki yaxlit atomlar guruhini o‘tkazishni katalizlovchi fermentlar). 



3. Gidrolazalar (suv ishtrokida oqsil yog, uglevodlar kabi murakkab 

moddalarning parchalanishini katalizlovchi fermentlar. 

4. Liazalar (substratda qo‘sh bog hosil qilib ma’lum ximiyaviy gruppalarni 

ajralishini yoki qo‘sh boqqa birikishini katalizlovchi fermentlar). 

6. Ligazalar (oddiy organik birikmalardan murakkab birikmalar sintezini 

katalizlovchi fermentlar).   

 

 

Fermentlarni juda ko‘p xususiyatlari mavjuddir. Bunday xususiyatlariga 



spesifikligi, termolabilligi, rN muhitga munosabati va x.z.lar kiradi. Bu 

xossalarini bioximiyada to‘liq o‘rganiladi. Mikroorganizmlar hujayralarini kichik 

bo‘lishiga qaramasdan, ular xilma xil fermentlarni sintezlay oladilar. Odatda 

fermentlar mikroblar hujayrasi ichidagi reaksiyalarini katalizlaydilar va hujayra 

ichida bo‘ladilar. Bunday  fermentlarni endofermentlar deyiladi. Ba’zi 

fermentlar mikroblar hujayrasidan tashqi muhitga chiqadilar, bunday 

fermentlar ekzofermentlar deyiladi. 

  7. Mikroorganizmlar hujayrasida energiya yigilishi.

 

Mikroorganizmlar hujayrasida energiya yigilishi ham boshqa tirik 



organizmlardagidek makroergik boglarda mujassamlangan. Makroergik 

boglarning gidrolitik parchalanishi bilan energiya ajralib chiqadi va boshqa 

bosintetik jarayonlarga sarflanadi. Energiyani yiguvchi va o‘tkazuvchi modda 

sifatida hujayradagi adenazintrifosfat (ATF), adenozindifosfat (ADF), 

sitozintrifosfat (STF), uridintrifosfat (UTF), guanizintrifosfat (GTF), 

kreatinfosfat, asetilfosfat va x.k.moddalarni keltirish mumkin. ATF yoki boshqa 

makroergik boglarni maqlovchi moddalarning oxirgi fosfati ajralishida 3,4-10

– 5,0-10



 Dj energiya ajraladi. Odatdagi ximiyaviy boglar ajralishida esa 1,3-

10

4

 Dj energiya ajraladi. Shuning uchun ham yuqoridagi moddalarni 



makroergik boglarni saklovchilar deymiz. Shu moddalar hisobiga hujayrada 

energiya to‘planadi, sarflanadi va bioximiyaviy jarayonlar borishda juda katta 

rol o‘ynaydi. 

 

8



. Xulosa

 qilib aytiladigan bo‘lsa mikroorganizmlarda moddalar 

almashinuvi ko‘p qirralik, murakab jarayon bo‘lib ularning sodir bo‘lishida 

xilma-xil organik va anorganik moddalar ishtirok etar ekan. Ularning 

oziqlanishlari ham xar-xil sodir bo‘lar ekan. Moddalar almashinuvi biologik 

katalizatorlar ishtirokida sodir bo‘lib, bu jarayonlarda oddiy va murkab 

moddalar hosil bo‘lishi parchalanishi ajralib chiqishi va yutilishi kabi xodisalar 

amalga oshishi bilan mikroorganizmlar tiriklik xususiyatlarini saqlar ekanlar. 

 

 

 



Savollar: 

1.  Katabolizm deganda nimani tushunasiz? 

2. Biosintez qanday jarayon, mohiyati nima? 

3. Mikroorganizmlar hujayrasi elementar tarkibi qanday bo‘ladi? 

4. Mikroorganizmlar uchun azot, oltingugurt, kaliy, kalsiy, temir, fosfor nima uchun zarur? 

5. Mikroorganizmlar oziqlanish tiplari qanday bo‘ladi? 

6. Mikroorganizmlar nafas olishi. Nafas olish nima? 

7. Mikroorganizmlar almashinuvida fermentlar ahamiyati nimada? 

8. Fermentlarning qanday sinflarini bilasiz va ular qanday jarayonlari katalizlaydilar? 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə