Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)


Azotli moddalarning tuproqda bir holatdagi ikkinchi holatga o‘tishi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27

Adabiyotlar 1,4,7 

 

1. Azotli moddalarning tuproqda bir holatdagi ikkinchi holatga o‘tishi.

  

Azot qishloq xo‘jaligi o‘simliklarning hosildorligini oshirishda fosfor, kaliy, 



kalsiy, magniy, temir, oltingugurt kabi elementlardan ham yuqori o‘rin 

egallaydigan asosiy element hisoblanadi. Ammo azotning molekulyar  holati 

o‘simliklarga to‘gridan-to‘gri o‘zlashtirila olmaydi. Asosan uning 

minerallashgan shaklini o‘simliklar  o‘zlashtiradilar xolos. Aynan tuproqda 

ham mineral shakli mavjud, boshqa shakllari havoga uchib ketadi. Shu 

sababli tuproqdagi azotning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishi o‘simlik 

oziqlanishi uchun, bizning risqu-nasibamiz uchun ahamiyatlidir. Agarda 

azotning tuproqdagi o‘zgarishiga kelak, tubandagi murakkab jarayonni 

bilishimiz zarurdir. Atmosfera azoti → bakteriyalar yordamida o‘zlashtirilib 

o‘simlik oqsilga, o‘simlikni o‘zlashtirgan hayvon va insonlar oqsiliga aylanadi→ 

oqsil va aminokislotalar yana mikroorganizmlar ta’sirida (o‘simlik va hayvonlar 

qoldiqlaridan) parchalanib ammiak hosil bo‘ladi →  ammiak yana 

nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar ishtirokida oksidlanib nitrat  va nitratlarga 

aylanadi → ular mikroorganizmlar ta’sirida qaytarilib yana atmosferaga chiqib 

ketadi va bu jarayon aylanaveradi. 

 

Ammo, atmosfera oqsilning ma’lum qismini erkin yashovchi va simbioz 



mikroorganizmlar o‘ziga boglab turadilar. Bu jarayon tuproq va o‘simliklarning 

azot bilan boyishini ta’minlaydi. O‘simlik va hayvon qoldiqlaridan azot 

saqlovchi moddalar esa tuproqda gumus hosil qiladilar. Tuproqdagi azotning 

ammoniy shakli nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar azot kislotasi birikmalariga 

aylantiradilar. Nitratlar ma’lum sharoitda yana azotga aylanib, tuproqdan yo‘q 

bo‘ladi, havoga uchib ketadi. 

 

2. Ammonifikatsiya jarayonlari haqida tushuncha.

 Ammonifikatsiya 

– oqsil, amonikislotalar va boshqa tarkibida azot saqlovchi moddalarning 

parchalanishi natijasida ammiak hosil bo‘lishi jarayondir. Bu jarayonni azot 

minerallashuvi deb ham aytiladi. Chunki hosil bo‘lgan ammiak yana 

nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar yordamida mineral holatga aylantiriladi. 

 Oqsillarning 

aerob, 


anaerob bakteriyalar, zamburuglar ishtirokida 

ammonifikatsiyaga uchrashi aniqlangan. Bu jarayonda alohida aktivlik 

namoyon qiluvchi mikroorganizmlarga Psevdomonas oilasi  vakillari, basillalar 

oilasi vakillari olsak bo‘ladi. Oqsil tarkibida odatda 20ta aminokislota kiradi. Bu 

aminokislotalar birisining oxiri karboksil gruppasi ikkinchi aminokislotaning 

amino gurppasi bilan boglanib, polipetid zanjirini tashkil etadi. Bitta 

poliseptidda yuzlab aminokislotalar bor, oqsil esa bitta yoki bir qancha 

shunday zanjirlardan iborat. Oqsillar oddiy va murkkab bo‘ladi. Oddiy oqsillar 

gidrolizlanganda faqat aminokislotalarni bersa, murakkab oqsillar prostetik 

gruppaga ega bo‘lganligi uchun aminokislotalardan boshqa moddalar ham 

hosil qiladi. Murakkab oqsillarga nukleoproteidlar, lipoproteidlar, 

metalloproteidlar kiradi. Mikroorganizmlardan  ajralib chiqqan ekzoferment 

(proteaza) oqsil molekulalarga ta’sir qiladi va ularni  gidrolizlaydi. Oqsil 



molekulasidan hosil bo‘lgan poletpeptidlar va oligopeptidlarni mikroblar 

hujayrasiga kiritib peptidaza fermenti, yordamida parchalaydilar. (Oqsil 

molekulasi kattaligi uchun mikroblar uni hujayrasiga kirita olmaydi, shuning 

uchun ekzoferment yordamida parchalab, uning bo‘laklarini qabul qiladi). 

 Oqsillarning 

hujayralardan 

tashqari va hujayra ichida parchalanishi 

quidagicha izoqlash mumkin. 



A) Ammiakni chiqazish natijasida dezaminlanish 

R). SN

2

 SNNH

2

 •COOH 

R – Ch q ChCOOH Q NH



3

 

B) Oksidlanish dezaminlanish 

R). SNNH

2

 -COOHQ1/2 O

2

 

R – CO - COOH Q NH



3

 

V) kaytarilish dezaminlanish 

R). SNNH

2

 -COOHQ2N  

R – CN



2

 - COOH Q NH

3

 

G) Dekarboksillanish 

R). SNNH

2

 -COOH 

R – CN



2

NH

2

 QCO

2

 

 

Shu jarayonlardan keyin hosil bo‘lgan aminokislotalar minerallashadi 



(treonin, metionin va x.k.) uglerod qoldiqlaridan esa turli organik birikmalar 

hosil bo‘ladi SO

2

 chiqib ketadi. Bu anaerob va aerob sharoitlarida boradi. 



Mikroblar faqat oqsillarni emas, nuklein kislotalarni ham parchalaydilar. 

Ularning gidrolizlanishidan qand, fosfor kislotasi (purin asosli) adenin, guanin, 

(pirimidin asosli) sitozin, urotsil, timin moddalari hosil bo‘ladi. Keyin jarayon 

yana davom etib qand moddalari yana oksidlanib SO

2

 va N


2

O hosil qiladi. 

Shuningdek, mikroorganizmlar tomonidan mochevina, gruppu kislota, xitin va 

boshqa moddalar ham ammonifikatsiyaga uchraydilar. 

 

3. Nitrifikatsiya va uning bosqichlari.

 Nitrifikatsiya – tuproq, go‘ng, 

suvda organik moddalar parchalanishidan hosil bo‘lgan ammiakning 

oksidlanib nitrit va keyin nitratlarga aylanishi jarayonidir. Bu jarayonda 

qatnashadigan mikroorganizmlar aniqlash ustida Lui Pasterdan boshlab ko‘p 

olimlar ishlaganlar. Ammo,   rus mikrobiologi S. N.Vinogradskiy 1890-1892 

yillarda ularning sof kulturasini olishga, tabiatni o‘rganishga muyassar bo‘ldi. 

Nitrafikatsiyaning birinchi bosqichini besh avlodning vakillari: Nitrosmonas, 

Nitrosokokkus, Nitrosospira, Nitrosolobus va Nitrosovibrio vakillari amalga 

oshirsalar, ikkinchi bosqichini Nitrobakter, Nitrospira, Nitrokokkus avlod 

vakillari amalga oshiradilar. Bular rivojlanish uchun muhitda rN optium 7,5-8 

bo‘lsa yaxshi bo‘ladi. Ular obligat aeroblar bo‘lib, kislorod ishtirokida ammiakni 

(I-faza)nitritlarga keyin nitrilarni (II -faza) nitrilarga oksidlaydilar. 

1. NH


4

Q  


Q 1/2 O

2

 



NO

2  


QH

2

OQ2H



Q   

 

                  



2. NO

2

 



Q 1/2 O

2

 



NO

 



Ammo, bu jarayon bir qancha bosqichda sodir bo‘ladi, degan taxminlar ham 

bor. 


NO

3

NN



ON 


NON ONOON NO

2

 



NO

ammiak     gidroksid      nitroksil       peroksi        nitrit      nitrat 



 aiin 

  nitrit 

 

hosil bo‘ladi deb hisoblaydilar. 



 

 

4. Azot immobilizatsiyasi – (mikroorganizmlar hujayrada yigilishi). Azot 



imobilizatsiyasi jarayoni sodir bo‘lishiga kelsak u asosan tuproqda azot kam 


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə