Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan yozma ish varianti-29 Iste`molchining muvozanatlik sharti Talab va taklif funksiyasi



Yüklə 1 Mb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#147830
1   2   3
mikro makro

X ne′matning narxi (P) pasayib bormoqda, ya′ni P > P 1> P2 > P 3

. Grafikda narxning bunday o`zgarishi, byudjet chizig`ini AB holatdan AB1 , AB2 va AB3 holatlarga siljitadi (7.3-rasm).


Masalan, X tovar olma, Y tovar apelsin bo`lsin. (a) rasmda apelsin narxi o`zgarmaydi, olma narxi pasayib bormoqda. Natijada byudjet chizig`ining Y o`q bilan kesishgan nuqtasi o`zgarmaydi, X o`q bilan kesishgan nuqtasi o`ng tomonga surilib boradi. Olma narxini tushishi real daromadni oshiradi, natijada iste′molchi olma narxi oshmasdan oldin xarid qilolmagan apelsin va olma majmualarini endi sotib olishi mumkin bo`ladi.



Iste′molchi endi bir birlik qo`shimcha olma olish uchun, oldingidan kamroq miqdordagi apelsindan voz kechadi. Masalan, bitta apelsin narxi 2000 so`m va bitta olma narxi 1000 so`m bo`lsa, bitta apelsinga yarimta olma to`g`ri keladi, bitta olma narxi 500 so`mga tushsa, qo`shimcha bitta olma olish uchun 1/4 qism apelsindan voz kechishi kerak. Olma narxining pasayishi, ma′lum miqdordagi olmani apelsin bilan almashtirish imkoniyatini yaratadi. Natijada optimal majmua (apelsin va olmaning optimal miqdori) E nuqtadan yuqoriroq naflik darajasiga ega bo`lgan befarqlik egri chiziqlarida joylashgan E1 , E 2 va E 3 nuqtalarga o`tadi.
Agar biz optimal majmua nuqtalarini (befarqlik egri chiziqlari bilan byudjet chiziqlari kesishgan nuqtalarni) chiziq bilan birlashtirsak, bu chiziq “Narx-iste′mol” chizig`i bo`ladi (a rasmdagi V chizig`i). “Narx-iste′mol” chizig`iga ko`ra talab chizig`ini aniqlash mumkin (b) rasm. Bu holda ordinata bo`yicha narx (P), absissa o`qi bo`yicha X ne′mat miqdori belgilanadi.



1


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə